805
maqsad va holatini teran ifodalaydi. Devondagi “Min yadi xuz” radifli arab tilidagi
g‘azal ham Ollohga munojot tarzida yozilgan:
Ilahi fi hayati min yadi xuz,
Va fi vaqti mamoti min yadi xuz .
(Ilohim, hayotda o‘zing qo‘limdan ushla,
O‘layotganimda ham meni o‘zing qo‘lla.)
Va tanzi min sirotin lika barqin
Va kun anta hudati, min yadi xuz.
(Men uchun atalgan ko‘prikdan chaqmoqday qilib o‘tkaz,
O‘zing meni hidoyatga boshlovchim bo‘l.)
Iltijo, munojot ruhidagi ushbu baytlar shoirning tom ma’nodagi Haq oshig‘i
ekanligini ifoda etadi. Zero, shoirning o‘zi devonda shunday ta’kidlaydi:
Sen ey tut, So‘fi, mahkam so‘filiqni
Qilib ishq ichra pok-u porsolig‘.
Ishqning poklovchi xususiyatga ega ne’mat ekanligini, zalolatdan tiyilib,
taqvo sohibi bo‘lish shoir umrining mazmuni ekanligini ushbu misralar orqali yana
bir bor e’tirof etamiz.
Dostları ilə paylaş: