818
muharrir bo‘lib ishlab,
matbuot tilini shakllantirish, insonlarga ma’rifat ulashish
faoliyati bilan ham shug‘ullangan.
Ma’lumki, 1917-yilning mart-aprel oylari o‘lkamizning siyosiy uyg‘onishida
burilish davri bo‘ldi. Paydo bo‘lib kelayotgan milliy demokratik kuchlarning
yetakchisi jadidlar bo‘lib qoldi, ular o‘zlarining avvalgi butun faoliyatlari bilan shu
vazifaga tayyorlangan edilar. Ular demokratik inqilobga va u e’lon qilgan
tamoyillarga katta umid bog‘lab, uning g‘oyalari va shiorlarini amalga oshirishga
faollik bilan kirishdilar. Shu oylarda ular
xalq ongi shuurida jipslashish, milliy
birlikni mustahkamlash ehtiyojini uyg‘otish bobida muhim qadamlar qo‘yishga
erishdilar.
Jumladan, 1917-yilda Ashurali Zohiriyning noshirligi va muharrirligi ostida
“Yurt” nomli siyosiy, ijtimoiy, tarixiy, adabiy haftalik jurnal ta’sis etilgan va uning
4 ta soni o‘quvchilarga yetib kelgan (“Yurt” jurnalining 1 va 4-sonlari Qo‘qon
adabiyot muzeyi fondida saqlanmoqda. Jurnal eski o‘zbek yozuvida chop etilgan).
Mazkur jurnal “Yashasin muxtoriyatli xalq jumhuriyati!” shiori ostida chop
etilgan.
Jurnalning birinchi sonidan quyidagi maqolalar o‘rin olgan:
1.Maqosid va a’molimiz.
2.Hukumat o‘zgarishi.
3.Milliy va ruhoniy boylig‘imiz.
4.She’r. Chin musulmon bo‘layliq.
5.Iste’molchilar jamiyati.
6.Turkistonga oid.
7.Kichik feleton.
8.Yangi asarlar.
1917-yil fevral-burjua inqilobini Turkiston
jadidlari behad shodlik va
xayrixohlik bilan kutib oldilar. Chunki inqilob e’lon qilgan Musovot, Ozodlik,
Tenglik, Birodarlik shiorlari chor
hokimiyati asoratidagi xalqlarning orzu-
istaklariga hamohang edi. Jadid ziyolilari Fevral inqilobi
keltirgan imkoniyatdan
foydalanib, milliy davlat qurish g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida kurashga bel
bog‘ladilar.
Jadidchilik harakatining peshqadamlaridan biri bo‘lmish Ashurali Zohiriy
ham ushbu maqsadlar yo‘lida tinimsiz harakat qildi. U o‘z maqolalarida milliy
davlat qurish, xalqni uyg‘otish, ma’rifatli qilish, birlashish g‘oyalarini ilgari surdi.
Quyidagi “Yurt” jurnalining 1-sonida nashr etilgan “Hukumat o‘zgarishi”
nomli maqolasida ushbu maqsadlar mujassamdir.
Dostları ilə paylaş: