Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə351/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   431
Anjuman Boku (6)

9. Devoni Muhyi.
Qo‘lyozma. Muhyiddin Muhyi qalamiga mansub asar. 
Manba O‘zFASHI qo‘lyozmalar bo‘limida №1303 inventar raqami bilan 
saqlanadi. Asarning umumiy hajmi 161 varaqdan iborat. Bu asar o‘zbek tilida 
yozilgan bo‘lib, 1320 hijriy (1902 milodiy) yilda nasta’liq xatida ko‘chirilgan. 
Kitobning o‘lchami: 13x20,5 sm [9]. 
10. Devoni Muhyi. 
Bu asar 1911 milodiy (1329 hijriy) yilda Toshkentda 
Hoji Abdurrauf nomidagi litografiya (toshbosma) usulidagi tipografiyada nashr 
etilgan. Manba O‘zFASHIning toshbosma asarlar fondida
 №3220
 inventar
raqami 
bilan saqlanadi. Mazkur asar 360 sahifadan iborat. O‘zbekcha-tojikcha, o‘zbekcha 
qismi 231-sahifadan boshlangan [10]..
11. Muhyiddin Muhyi. G‘azaliyoti Muhyi.
Qo‘lyozma. O‘zFASHI 
qo‘lyozma asarlar bo‘limida №11683 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa. 


778 
Asarda shoirning fors-tojikcha g‘azallari kiritilgan bo‘lib, u nasta’liq xatida 
yozilgan [12]. 
12. Majmu’oti ash’ori Muhyi.
Qo‘lyozma. O‘zFASHIning qo‘lyozma 
asarlar fondida №11126 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa [11]. Asar 
1305 hijriy yilda Qo‘qon shahrida shoir Muhyi tomonidan tahrir etilgan va 
ko‘chirilgan. Kitobning o‘lchami 11x170 sm bo‘lib, u 69 varaqdan iborat. Asar 
chiroyli nasta’liq xatida bitilgan bo‘lib, undan shoirning turkiy va forsiy tildagi 
g‘azal, muvashshah, masnaviy, muxammas, qit’alari hamda qasida va marsiyalari 
o‘rin olgan. Qo‘lyozmaning umumiy hajmi uncha katta emas. U bor yo‘g‘i 500 
bayt (1000 misra) atrofida. Majmua:
Ey nigori dilraboi mahvashi koni adab, 
Munda ko‘p chektim g‘amingdin mehnatu ranju taab – 
baytli g‘azal bilan 
boshlanadi. (majmuaning boshidagi 3 varag‘i saqlanmagan.)
Majmuaning ahamiyatli jihati shundaki, undan shoirning devonlariga 
kiritilmagan ko‘pgina ash’orni – g‘azal, muvashshah-g‘azal, qit’a, masnaviy, 
muxammas, qasida va marsiyalarni o‘qish mumkin. Asar, ayniqsa, ayrim tarixiy 
shaxslarning vafoti munosabati bilan bitilgan marsiyalarning mavjudligi bilan 
qadrlidir. SHu bois, diqqatimizni majmuadagi shoirning ayrim zamondoshlari 
vafoti munosabati bilan bitgan marsiyalari o‘ziga jalb qildi.
Masalan, majmuada janob Ma’sumxon to‘ra nomli kishining vafoti 
munosabati bilan bitilgan 53 baytdan iborat ta’rix-marsiya mavjud. Uning vafoti 
sanasi haqida shoir shunday yozadi: 
Bud ravshan az vuҷudash sham’i ahli din mudom, 
Z-in sabab shud soli favti o‘: charog‘i ahli din.
Tarjimasi: Uning (Ma’sumxon to‘raning) vujudidan din ahli (qalbi) doimo 
ravshan edi. SHu boisdan ham uning vafoti sanasiga دين أهل ﭽرﻍ (charog‘i ahli din) 
tarix bo‘ldi. 
Ma’lumki, abjad hisobi bo‘yicha, charog‘i ahli din (دين أهل ﭽرﻍ - ﭺ - 3, ر - 
200, ﻍ - 1000, أ - 1, ه - 5, ل - 30, د - 4, ﻯ - 10, ن -50) 1303 hijriy yilga to‘g‘ri keladi. 
Demak, Ma’sumxon To‘ra 1303 hijriy yilda, marsiya so‘z boshisida 
ta’kidlanishicha, ramazon oyida vafot etgan. 
Majmuadan o‘rin olgan keyingi marsiya Muhammad Ishoqxon vafoti 
munosabati bilan bitilgan bo‘lib, u 29 baytdan iborat. SHoir marsiyaning bir 
baytida Muhammad Ishoqxonning vafoti sanasi 1294 hijriy yil ekanini ko‘rsatib, 
unga bo‘lgan ehtiromini quyidagicha izhor etadi: 
Shohi zamon Muhammad Ishoqxonki hast, 
O‘ro du’o maloiki haft osmon kunand. 
Tarjimasi: Zamon shohi Muhammad Ishoqxonni etti osmon maloiklari duo 
qilsinlar.


779 
E’tirof etish lozimki, shoirning turkiy va forsiy devonida uchraydigan ba’zi 
g‘azal va muvashshahlarni inobatga olmaganda, majmua deyarli devonlarda 
(Muhyining turkiy va forsiy devoni nazarda tutilmoqda) mavjud bo‘lmagan 
she’rlardan tarkib topgan. Unda 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin