793
binobarin, olim yozadi: “9 iyul. Buyuk Karimov xalq shoiri Nabi qori va
Chustiylar bilan suhbatlashar edi. Karimov meni ular bilan tanishtirdi.
Sozandalardan Yo’ldoshev (ashulachi), Po’latjon qiziq, Komil qori qiziqlar
bilan Buyuk orqali tanishdim. Chustiy bilan suhbatlashdim. Shu kuni
choyxonada qo’qonlik bir qancha qiziqchilar askiya aytishar ekan. Bular
orasida Yusuf askiyachi bor edi. U hammani yo’lga solib yuradi.
Boshida
yarasi bo’lmasa ham, sochi oz bo’lganidan uni “kal” deyishar ekan.
M.Afzalov, B.Karimov, Y.Sultonovlar ba’zi askiyalarni yozib olishdi.
Komil qori va Po’latjon qiziqning repertuarlari ko’proq ekan”
(ZO’FA.
Inv. №2204. – B.6-14)
. Kundalikda olimning “Repertuarlarni Sultonov, Afzalov
daftarlaridan ko’rilsin”, deb yozilgan izohi ham bor.
1935-yil yoz oyida Chustiy bilan tanishgan Hodi Zarifov keyinchalik
hamkorlikda ish olib bordi. Chustiy – taxallusi, asl ism-sharifi Nabixon
Xo’jayev [1,663-664]. Shoir va tarjimon Chustiy 1904-yil 20-fevralda Chust
shahrida tavallud topgan. Alisher Navoiy tavalludining 500
yillik yubileyini
o’tkazishga tayyorgarlik munosabati bilan Toshkentga ishga chaqirilgan va
1959–1968-yillarda O’zbekiston FA Til va adabiyot institutida (hozirgi O’zbek tili,
adabiyoti va folklori instituti) Hodi Zarifov bilan hamkorlikda ilmiy xodim bo’lib
ishlagan.
Kundaliklarda qishloqlardagi yordamchilarning fidokorona mehnatlari haqida
batafsil ma’lumotlar yozib borilgan. Shunday yordamchilardan bir Pedagogika
institutining talabasi Alim Nazarov edi.
“11-iyul. Pedagogika instituti sirtqi bo’limi adabiyot fakulьteti studenti Alim
Nazarov bilan bozorda uchrashib qoldim. Alim Nazarovni ekspedisiya ishlariga
yordamga chaqirdim. U Sherali Ro’zi bilan talay maqollar to’plagan ekan.
Shundan keyin biz bilan birga yura boshladi. Unga “dala ishlari”ni o’rgatdim”
(ZO’FA. Inv. №2204. – B.14-15)
. 1926-yilda Sherali Ro’zining “O’zbek
maqollari” to’plami nashrdan chiqqan. Kitobchaga 711 ta maqol kirgan[2]. Hodi
Zarifovning ma’lumotiga qaraganda 1925–1929-yillarda oltimingga yaqin maqol
va matallar, uch
mingga yaqin topishmoq, ellikdan ortiq ertak to’plangan[3,236].
Har bir uyushtirilgan ekspedisiyalarda mahalliy ziyolilar baxshi-shoirlardan,
ertakchilarda, qo’shiqchi va askiyachilardan juda ko’plab xalq ijodi namunalarini
yozib olishda o’z xissalarini qo’shganlar.
Farg’ona vodiysi bo’ylab uyushtirilgan ekspedisiya davomida atoqli
dostonchilar borligi aniqlangan. Hattoki, ularning repertuari va shogirdlari
ham ma’lum bo’lgan. Bo’ri baxshi Sodiq o’g’li, Usmon Mamatqul o’g’li,
Umrzoq baxshi Solixov va boshqalar shular jumlasidan dir 1937-yilgi yana bir
folklor ekspedisiyasi davrida “Alpomish” dostonining kam tarqalgan versiyasining
bir variantini Farg’ona viloyati Qo’shariq qishlog’ida yashagan Bo’ri baxshi Sodiq
794
o’g’lidan Ko’qonning Beshkapa qishlog’ida Yusuf Sultonov yozib olgan
(ZO’FA.
Inv. №118)
. Bo’ri baxshi boshqa o’zbek dostonchilaridan farqli ravishda o’zi
bilgan doston va termalarni do’mbirada emas, dutorda ijro etar edi. U dostonchilik
yo’llarini akasi Jo’ra baxshidan o’rgangan. Undan “Alpomish”, “Mast bachcha”
kabi dostonlar hamda bir necha termalar yozib olingan. Uning “Kanal ichinda”
termasi 1941-yilda Hodi Zarifning “O’zbek folklori” xrestomatiyasining ikkinchi
kitobida nashr etilgan. Bo’ri baxshi 1938-yilda Toshkentda o’tkazilgan xalq
ijodchilari olimpiadasining ishtirokchisi bo’lgan [3,550]. Hodi Zarifovning
ma’lumotiga
qaraganda, 1935–1937-yillada Farg’ona vodiysi bo’ylab
uyushtirilgan folklor ekspedisiyalarida sakkiz baxshidan 25 doston yozib
olingan[4,249].
Kundalikning yana bir sahifasida qiziqarli ma’lumotlar bor. Olim yozadi:
“13-iyul. Bozor ichida Sultonov va Afzalovlar ashulachi Yo’ldoshev Komil qori va
Po’latjon qiziqlardan ashula yozib oldilar. Komil qoridan bir ashula yozdim (qora
daftar I. 1 bet)”
(ZO’FA. Inv. №2204. – B.22-23).
Ushbu ekspedisiya davomida
folklorshunos olimlar har xil qo’shiqlar yozib olishgan. Folklor to’plovchi Badriy
tomonidan Qo’qon shahrida yashovchi 67 yashar Ruzvon bibi Sarimsoqovadan
“Qovun ekdim Toshbuloqning toshiga” qo’shig’i yozib olingan
(ZO’FA.
Inv. №420).
1953-yilda Hodi Zarifov rahbarligida Qo’qonga uyushtirilgan ekspedisiyaning
yana bir kundaligi nodir manbalardan hisoblanadi. Olimning shaxsiy kundaligida
shunday ma’lumotlar yozilgan: “1953-yil 25-iyul soat 21:45 da
Toshkentdan
jo’nab, 26 iyul kunduz soat 11:05 da Qo’qonga keldim. Kuni bilan shoir Charxiyni
axtarib, topolmadim. Chorsuda Sherali Ro’ziyni ko’rib qoldim. U Charxiyni tez
topib berish uchun ko’p yordam qildi. Muqimiy xujrasiga, Charxiyning uyiga olib
bordi. Odatda ko’p bo’ladigan joylarni qaradik, topa olmadik. Sherali Ro’ziy bilan
xalq ijodi haqida suhbatlashdik, bu sohada ishlarni davom etdirishini maslahat
berdim va maqollar ustida qanday ishlash va natijani Fanlar akademiyasiga
yuborishni tushuntirdim. Sherali Ro’ziy hozir Gorniy stansiyasida maktab
muallimi. Kechqurun Charxiyni topib suhbatlashdik.
Ibrohimov, Aliyev, Sattorov
o’rtoqlar bilan tanishtirdilar. Bularning xotiralarini yozish kerak...”
(ZO’FA.
Inv. №2204/b).
Hodi Zarifov tanishgan bu insonlar haqida hech qanday
ma’lumotga ega emasmiz. Demak, olim to’plagan materiallar birinchi manba
sifatida katta ahamiyatga ega
Charxiy – taxallusi, asl ism-sharifi Asqarali Hamroaliyev [1,575]. 1900-yil
23-fevralda Qo’qonda tavallud topgan. O’zbekiston xalq shoiri. 1939-yildan
boshlab Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va
o’tkazish qo’mitasining mas’ul kotibi etib Hodi Zarifov tayinlangan edi. O’sha yili
Charxiy esa shu qo’mitaga xattot etib tayinlandi. Qo’mita ishiga hamda Til va
795
adabiyot institutiga mumtoz adabiyot masalalari bilan shug’ullanib
kelayotgan
barcha mutaxassislar, Sadriddin Ayniy, Oybek, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon,
Shayxzoda, Uyg’un, Amin Umariy kabi yozuvchi va shoirlar jalb etildi. Hatto
viloyatlarda yashayotgan, arab va
fors tillarini mukammal bilgan, madrasa
ta’limini olgan Boqiy domla (Mirzaabdulla Nasriddinov), Chustiy singari ziyolilar
ham jalb etildi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbek folьklorshunosligining asoschisi Hodi
Zarifovning folьklor ekspedisiyasi kundaliklarining o’rganilishi va tadqiq etilishi
fanning u yoki bu masalasiga oydinlik kiritishda, munozarali masalalar bo’yicha
to’g’ri xulosalar chiqarishda muhim manba xisoblanadi.
Yozib olingan folьklor
asarlarining matnini filologik jihatdan tadqiq etishda yoki folьklorshunoslik
tarixini yaratishda “Folklor ekspedisiya kundaliklari”dagi bitiklardan samarali
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: