811
bo’lmasdim”baytlarini qarasak,
unda Alloh Taololning munofiqlarni sifatlashidagi
quyidagi so’zga o’xshash ma’nolar borligini fahmlaymiz: “
Ular huddi terib
qo’yilgan yog’ochga o’xshaydi, Har qichiqriqni ziddilariga hisoblaydilar, Ular
dushmandirlar. Ulardan hazir bo’l. Alloh ularga urush ochsin, qandoq ham
Allohdan yuz o’girurlar”
[13:291]
73
.
Bir qarashda shoir bu baytlarda nasab, sharaf, odillik haqida gapirib, insofli
bo’lishga chaqirgani, ro’zg’or tebratishda tejamkor, saxiylikda boshqalarga o’rnak
bo’lgani va ehsonlari juda ko’p bo’lgan ota-bobolari bilan faxrlangandek tuyuladi.
Aslida
esa shoir, o’z o’rnida, muhim ijtimoiy-siyosiy va didaktik mulohazalarni
o’rtaga tashlamoqda. Bu fikrlarning yuqori darajada rivojlangan shaklini
keyinchalik Ogahiy ijodida ko’ramiz. Masnaviylaridan birida shoir: “Kishi har
qancha binolar bunyod etmasin, yoki o’zidan son-sanoqsiz nasl qoldirmasin,
ularning birortasi boqiy hayotiga kafolat bo’lmasligi mumkin, bu dunyoda faqat
so’zgina mangu qoladi”, - deydi.
Kishi necha
imorat qilsa bunyod,
Va yoxud haddin afzun qo’ysa avlod,
Tutub bo’lmas birisidin baqo ko’z,
Qolur boqiy jahon ichra magar so’z [9:11]
74
.
Qosim ibn Husaynning yuqoridagi qasidasi Axtal qasidasi uslubiga
monanand. U qasidada Axtal Abdulmalik ibn Marvonni maqtab, uning
yordamchilarini nihoyatda ulug’lagan va dushmalarini mazah qilgan. Jumladan,
bunday degan edi:
هـلضاوف اـنیذاغت مامإ ىلإ
رفظلا هل أنهيلف الله ه
َرفظأ
هرئاط نوميملاﻭ رمغلا ضئاﺨلا
رطملا هب يقستسی الله ةفيلخ
She’rning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi:
“
Fazilatlari bizni quvontirgan
podshohga,Alloh unga zafar bersin, shunda uni zafar bilan tabriklasinlar. Dengiz
qa’rini quchuvchi va ustida doim baxtlik bordir. U Allohning xalifasi, hatto
yomg’ir undan suv so’raydi
[13:291]
75
”.
Qosim ibn Husyni Abdulmalik ibn Marvonning
fazilati va xulqini eslab, u
bilan o’tkazgan kechalariga hasrat chekib, ba’zi do’stlariga xat yozdi, chunki bu
kechalar yoshlik o’tishi bilan o’tdi va yigitlik ketishi bilan ketdi. Xatda bunday
bayt yozgan edi (bayt
ning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi
):
“Jonim uni
eslasa, tunni xuddi qinidan chiqqan o’tkir qilichlar orasida o’tkazar edim. YOshlik
73
Ўша манба, – С.291.
74
Очилов Э. Огаҳий ҳикматларининг мавзу кўлами // Огаҳий ҳаёти ва ижоди – ёшлар тарбияси учун намуна.
Республика конференцияси тўплами.– Tошкент, 2020. ‒ Б. 11.
75
Ҳинд Ҳусайн Тоҳо. Ал-адаб-ул-арабӣ фӣ иқлим Хоразм. Силсилат-ул-кутуби-л-ҳадиса. – Бағдод:
Маншурот Визорати-л-иълом, 1976. – С. 291.
812
ketdi va podshohlik ortda qoldi, Yoshlarcha kezish davri o’tdi va yigitlik ham bizni
tark etdi”.
Uning bu baytidagi “podshohlik” so’zi
Torfa ibn Abdning zikridagi
mana bu narsani eslatadi:
“Go’yoki Molikiyya kajavalari erta tongdagi, Vadaddagi
katta maydondagi yog’och kemalariga o’xshaydi”.
Qosim ibn Husayn, haqiqatda, Zamaxshariydan farqli o’laroq kuchli shoir edi,
u she’rlarining ma’nolari chigal va chuqurligida Mutanabbiy va Abu Tamimning
yo’lidan yurgan “ma’nolar shoiri” edi. Uning shoir Ma’riydan ko’ra qiyin
qofiyalarni tanlashda ta’sirlangani seziladi. Uning she’riyatida aksar qofiyalar
“sin”, “shin” va “fo” harflari ustiga qurilgan.
Bu shoirning she’rlari ma’nolari aqliy bo’lib, uning tashbehini ilm va
vositalardan chiqarib olgan. Masalan, u bir o’rinda shunday deydi:
“Zulmda
chaqnaganda peshonang yarqiraydi, biz undan saxiylik nusxasini mutolaa
qilamiz”.
Qosim ibn Husayn faqat shoir bo’libgina qolmasdan kuchli yozuvchi ham edi.
Bu zotning tarjimai hollarini yozganlar uning bir necha asarlari nomlarini
keltirishgan. Jumladan, Zamaxshariyning “Mufassal” asariga sharh” (uni “Tajmir”
deb nomlagan), “Sharhi saqtuz zanad”, “At-tavzih fi sharhi maqomot”, nahv
borasida “Zavayo va xovayo”, “Badoe’ ul-milh”, “Xilvati royyahiyn fil
muhozorot”, “Sir fil i’rob”, “Sharhul abniya fi nahv” kabi kitoblar bo’lib, ular
haqida ma’lumotga ega emasmiz.
Qosim ibn Husayn zamonasida va shoir, adib do’stlari orasida buyuk maqom
egasi edi. Yuqorida qayd qilganimizdek, Yoqut Hamaviy shoirning uyiga ziyoratga
kelgan, uni arab tili ilmi borasida zamonasining tanho kishilardan ekani bilan
sifatlab, insonlarning eng afzali va islom tayanchi, maoniy va bayon ilmlari sohibi,
SHarq va G’arb faxri deb atagani Qosim ibn Husaynning martabasi yuqori ekaniga
dalolat qiladi.
Fikrimizcha, Alisher Navoiy g’azallarida “ishq” mavzusi satrlardan satrlarga,
baytlardan baytlarga ko’chgani singari VIII ‒ XIII asrlar adiblari ijodini tahlil
qilish o’sha davr Xorazm arabiyzabon muhiti manbalarida “faxr” va “madh”
mavzusi, hech mubolag’asiz, etakchi o’rin tutganini ko’rsatadi.
Xulosa
sifatida aytganda, Qosim ibn Husayn ijodi Xorazmda arabiyzabon
adabiy muhiti mahalliy aholisi o’z ona yurtidan tashqari chiqmay ham arabiynajod
shoirlar va yozuvchilar singari fasohat bilan yoza bilishi qadar rivojlanganini
ko’rsatadi. Ikkinchi jihati, arab tilida badiiy ijod yaratgan xorazmliklarning katta
ko’pchiligi ilm odamlari bo’lib, badiiy ijod Abu Rayhon Beruniy,
Mahmud
Zamaxashariy kabi allomalar uchun faoliyatlarining bir qismi sanalgan. Qosim ibn
Husayn kabi shoirlar ijodi Xorazmda muayyan muddat sof adabiy muhit
shakllanib, mahalliy aholi uchun arab tili badiiy ijod tili bo’lib xizmat qilganini
ko’rsatadi.
813
SHuningdek, VIII ‒ XIII asrlar Xorazm arabiyzabon muhitidagi adib va
shoirlar adabiy merosini tadqiq qilish o’sha davr adabiy muhitini chuqurroq
anglash, madaniy, ijtimoiy-siyosiy holatlari haqida qimmatli ma’lumotlar
olishimizda, tariximizni adabiy manbalar asosida yanada yorqinroq o’rganib,
manbashunoslik va matnshunoslik aspektida ilmiy tadqiqotlar olib borishimizda
asosli manba bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: