802
Nutqi jonbaxshingg‘a bo‘lsun tanda darmonim fido.
Toyiri fikru xayolim donayi xolingg‘a sayd,
Durri dandoningg‘a bo‘lsun jaybu domonim fido.
Bo‘lsun ul nozuk beling ruhi ravonim bandasi,
Ul parishon zulfunga holi parishonim fido.
Kiribkim ko‘ying xasu xoshokig‘a jorubkash,
Maqdaming gardiga bo‘lsun chashmi giryonim fido.
Madhi tavsifingda So‘fi xoma yanglig‘ til chekib,
Daftari husnungg‘a bo‘lsun nazmi devonim fido.
Ikkinchi turkum g‘azallar an’anaviy ruhda bo‘lib, ularda yordan shikoyat,
nolish ohanglari ustunlik qiladi. Bunday g‘azallarda ko‘pincha ma’shuqa o‘ta
shafqatsiz, qahru g‘azabi g‘oyatda o‘tkir; oshiq esa cheksiz g‘amu hasratga giriftor
kishi sifatida gavdalanadi. Misol uchun:
Ohkim kulbamg‘a ul sarvi ravonim kelmadi.
Bazmim ichra ochilib chun gulistonim kelmadi.
Solib ul qotilvashim ayru visolidin
Hajr tig‘i birla vahkim to‘kti qonim kelmadi.
Maqdamig‘a jon etar erdim ul oy kelsa nisor
Vahki chiqti intizori ichra jonim kelmadi.
Ishq dashtida meni Majnun sargardon etib,
So‘rg‘oli holimni ul Layli nishonim kelmadi.
So‘fi g‘azalida oshiq kechinmalari tasviriga alohida urg‘u beriladi. Ular
ma’shuqa portreti –
husnu jamoli, qaddi-qomati, fe’li-atvori bilan uzviy bog‘liq
holda tasvir etiladi. Masalan:
G‘uncha yanglig‘ ul pari la’li labini zavqidin
Sarbasar ichu yurak bag‘ri to‘la xun o‘lmisham.
Lirik qahramon ma’shuqasining la’li lablarini ta’riflash asnosida o‘z yurak-
bag‘ri yorning aqiq labiga monand xun (qon) rangida ekanligini ta’kidlaydi. SHu
zaylda ma’shuqaning beli, qaddi, so‘zi, sochi, husni-jamoli, surati haqidagi
oshiqning o‘y va xayollari va shularga monand oshiq ruhiyatida paydo bo‘lgan
kayfiyat va holatlar uyg‘unlashgan holda baytdan baytga o‘tib, mantiqan yaxlitlik
va izchillik bilan tasvir etiladi. Bu usul tufayli oshiq va ma’shuqa obrazi ayni bir
vaqtning o‘zida bir g‘azal doirasida gavdalantirilib, ma’shuqa
timsolida husnda
barkamol qiz, oshiq timsolida butun qalbi, aqli va shuurini ma’shuqaning ishqi
band etgan, uning xayoli bilan nafas oluvchi jonsarak oshiq ko‘z oldimizda
namoyon bo‘ladi.
So‘fi ijodida ham ishq-muhabbat mavzusi tabiiy ravishda may mavzusi
bilan bog‘lanib ketadi.
May, mayxona, xarobot, soqiy, piri mug‘on, mug‘bacha
kabi tasavvufiy timsollar uchraydi. Ma’lumki, tasavvuf mavzularida ma’rifattalab
803
ijodkorlargina qalam tebratganlar. Abdurahmon Jomiyning “Nafohat ul-uns”
kitobida yozilganidek: “Tashqi bir majburiyat ila takalluf yuzasidan tasavvufdan
bahs yuritmak mushrik hisoblanur... Zero, boshdan o‘tkazilmagan, ya’ni
yashalmagan bir narsa xususida gapirish
zalolatga duchor aylar,” deb qaralgan.
SHuningdek, tasavvufning shoirlar ijodida qaysi tarmoqlar va qay darajada voqe
bo‘lgani haqidagi Alisher Navoiy fikrlari ham diqqatga loyiqdir. Navoiy “Mahbub
ul-qulub” asarida shu munosabat bilan shoirlarni besh tabaqaga bo‘ladi:
1.
Asarlarida haqiqat (“asrori ilohiy adosi”) ifoda etilgan shoirlar.
2.
Haqiqat bilan majoz aralash shoirlar.
3.
Asarlarida majoziy kayfiyatlar ustunlik qilayotgan shoirlar.
4.
Ham haqiqat, ham majoz tariqalarida kamolotga erishgan shoirlar.
5.
She’rning qimmatidan ko‘ra da’vo va tamannolari baland bo‘lgan pastkash
shoirlar.
Shunisi diqqatga sazovorki, Navoiy shoirlar haqida fikr yuritar ekan,
tasavvuf bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan shoirlar haqida og‘iz ham
ochmaydi[3,29]. Shu sababli biror shoir ijodining tasavvufga daxldorligini
yoritish uchun zaruriy asoslar mavjud bo‘lishi kerak.
Ilyos Mulla Muhammad
o‘g‘li So‘fi shaxsiyati va ijodiy faoliyatida tasavvufiy mazmunda ijod etish uchun
shunday asoslar bor, deyish mumkin. So‘fining ishq kuylangan she’rlarini tahlil
etishda din va tasavvufni birgalikda tadqiq etish shoir ijodining g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlarini to‘g‘ri idrok etishga ko‘maklashadi.
Shoir diniy va tasavvufiy qarashlarini ta’sirchan ifodalash uchun shariat
qonunlari, Qur’on va hadis g‘oyalari, ulug‘ payg‘ambarlarning hayot tarzi, ilohiy
sifatlarini o‘z g‘azallarida mahorat bilan ifoda etdi. So‘fi devonidagi she’rlarni
o‘rganish davomida uning diniy ilmlarni bayon qiluvchi bir necha g‘azallari ham
aniqlandi.
Tasavvuf adabiyoti vakillari ijodida zikr masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Zikr bu eslamoqdir. Zikr qilish tariqatning bosh asoslaridan sanaladi. Zikr murid
qalbidan nafsoniy va shaytoniy vasvasalarni chiqarib tashlaydi, ko‘ngilni poklaydi.
So‘fi g‘azallarida ham shunga yaqin fikrlarni kuzatamiz:
Hamdingni derga go‘yo qilg‘il tilim, xudoyo,
Zikring damidin ochg‘il qufli dilim, xudoyo.
Yana bir o‘rinda:
Masjid ichra o‘lturub aylab tavajjuh qiblag‘a,
So‘fidursen zikri Haqdin qilma g‘ayri kor subh.
Bu baytlarda shoir Ollohga
hamdu sano aytish, doimo Uni zikr qilish insonni
poklik va ezgulik sari etaklashi, qalbni chirkin illatlardan tozalashi haqidagi
mulohazalarni ilgari surmoqda. Zikr Haqqa olib boruvchi yo‘lning asosi ekanini,
zokir bo‘lmasdan turib, Haq vasliga etishish mumkin emasligini eslatadi.
804
Olloh yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga bel bog‘lagan
shoir boshqa
g‘azallarida Islom dini farz va sunnatlarini batafsil sharhlaydi hamda ularga amal
qilishni targ‘ib qiladi. “Abas”, “Subh”, ”Me’roj“, “Nafs”, “Xolis”, “Farz”,
“Shar’” radifli g‘azallar shular jumlasidandir.
Shuningdek, Ollohga munojot, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga
salovot mazmunida yozilgan g‘azallar ham uchraydi. Bu g‘azallardagi Haqni
tanish, Uning roziligi va abadiy saodatga sazovor bo‘lish uchun nafsni tarbiyalash,
axloqni go‘zallashtirish, botin va zohirni poklash haqidagi fikrlar tasavvufiy axloq
samarasi hisoblanadi. Jumladan, So‘fining fors tilida bitilgan quyidagi g‘azali
o‘zining ohangdorligi, musiqiyligi va purma’noliligi bilan e’tiborni tortadi:
Ey del, begu bejonat salavot bar Muhammad,
Guftan bexud ko‘n odat salavot bar Muhammad.
Dostları ilə paylaş: