792
Mana, yuz yildirki, tinib-tinchimas folklorshunos olimlarimiz va ularning
qishloqlardagi o’nlab yordamchilarining mislsiz mehnati tufayli juda ko’p xalq
og’zaki ijodi namunalari yozib olindi hamda madaniy boyligimiz jam bo’lgan
folklor arxivi paydo bo’ldi. Eng qadim davrlardan
beri yaratila boshlangan va
og’izdan-og’izga o’tib bizgacha yetib kelgan xalq og’zaki ijodi namunalarini yozib
olish va o’rganish barobarida uni qayta xalqqa taqdim qilish borasida ko’p ishlar
qilindi. O’zbek folьklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov boshchiligida juda
ko’p folklor ekspedisiyalari tashkil etildi. Buyuk Karimiy,
Mansur Afzalov,
Muzayyana Alaviya, Zubayda Husainova, To’ra Mirzayev,
Malik Murodov va
boshqa folklorshunos olimlar ushbu folklor ekspedisiyalarida ishtirok etdi. Hodi
Zarifov folklor safarlari davomida nafaqat folklor materiallarini yozib olish
ishlarini, balki dala kundaliklarini ham joriy qildi. Bu kundaliklar
folklorshunoslarning safar chog’ida ko’rgan-kechirganlari, xalq ijrochisiga o’z
munosabati,
ijrochi mahoratiga bahosi, ijro jarayoni va xalqning ijodkorga
munosabati ochiqlanib borilgan. Bundan tashqari, ekspedisiya a’zolarining
kundalik vazifalari, folklor materiallarini qayd etib borish tartibigacha ma’lumotlar
berilgan.
Folklor arxivida saqlanayotgan nodir manbalar bo’lmish kundaliklarni
varaqlar ekanmiz, har bir sahifani to’lqinlanib yangi asar o’qiganday bo’lamiz.
Bosib o’tilgan behisob yo’llar,
qishloqlar taassuroti, fanga ma’lum bo’lmagan
dostonchilarning, ertakchilarning topilishi va ulardan yozib olinayotgan xalq ijodi
namunalari haqidagi izohlar... Bu qaydnomalarda jonli og’zaki ijod jarayonini
yozib olishdagi hap bir detal, fakt aniq qayd etilgan, e’tiborli ma’lumotlar bitilgan.
Ma’lumki, ekspedisiya a’zolari 7–9 kishidan iborat bo’lar edi. Chunonchi,
Hodi Zarifovning 1935-yili Farg’ona vodiysiga
uyushtirilgan ekspedisiya
kundaligining ilk sahifalarida shunday qaydlar bor: “O’zbek tili adabiyoti ilmiy-
tekshirish instituti O’zbekiston Fan komiteti bilan birga Farg’ona vodiysiga
Folklor va lengvistik ekspedisiya tashkil etdi. Ekspedisiyaning a’zolari
to’qqiz kishilik bir sostav tasdiqlandi. Ekspedisiya boshlig’i H.Zarifov,
ekspedisiya muddati 2 oy. Ekspedisiya a’zolari: H.Zarifov B.Karimov,
Sh.Rajabov,
S.Zufarov,
S.Ibrohimov,
Y.Sultonov,
Sh.Abdullayeva,
T.Ahmedov, M.Afzalov”
Dostları ilə paylaş: