787
nifoq, rosimu marosimi-r-rifqi va-l-vifoq jamolu-d-davlati va-d-din Rahmonquli
inoq..
.” [1. 245
a
].
Ko’rinadiki,
Ogahiy vasflari xonlar, shahzodalar, yuqori lavozimli
mansabdorlarga taalluqli bo’lgan hollarda, birinchidan, ayni hayoti emas, umid
etilgan inson haqida ekanligi ma’lumligi, ikkinchidan, quruq madhlardan iborat
bo’lmay, mumtoz badiiy san’atlarga yo’g’rilgani, badiiy barkamol tusda bo’lgani
uchun kishining g’ashini keltirmaydi. Buning o’zi alohida ta’kidlanishi
lozim
bo’lgan Ogahiyning tarixiy-adabiy asar yaratish mahorati mezonlaridan biridir.
Ushbu vasf guruhlarining birinchisining o’zida, ya’ni “
makrumat shajarasining
samarayi xushguvori va manzilat samarasining shajarayi borbardori
...”da
tanosub, tardi aks (
shajarasining samarasi ‒ samarasining shajarasi
) hosil
bo’lishi, vasf guruhining o’z ichidagi birinchi va ikkinchi qismlarining birinchi va
oxirigi so’zlari qofiyadoshligi (
makrumat ‒ manzilat; xushguvori ‒ borbardori
)
yuzaga kelishi betakror badiiyatni paydo qilgan.
YAna bir misol orqali juzvlar miqdori Ogahiyning o’z mezonlariga
bog’liqligini ko’ramiz:
“...murshidi
rohi haqiqat, markazi doirayi tariqat hoji haramayni-sh-
sharafayn, marja’u-l-xafaqayn, fuqaho xaylig’a
foyiq
Xoja
Muhammad Sodiq
...”
[1.287
a
]. Ko’rinadiki, dastlabki vasf guruhlari erkin tuzilgan bo’lib, oxirgisi vasf
mavsuf sanalmish
Xoja Muhammad Sodiq
qa moslangan.
“...qudvatu-l-avliyo, umdatu-l-atqiyo, sultonu-l-orifin, burhonu-l-koshifin,
shamsu-l-millat va-d-din,
tariqat ashobining
afzali
, haqiqat arbobining
akmali
Hazrat SHayx Abbos
valiy...
” [5.134
a
] yoki “...zubdayi arbobi tariqat, qudvayi
ashobi haqiqat, oliyshoni
muallomakon
Muhammad Karim
eshon
...” [4.51
a
]
misollarida ham shu holatni ko’rishimiz mumkin.
Ba’zan mavsuf oldidan kengaygan aniqlovchi yoki izohlovchi kelishi
mumkin: “...o’zbakiya xonadonining zubdasi,
yuz dudmonining umdasi
amoratmaob, fazilatintisob
ustodi kiromiy
Mavlono
Munis mirob...” [1.315
a
].
Bu erda ...
fazilatintisob
vasfi va
Munis mirob
mavsufi o’rtasida
ustodi
kiromiy
Mavlono
aniqlovchi va izohlovchilari kelyapti.
v) vasf va mavsuf orasida moslik bo’lmasligi.
Bunday holat Ogahiy tarixiy
asarlarida kam kuzatiladi. Masalan, “...
hazrati qutbu-s-solikin, faxru-l-vosilin,
shamsu-l-millati va-d-din
shayx Luqmon binni Muhammad Parranda...” [1.272
a
]
[3.6
a
].
Vasfni mavsufga moslash tamoyili Ogahiyning tarixiy asarlarigina emas,
tarjima asarlarining ham xos jihatlaridan biriga aylangan. Masalan, “Guliston”dan
bir misol:
“Abulmuzaffar va-l-mansur Sayyid Muhammad Bahodirxon
xalladallohu ta’olo mulkahu va sultonahuning valadi amjadi va qurratu-l-ayn
788
sarmadi saodatnishon, muallomakon, donishpanoh, binishdastgoh, davlatnadim
shahzoda Muhammad Rahim to’ra...
” [6.14].
Bunda nashrga tayyorlovchi saj’ning oxirgi uzvi ‒ “davlatnadim”
Muhammad Rahimga mos keltirilganiga ko’ra qo’lyozmalar fondi 7768-ashyo
raqamli qo’lyozmada tushib qolgan Muhammad Rahim nomini kiritadi. Albatta,
asarning boshqa nusxalari ham buni tasdiqlaydi. Xususan, Ogahiyning “Guliston”
va “Bahoriston” tarjima asarlari yozilgan o’z
dastxati topilishi ham buni
tasdiqlaydi [11].
Dostları ilə paylaş: