800
Annotation:
The article explains with examples that thr main part of the
gazals in the devan Sufi is devoted to the theme of love.
Key words:
poet, love, nickname, man, ethics
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan iste’dodli shoir
Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fi she’rlarining salmoqli qismini ishq-muhabbat
mavzusidagi she’rlar tashkil etadi, ularda insonning ma’naviy komilligi,
sadoqatga sobitligi kuylangan. So‘fi turli mazmundagi she’rlarini to‘plab, devon
tuzishda ham ustozlari tajribasidan foydalandi. Alisher Navoiyni o‘ziga
ustoz deb
bilgan So‘fi shoirning devon tuzish uslubiga tayanadi. Sharq-islom she’riyati,
devonchilik an’anasi bo‘yicha dastlabki g‘azallar hamd va na’tdan iborat bo‘lishi
lozim. So‘fi devoni ham hamd va na’t g‘azallar bilan boshlanadi:
Zihi soni’ durursan san’atingg‘a yo‘q amad paydo
Ne qodirsanki yo‘qtur qudratingg‘a haddu ad paydo.
Ne bir hayyu tavonovu qadimu “lam yazal”dursen,
Ne bordur ibtido zotingg‘a ne anjomu, had paydo.
Qur’oni karim oyatlarida “Ogoh bo‘lingizkim, yaratish va buyurish faqat
Unikidir. Barcha olamlar parvardigori – Olloh buyukdir”, “Osmonlar va erdagi bor
narsalar Ollohnikidir”[1], - deb Ollohning yaratuvchanlik qudrati ulug‘lanadi.
G‘azalda Olloh taoloning sifatlari bir-bir ta’riflanadi. Uning olamni
yaratishdagi san’atkorlik mahorati, har narsaga qudrati etadigan qodir Zot ekanligi
madh etiladi. Ilohiy sifatlarining chegarasi yo‘q,
abadiy yashaguvchi Zotning
paydo bo‘lishining oxiri ham, avvali ham insonga ma’lum emas, har qanday inson
bilishdan ojiz. Inson Ollohni U yaratgan narsalarni, qudratini ko‘rib
Uni tanishi,
Unga ishonishi lozimligi ta’kidlanadi. G‘azal So‘fining Yaratganga bo‘lgan
cheksiz mehru muhabbatini ifoda etadi.
Bu davr she’riyatida an’anaviy ishq, axloq-odob, ilm-ma’rifatga undash,
diniy mavzularda she’rlar yozish davom ettirildi[2,15]. Mavzu jihatidan So‘fi
g‘azaliyotida ishq mavzusi etakchilik qilishi barobarida ijtimoiy mazmundagi
g‘azallar ham ko‘plab uchraydi.
Devonda bitta arab tilida yozilgan g‘azal ham bor. Bundan ko‘rinadiki,
shoir fors-tojik tilidan tashqari arab tilini ham yaxshi bilgan.
Turkiy tildagi
she’rlarida ham arabiy birikmalardan, “Qur’oni karim”dan iqtiboslar keltiradi. Bu
holat ham o‘sha davr adabiy muhiti uchun xos xususiyatlardan biri edi. So‘fi
devoni uning iste’dodli shoir sifatida mumtoz she’riyat an’analaridan yaxshi
ta’lim olgani, o‘zbek she’riyatiga yangi, xalqchil she’rlari bilan katta hissa
qo‘shganini yaqqol ifoda etadi.
Shoirning “So‘fi” degan taxallusni olishi bejiz emas. So‘fi
haqidagi ilk
ma’lumotlarni fanga taqdim etgan va uning ijodi bo‘yicha bir necha maqolalar
e’lon qilgan adabiyotshunos Yunus Yusupov shoirning qanday sabab bilan o‘ziga
801
So‘fi taxallusini olganini izohlab bermaydi va uning she’rlarini davr mafkurasi
tazyiqi tufayli so‘fiyona-tasavvufiy she’rlar emas, deb baholaydi. Ammo aslida bu
taxallusning qo‘llanishi tasodifiy hol bo‘lmay, bu nom shoirning butun she’riyati
mazmun-mohiyatiga hamohangdir. Shoirning o‘zi esa bu haqda shunday deydi:
Dostları ilə paylaş: