815
“Rohati dil” va “Sabotul ojizin” asarlari o’zbek adabiyotidagi masnaviy janrining
yorqin namunalaridan hisoblanadi. Bu asarlarning badiyati va g’oyasi masnaviy
janr yordamida ochib berilgan. Bu janr haqida tadqiqot olib borgan Abdurahmon
Piriqulov shunday yozadi:
“ ...
masnayi ham janr, ham shakl xususiyatiga ega. Ularda ma’lum epik
voqelik qator personojlar ishtirokida aks ettiriladi yoki lirik qahramon faoliyati,
shuningdek, ichki kechinmalari, ruhiy holati lirik chekinish shaklida ifodalanadi.”
76
G’oyaviy jihatdan So’fi Olloyorning “Sabotul ojiz” asari singari turkiy
zabon xalq orasida ma’rifat tarqatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. “Rohati
dil”dostni boshqa badiiy asarlar kabi o’z davridan to hozirgi kungacha kitobxonlar
qalbidan joy olgan. Asarning g’oyasi xuddi nomlanishi kabi turkiy zabon xalq
orasida dillar rohatiga aylangan hamda mazusini belgilagan. Bu asarda shoir turkiy
kitobxonni badiiy yo’sinda sof diniy va dunyoviy g’oyalarni,
islomiy
tushunchalarni o’z ona tili orqali ilg’ashga keng qamrovli imkoniyat yaratadi.
SHariat ahkomlari, islom tarixi va musulmon kishining xulq-atvori qanday
bo’lishi lozimligi badiiy g’oyalar bilan muhim xulosalar chiqarishga da’vat etadi.
Huvaydo she’riyati va ijodi haqida adabiyotshunos olim Begali Qosimovning o’z
qarashlari mavud:
“ Huvaydo ijodi va dunyoqarashining shakllanishida Xoja YAssaviy, Alisher
Navoiy, So’fi Olloyor, Mashrablarning tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining
ta’siri katta bo’lgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy ishq haqidagi orifona, dunyoviy
she’rlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi
she’rlarida ham mazkur shoirlar an’analarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan
boyitgan.”
77
Huvaydo asarlari tili ravonligi, ifodasi soddaligi matni turkiy xalqlar uchun
mutoala jarayonida qiynchilik tug’dirmaydi. SHoir o’zi
asarida turkiy xalqlar
uchun mo’ljallanganini quyidagicha alohida uqturib o’tadi:
Bu Chimyon shahrining piyru javoni,
Tamomiysi erurlar turkiyxoni.
Alar garchi so’zga behunarroq,
Dedim bo’lsa kitobim turkiy behroq.
78
Shoir “Rohati dil”ning badiiy asar ekanligiga asar ichida “Dar bayoni kitob
va ismi musannif rahimahullohu ta’olo” bobida quyidagicha maxsus ishora qiladi:
Ko’ngul shahri yagona azm qildim,
Kitobim nasr erdi, nazm qildim.
79
76
Примқулов А. Э. “Огаҳий манавийлари”. Фил. Фанлари номзолик дисс.. Т: 24- бет.
77
Қосимов Б. “Ҳувайдо”. “ Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти”, Тошкент: 14-
том, 216-217-бетлар.
78
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:.
1994.- 16-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).
816
Doston matni, mazmun-mohiyatida haqida O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida
saqlanadiga qo’lyozmalari asosida 1994 yil nashr
qilgan adabiyotshunos olim
Saidbek Hasanov o’zning ilmiy munosabatini bildirgan.
“Huvaydo har bir hikoyatning hayotiy mazmunini va bosh qahramonning
qiyofasini badiiy ifodada ochib berishga kirishar ekan, o’ziga xos uslub,
yuksak
badiiylik, tilning ravonligi, she’rning jarangdor va o’ynoqiligini rang-barang
buyoqlar orqali ochib beradi. Dostondagi har bir misra o’quvchini to’lqinlantiradi,
undagi chuqur mazmunni idrok etishga chorlaydi.”
80
Doston mazularing nomlanish forsiy va arbiy so’z va so’z birikmalaridan
tashkil tongan.
Matnida arabiy, forsiy so’zlar asosan, turkiy so’zlar ishlatilgan.
Ba’zi o’rinlar o’zbek tilining qipchoq lahjalaridagi so’zlar kam bo’lsada uchraydi.
Masalan, dostonning “Dar bayoni asmoi jahannam”, “Dar bayoni haqqi hamsoya ”
bobida:
Qadam masjid sorig’a qo’ymadilar,
Jiyuldilar sahobalar borisi.
Sahobalar jiyulub jam’ bo’ldi,
Rasuli olamin oldig’a keldi.
81
Huvaydoning “Rohati dil” dostoni turkiy didaktik adabiyot ichida salmoqli,
mazmunan boy, badiiy hihatdan yuksak saviyada, g’oyaviy jihatdan o’z davri va
hozirgi zamaon uchun muhim ahamiyatga ega. Islom dunyosida eng mashhur
hadis roviylari
Abu Hurayra roziyallohu anhu, Salmon raziyallohu anhu va Uns
bin Moliklar (“Rohati dil”dostoning nashr matnida shunday yozilgan. Aslida Anas
ibn Molik ko’p hadis rivoyat qilgan olim sahobalardan.) orqali ibratli va hamma
zomonlarda insoniyat tarbiyasi uchun zarur bo’lgan hadislarni hikoyatlar va
rivoyatlar shaklda badiiy usulda masnaviy janri orqali adabiyotimizga singdirgan.
Xullas, So’fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asariga
nisbatan ham tilining
soddaligi va turkiy xalqlarning ma’no va mazmun mohiyatini tez tushunib olishiga
mo’ljallangan. Turkiy zabon buyuk ijodkorlar singari Huvaydo beqiyos adabiy
merosini mumtoz adabiyotimiz sahifalariga muhrlab qoldirgan. Bugungi kundagi
turkiy xalqlarni bir g’oya ya’ni, umummilliy g’oya atrofida jam bo’lishiga xizmat
qiladi.
79
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:.
1994.- 4-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).
80
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:.
1994.- 16-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).
81
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:.
1994.- 36, 58-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).