819
Hukumat o‘zgarishi
Muhtaram dindoshlar!
Ota-bobosi bilan 300 yildan buyon va o‘zi 22 yildan beri ulug‘ rusiyaning
taxtida o‘turg‘on podshoh 28-fevralda taxtidan tushurulib, maxbus etildi.
Vazirlarini ham arestoniskiye otdileniya nomlik (katta aybliklar ovog‘i)ga
qamadilar. Mamlakat idorasini bir tartibga qo‘yub bo‘lg‘onlaridan
keyin ishlarini
qarab, loyiq bo‘lg‘on jazolarini berurlar. Bu ong‘acha adolat, musovot va
haqqoniyat hibisda edi. Ammo zulm, jabr, xiyonat hukumfarmo edi. Endi bularni
tutib, ularning o‘rinlarig‘a yotquzdilar. Adolat, musovot,
hurriyat yuzlarini bir
ko‘rmoqqa zor bo‘lub yotgan ulug‘ rusiyaning har grajdan o‘g‘ullarining
ziyoratig‘a yubordilar.
Buni kimlar qildi? – Xalq vakillari – g‘.duma qildi! Podshoh ham duma
xalqniki, zohirda podshoh ustun va baland ko‘rulsa ham, ammo haqiqatda duma
andan zo‘rdur, ulug‘dur. Shunday bo‘lsa ham duma ochilg‘on kuni (1905-yil 17-
oktabr)dan buyon hukumati mustabida qo‘lida bir o‘yichoqdek bo‘lub keldi. Ya’ni
xohlasa, dumani yig‘di, xohlamasa, tarqatdi. Agar duma a’zolaridan ba’zilari
haqiqatni ochubroq so‘zlamoqqa boshlasa yoki xalq
va fuqaro uchun foydalik
masalalarda tortishmoqqa boshlasa, “duma so‘llanib ketibdur!” deb, butun dumani
quvib, yangidan saylovlar chiqarub, saylovlarda ham xalqning xohishig‘a
qo‘ymay, avvalda ko‘z ostig‘a olub qo‘yg‘on kishilarini saylatdurmaslikka
harakatlar qilib keldi. Imkoni boricha o‘zining so‘zidan chiqmaydurg‘onlarni
hukumati oldida millatining millionlarcha foydasini ham qurbon qilodurg‘on, yoki
hech narsadan xabari yo‘q, quruq kishilarni saylatdurodurg‘on bo‘lub keldi. Hatto,
820
rusiya hukumatini “hukumati mashruta” deb atamoqqa qo‘ymay, “hukumati
mutlaqa” (samo derjaviye)ni talqin etdurub, 19-asrni unutdirmadi.
Shunday tadbirlar bilan ulug‘ rusiyaning yuz yetmishin million nufusini temir
panjasi ostida olib kelgon bo‘lsa ham bu mashrutiyatga qanday fidokorlig‘lar va
qanday qurbonlar bilan yetishkonliklarini yodda tutkon vatan o‘g‘ullari uxrifning
hiylalarig‘a tamom mag‘mum bo‘lub qolmag‘on edilar. “Tortish! Tortishmog‘da
toparsan, san o‘z huquqingni!” mazmunicha qilg‘on hukumat bilan duma ko‘b vaqt
kurashib keldi. Ya’ni hukumat faqat o‘z foydasini, duma esa xalq – siz va bizning
foydamizni ko‘zlar edi. Bu yo‘lda ko‘b zotlarning umrlari turmalarda o‘tub ketdi,
qonlari qurbon, xonalari vayron bo‘ldi. Eng osoni Sibiriyaning sovuq yerlarig‘a
borsa-kelmas qilingan edi. Shul kayfiyatda ko‘b yillar o‘tdi, ko‘b yoshlar, ko‘b
qonlar zulm tikoni oquzilmoq uchun oqizuldi. Xalq ilmsiz, hunarsiz, huquqsiz va
tag‘in allanarsalarsiz yashab kelub edi.
Tangri taologa shukurlar bo‘lsin! “Al-haq ya’luv val ya’la”
holicha haqliq
tarafdori bo‘lgo‘n duma oxirda zulm ifratini yiqitdi. Qufullang‘on umid eshiklarini
ochdi. Endi rusiyada yashag‘uchi jumla vatan bolasig‘a bir ko‘z bilan qaralur.
“Hurriyat”, “Musovot”, “Adolat” quyoshidan hamma barobar foydalanur. Lekin
“Endi hammaga bir ko‘z bilan qaralur ekan! Hamma barobar foydalanur ekan!”
deb, tek o‘turg‘on bilan ish bitmas. “Mana, sizning so‘rag‘onlaringiz! Mana,
sizning muddaolaringiz!” deb, hech kim qo‘ynimizga solib qo‘ymas.
O‘zimizning diniy, milliy, ehtiyojlarimizni o‘zimiz bilamiz, o‘zimiz
tushunamiz. “Bemor tuzalgusi kelsa, tabib o‘z ayog‘i bilan kelur” deganidek,
“Adolat”, “Musovot” bizga o‘zi keldi. O‘zi kelgan
tabibga bemor dardining
qanday ekonligini aytmasa, tuzala olmag‘onidek, hozirgi daqiqalarda ham o‘z
kerakliklarimizni va o‘z ehtiyojlarimizni indamasak, kim bilsin, balki, “bular shuk
turmushlarig‘a rozi ekon!” deyurlar.
Endi zamonig‘a qarab harakat etaylik! Bilmag‘onimizni bilganlardan
so‘raylikda, iloji borocha ittifoqlik bilan ishga kirishaylik! Ittifoq har nav zulmdan
qutulmoqning muqaddimasidur. Muqaddima yaxshi bo‘lur, ammo muqaddima
qurilg‘onda (ish boshlang‘onda) bir lahza ham g‘aflat
qilinmasun endi, chunki,
g‘aflatning natijasi doimo pushaymondur. Xususan, bunday muhim fursatlarda
g‘aflat ulug‘ bir jinoyatdur. Joniylar kim bo‘lsa bo‘lsun, Alloh taolo ham xalq
oldida muohaza qilinur. Xususan, avomunnos o‘zlarig‘a peshvo qilib olg‘on
imomlar, eshonlar mas’ul bo‘lurlar.
Bizning vazifamiz shul zavoti kromlarg‘a o‘z vazifalaridan xabar bermoqdur,
ammo ularning vazifalari avomunnosni matlabdan va yangi hukumat maslagidan
xabardor etmakdur.
821
Maskovdagi umumrusiya musulmonlarining isizdlari (siyezd) bo‘lub o‘tdi.
Endi oldimizda muassislar majlisi (sobraniye uchrediteley)g‘a kishi saylamog‘imiz
turubdur. Mana bu saylovg‘a hozirdan tayyorlanmog‘imiz lozim.
Bir so‘z
bilan aytganda, Ashurali Zohiriy milliy uyg‘onish davrining taniqli
ma’rifatparvar ziyolisidir. U o‘zining bor bilim va imkoniyatini xalqni ma’rifat
bilan tarbiyalash, ziyoli qilish, milliy ta’lim
tizimini joriy etish, o‘zbek tilini
takomillashtirish va qadrini oshirish kabilarga bag‘ishladi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “…Butun umrini el-yurtni,
millatimizni ma’rifatli va madaniyatli qilishga bag‘ishlagan, 1937-yili “xalq
dushmani” sifatida qatag‘on qurboni bo‘lgan bu betakror insonning xotirasini
munosib
qadrlash, nomini abadiylashtirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga
oshirsak, o‘ylaymanki, tarixiy adolat qaror topadi”.
Dostları ilə paylaş: