777
etilgan. Manba O‘zFASHIning toshbosma asarlar fondida
№321 inventar
raqami
bilan saqlanadi [5].
6. Bayozi YAngi.
Bu bayoz ham 1911 milodiy (1329 hijriy)
yilda
Toshkentda G.YA.YAkovleva nomidagi litografiya (toshbosma)
usulidagi
tipografiyada nashr etilgan. Manba O‘zFASHIning
toshbosma asarlar fondida
№2080 inventar
raqami bilan saqlanadi [6].
Mazkur
bayoz Mashhur shoir, Muhyining eng yaqin kishilaridan biri
bo‘lmish Toshkentlik Abdukarim Kamiy tomonidan tuzilgan.
Bu manbada ham
Muhyining ko‘pgina ash’ori mavjud.
7. Bayozi Haziniy.
Bu bayoz ham 1910 milodiy (1328 hijriy) yilda
Toshkentda G‘.Orifjonov nomidagi litografiya (toshbosma) usulidagi tipografiyada
nashr etilgan. Manba O‘zFASHIning toshbosma asarlar fondida
№1977-o‘, №406-
u, №3924-o‘ inventar
raqamlari bilan saqlanadi [7].
Mazkur asar qo‘lyozmasi kotib – Sirojiddin Maxdum Mulla Mirza Oxund
tomonidan ko‘chirilgan. Milodiy 1910 yilda Mirzo Ahmad bin Mirzo Karim degan
kishi tomonidan nashr ettirilgan.
8. Bayozi Haziniy.
Mazkur bayoz ham 1913 milodiy (1331 hijriy) yilda
Toshkentda G.YA.YAkovleva nomidagi litografiya (toshbosma) usulidagi
tipografiyada nashr etilgan. Manba O‘zFASHIning toshbosma asarlar fondida
№317 inventar
raqami bilan saqlanadi [8].
Mazkur bayozlarning barchasida ham Muhyining ko‘pgina ash’ori mavjud.
Biz o‘z tadqiqotlarimizda bu bayozlarni Muhyi qalamiga
mansub manbalar bilan
qiyosiy o‘rganmoqdamiz.
Muhyi ijodini o‘rganish va mukammal tadqiqotni amalga oshirish uchun
shoirning o‘zi tomonidan yozilgan asarlarning o‘rni beqiyos, albatta. Endi
anashunday nodir manbalar tavsifida davom etamiz.
Dostları ilə paylaş: