806
Qasida janri mumtoz arab she’riyatida o’ziga
xos ahamiyatga ega janr
sanaladi. Hind olimi Shibliy Nu’moniy (1857-1917) “...Eron she’riyati qasidadan
boshlanadi....”, – deb yozadi [7:209]. Nazarimizda, xuddi shu fikr arab she’riyatiga
ham tegishli. Qasidaning barcha baytlari bir xil vazn va qofiyada keladi. Birinchi
baytning har ikkala misrasi qofiyalanadi. Bu janr VI hijriy asrning boshidan
oxirigacha arabiyzabon adabiyotning ko’pchilik qismini qasida tashkil qilgan. Bu
qasidalarning mavzulari shohlar va buyuk kishilar madhi, bayram va
g’alabalarning muborakbodi va gohida pand-nasihatdan iborat bo’lgan. Sharq
qasidalari mavzu va tasvir ob’ektiga qarab bir necha turkumni o’z
ichiga oladi
[12:84]. Bular asosan quyidagilar: 1. Vasfiy qasidalar[8:128]
62
(bahoriya, holiya,
ishqiya, xamriya). 2. Madh qasidalari
63
(madhiya, faxriya, hamd, na’t). 3. Qasidai
marsiya. 4. Qasidai hajviya yoki qasidai zamm (shoirlar o’zlari maqtagan
odamlarning g’animlarini, o’z hariflarini qoralab, hajv qilib yozilgan qasidalar). 5.
Qasidai munojot (bular xudoga qarata, unga iltijo qilib yozilgan qasidalar). 6.
Orifona yoki tasavvufona qasidalar. 7. Hasbiya.
Arab o’lkalaridan tashqaridagi (arab adabiyoti bilan bog’liq holda)
arabiyzabon she’riyatda mavzu masalasiga Muhammad Altunchi [3:385]
64
, Edvard
Braun [14:465]
65
asarlarida ham e’tibor qaratilgan.
Hind Husayn Toho yozishicha, adabiy til sifatida e’tirof etilgan arab tiliga
hurmat bilan munosabatda bo’lish, uning ham ilm-fan tili sanalishi bilan birgalikda
hukmron doiralarning o’z saroylariga nafaqat forsiyzabon shoirlarni,
balki
arabiyzabonlarni ham taklif qilishga sabab bo’ldi. Ularning maqsadi shoirlar ikki
tilda o’z madhiyalarini kuylashlari va shu tariqa ularning obro’-e’tibori, ta’siri
yanada kengayib borishi edi [13:82-83]
66
.
Biz Xorazmdagi arabiyzabon adabiyot manbalari mavzu ko’lamini haqida
gapira turib, ularni ayrim shoirlar ijodiy asosiy mavzulari balan birgalikda zarur
darajada ularning tarjimai hollari haqida so’z yuritishni lozim topdik. Chunki
ijodkor shaxsiyati haqidagi har bir ma’lumot uning ijodini bir qadar chuqurroq
anglash imkonini beradi.
Xorazm arabiyzabon adabiyotida ijodining katta qismini madh va faxr
mavzusi tashkil
qilgan ijodkorlardan biri
Qosim ibn al-Husayn
dir
.
Abu
Muhammad Qosim ibn Husayn ibn Ahmad Al-Xorazmiy, Majdiddin Sadrulafozil
‒ Fozillar sardori deb laqab olgan. Qosim ibn Husayn hijriy 555 yili Xorazmda
62
Носиров О., Жамолов С. Ўзбек классик шеърияти жанрлари. – Тошкент: 1979. – Б.128.
63
Носиров О., Жамолов С. Ўзбек классик шеърияти жанрлари. – Т.1979. – Б. 129.
64
Алтунҷӣ Муҳаммад. Ҳаула-л-адаб фи-л-асри-с-Салҷуқӣ. – Мактаба Қурино, 1974.
65
Browne, G. Edward. A Literary History of Persia. From the Earliest Times until Firdawsi. London-T. Fisher
Unwin Ltd: Adelphi Terrace, 1908. – P. 465.
66
Ҳинд Ҳусайн Тоҳо. Ал-адаб-ул-арабӣ фӣ иқлим Хоразм. Силсилат-ул-кутуби-л-ҳадиса. – Бағдод:
Маншурот Визорати-л-иълом, 1976. – С. 82-83.
807
tavallud topgan. Uning yoshlik chog’lari haqida ma’lumot yo’q. Fiqhni Abul Fath
Nosir ibn Abdussayyid al-Matraziydan o’rgangan, arab tili bo’yicha ham shu
kishidan tahsil olgan. Abdulhay Laknaviyning so’ziga ko’ra, Matraziy nahv, lug’at,
she’r va turli adab fanlaridan to’liq xabardor bo’lgan. Qosim ibn Husayn o’z ilmini
asrining eng
etuk ulamolaridan tahsil olgan, hatto arab tiliga olim, hanafiy
faqihlaridan biriga aylandi. Suyutiyning so’zlariga qaraganda, Qosim sunniy faqih
bo’lgan. Faqih shoir Qosim ibn Husayn ilm talabida Buxoroga safar qilgan.
Saolibiyning aytishicha, o’sha vaqtda Buxoro adiblar yulduzdek porlaydigan yurt
yoki zamon fozillari to’planadigan maskan edi. Qosim ibn Husayn she’r va nasriy
bayonlar yozishga yo’naldi, doimiy shug’ullanganidan o’z zamonining yorqin
adibi va mashhur shoiriga aylandi. Shoir haqida ijtimoiy tarmoqlarda mavjud
ma’lumotlar ham asosan Hind Husayn Toho asariga asoslanadi [13:519]
67
. Yoqut
Hamaviy u haqida shunday deydi: “Arabiy ilmda zamonining yagonasi, o’tkir
xotira sohibi,
tabiiy qobiliyat egasi, tabiatan yaxshi, adab ilmida mohir, nasr va
she’rda yuksak edi. U zamonning gavhari va o’z vaqtining eng yaxshisi edi”.
Afsuski, shoirning birorta devoni bizgacha etib kelmagan. She’rlaridan juda
oz miqdori saqlanib qolgan. Agar Yoqut Hamaviy uning tarjimai holini
yozmaganda, birorta ham zikr etiladigan she’ri qolmasdi. Yetib kelgan she’rlari oz
bo’lishiga qaramasdan, she’riyatda naqadar ulkan
martabaga etganidan darak
beradi. Uning she’ridan ayrim misollarni o’rganar ekanmiz, asosan, ular madh,
faxr va g’azal atrofida aylanganini ko’ramiz. Uning qalamiga mansub she’rlar ona
tili arab tili bo’lgan salohiyatli shoirlar ijodini eslatadi. Vaholanki, Qosim ibn
Husayn Arabistonga safar qilgani haqida aniq ma’lumot yo’q yoki Mahmud az-
Zamaxshariy kabi sof arablar bilan birga yashagan degan gap aytmaganlar. Shunga
binoan, gohida uning she’ridagi bu sifat mohir kishilar bilan ko’p muloqotda
bo’lgani,
ularga taqlid qilgani, avvalgi o’tgan shoirlarning she’rlarini o’qishi va
chuqur o’rgangani natijasi deyishimiz mumkin. Aks holda uning qasidalarida bu
noyob so’zlar, asl arablar lug’at boyligiga xos birliklar bo’lmas edi. Ona tili arab
va arab tili bo’yicha mutaxassis bo’lgan olimlarning bu qadar e’tirofi o’sha davrda
Xorazm adabiy muhitida arab tilidagi badiiy ijod ham keng yoyilganidan darak
beradi. Hijriy 616 yil Xorazmga ziyorat qilgan Yoqut Hamaviyni Qosim ibn
Husayn o’z uyida ziyorat qiladi hamda o’zining qasidasini unga eshittiradi:
اشرلا كلاّیذ وﺤن ينم ُلِّمﺤت أ
اشوﺸم يلاﺣﻭ هيغدصك املاس
ىمﺤلا يذل ءيضتسا يدجول يّنإﻭ
اﺸطغأ ليللا اذإ يسافنأ ةلعﺸب
يل لوقی ىتﺣ لاذعلا ينمﺣریﻭ
67
http://xorazmiy.uz/uz/pages/view/457; https://kukaldosh.uz/07/05/2022/8161;
808
اﺸﺣ مأ
َكْيَبنَج نيب ران دقومأ
ُد ِّرَت لﻫﻭ
ةَّنﺤب ينم ءاعرَجلا
یﺸم دق دهعلا ُﻖنﻭر اهنيفرط ىلع
اـمّنإﻭ يرس تمتك دق يّنإ ﻭ
اﺸف هب نيعمدملا بو
َص يمغرب
هءاﺨس ىفخأ قرﺸلا
َردص نأ امك
یشﻭ هب نيبجلا ُرْﺸِّب هنكلﻭ
Dostları ilə paylaş: