Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə363/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 9-жилд. – Тошкент, 2005. – 700 б. 
2. Ўзбек мақоллари. Тўпловчи Шерали Рўзи. – М.: СССР халқлари 
марказий нашриёти, 1926.
3. Алпомиш. Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари. 100 жилдлик. 20-жилд. Нашрга 
тайёрловчилар Т.Мирзаев, Б.Мирзаева. ‒ Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги 
НМИУ, 2021. – 604 б. 
4. Зариф Ҳ. Ўзбек совет фольклористикаси тарихидан / Ўзбек совет 
фольклори масалалари. Тадқиқотлар. 1-китоб. – Тошкент, 1970. – 334 б. 
 
SA’DULLOH TO’RA SA’DIYNING “DEVONI SA’DIY” ASARI 
MATNIY TADQIQI
Sohiba UMAROVA
Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 
O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi v.b.dosenti 
 
Annotasiya.
Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xorazm adabiy 
muhitida ijod etgan shahzoda shoir Sa’dulloh to’ra Sa’diyning devoni qo’lyozmasi 
matni tadqiq etiladi.
Tayanch so’z va iboralar
: Xiva, tarix, adabiyot, qo’lyozma, devonchilik, 
devon, g’azal, shahzoda, shoir, Sa’dulloh to’ra Sa’diy, matn, matnshunoslik.
Аннотация.
В статье исследуется текст диванной рукописи принц-
поэт Саъдулох тора Саъди, которые жыл в литературной среди Хорезма в 
конце XIX-начале XX века.


796 
Ключевые слова и выражение
: Хива, история, литература, рукопись, 
деванизм, деван, газель, принц, поэт, Саъдулох тора Саъди, текст, 
текстология.
Resume. 
The article examines the text of the divan manuscript of the prince-
poet Saduloh tora Sadi, who worked in the literary environment of Khorezm in the 
late 19
th
– early 20
th
centuries.
Key words and word expressions
: Khiva, history, literature, manuscript, 
denanism, devan, gazal, prince, poet, Saduloh tora Sadi, text, textology.
Sa’dulloh to’ra Sa’diy Xivaning so’nggi xoni Said Abdullaxon (1918-1920-
yillar Xiva xoni)ning o’g’li bo’lib, bobosi Muhammad Rahimxon II Feruz 
saroyida o’sib, ulg’aygan. Sa’dulloh to’ra Sa’diy yoshligidan adabiyotga qiziqqadi, 
sharq mumtoz ijodkorlarining asarlarini o’qib chiqqadi. Sa’dulloh to’ra Sa’diy 
taniqli muarrix va shoir Bayoniyga shogird tushgan, 20 yoshligidan she’r mashq 
qila boshlagan, u arab, fors tillarini bilgan. Sa’dulloh to’ra Sa’diy haqida Bobojon 
Tarroh – Xodim shunday yozadi: “Sa’dulloh to’ra podshozoda oilasidan chiqqan. 
U juda zehni o’tkir odam edi. Bir ko’rgan narsasini, xoh arabiy bo’lsin, xoh forsiy 
bo’lsin, darrov yodlab olar edi”[2, 35].
Sa’dulloh to’ra Sa’diy shaxsiyati va uning ijodi haqidagi dastlabki 
ma’lumotlar tazkira, majmua, estalik, bayozlarda uchraydi. Sa’dulloh to’ra 
Sa’diyning lirik she’rlari jamlanib, devoni tuzilgan. Uning “Devon”idan tashqari 
boshqa asarlari ham ma’lum. Sa’diy fors adabiyoti ta’sirida turkiy tildagi 
“Mufarrixi qulub” deb nomlangan asarida inson hayotida tarbiyaning o’rni, inson 
xulq-atvori va insoniylik fazilatlarini ulug’lashga ahamiyat qaratadi. “Mufarrixi 
qulub” nazmda yozilgan bo’lib, 10 bobdan iborat, har bir bob o’z nomiga ega, 
asardagi hikoyatlar, sarguzashtlar muallifning fikr-mulohazalarini yanada aniqroq 
bayon etish uchun xizmat qilgan. Ushbu asarning qo’lyozma nusxalari 
matnshunoslarimiz tomonidan o’rganilgan.
Xivada Feruz topshirig’i bilan shahzoda shoirlar she’rlaridan majmualar ham 
tuzilgan. Shulardan biri “Haft shuaro” deb nomlanadi. “Haft shuaro” majmuasi 
Bayoniy tomonidan tartib berilgan va unga etti nafar shahzoda shoirning she’rlari 
kiritilgan, shulardan biri Sa’diy bo’lib, majmuaga uning 100dan ortiq she’rlari 
kiritilgan[6, 12].
O’zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
instituti Qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan AR-7092 inventar raqamli “Devoni 
Sa’diy” matni bilan tanishganimizda, qo’lyozmadagi she’rlar soni va janrlari 
quyidagicha ekanligi ma’lum bo’ladi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin