780
Xulosa shuki, biz maqolamiz davomida qisqacha tavsifini keltirib o‘tgan
bu durdona manbalar nafaqat Muhyi ijodini o‘rganishda, balki shoir yashagan davr
– XIX asr Qo‘qon adabiy muhitini o‘rganishda ham katta xizmat qiladi.
Muhyi faol ishtirok etgan Qo‘qon adabiy muhitida u yoki bu ma’noda
she’riy majlislar haqida so‘z borganda, aksariyat hollarda dastlab Muhyi nomi tilga
olingan. Akademik Ko‘r o‘g‘li «Uzbekskaya literatura» asarida Muhyi, Muqimiy,
Furqat, Zavqiy, Nisbatiylarning tez-tez majlislar o‘tkazib turishganini, unda qizg‘in
bahsu munozaralar avj olganini ta’kidlab o‘tadi [15. 115-str.].
Haqiqatan, Muhyi tevaragida zamonasining peshqadam shoirlari
to‘plangan edilar. Muhyi
bular orasida eng nuktadoni, she’riy ilmlar allomasi
bo‘lganini e’tiborga olsak, u bu davralarda ma’lum ma’noda xolis hakamlik
vazifasini ham o‘tagani ayonlashadi.
Dostları ilə paylaş: