O’zlashmalarda grammatik butunlikni saqlash tamoyili . Ogahiy tarixiy
asarlarida muallif qalamining yaqqol izlaridan biri sifatida o’zlashmalar, xususan,
arabiy birliklarda asliyat lisoniy qoidalarining eski o’zbek tili doirasida qabul
qilingan jihatlarining saqlanishidir. Bu deganimiz arab tilida sifatlovchi va
sifatlanmish to’rt jihatdan: son, jins, holat va kelishikda moslashadi. Ogahiy
tarixiy asarlarida esa ularning eski o’zbek tiliga qabul qilingan jins va sonda
moslashishini ko’ramiz. Eski o’zbek tilida hamma adiblar tilida ham jins va sonda
moslashish kuzatilavermaydi. Masalan, boshqa ijodkorlar tilida
davlati azim bo’lgan izofa Ogahiy asarlarida
davlati uzmo tarzida forsiy izofa orqali jins va
sonda moslashadi: “
Va bu amrin o’zlariga davlati uzmo bildilar ” [5.88
a
] kabi.
Bunday qoidalarga qat’iy amal qilish Alisher Navoiy asarlari tilida uchraydi.
Ki harne
olami sug’roda mavjud
Bori bu
olami kubroda mavjud [12.76].
Arab tilida
olam so’zi muannas [13] sanalgani uchun uning sifatlovchi
aniqlovchilari
kubro va
sug’ro shaklini olmoqda.
Jins va sonda moslashish Ogahiy tarixiy asarlari uchun odatiy holat bo’lsa,
eski o’zbek tilida bu moslik, asosan, istilohlar tizimida saqlanib qolgan:
fosilayi kubro, fosilayi sug’ro kabi.
SHuningdek, ot ikkilik sonda bo’lsa, aniqlovchisi ham ikkilik sonda kelishi
Ogahiy tarixiy asarlari badiiyatini farqlovchi belgilardan biri sanaladi:
“
dasturayni muazzamayn Muhammad YUsuf mehtar va Muhammad Rizo
qo’shbegi navvarallohu marqadahumo” [1.274
a
]. Bu erda asli forsiy bo’lgan vazir
ma’nosidagi
dastur so’zi arabcha ikkilik shaklini olmoqda. Eski o’zbek tili uchun
arabcha o’zlashmalarning asliyatdagi holat va kelishik shakllari e’tiborsiz ekanini
ushbu birikma ham ko’rsatib turibdi. Parchada “ikki buyuk vazir” tilga olingani
uchun duo jumlasida
-humo (ular ikkisi) birikma olmoshi ishlatilgan.