Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   431
Anjuman Boku (6)

Kalit so‘zlar:
ramz, ro‘yo, g‘ul(zanjir), G‘uliston, ruhiy tutqunlik, qalb 
qulfligi, nafs. 
Annotation. 
This article is dedicated to the symbols in Ahmad Azam’s novel 
“Dream or Journey to the Land of Chains” and aims to shed light on the artistic 
features of the symbolic images created based on the dream motif in the work. The 
study discusses the artistic features of the symbols in the novel. The meanings of 
the symbols are given in the example of the passages in the work. 
Keywords: 
symbol, dream, chain, country of Chains, mental captivity, the 
lock of the heart, self. 
Аннотация.
Эта статья посвящена символам в романе Ахмада Азама 
“Сон, или путешествие в Страну цепей” и призвана пролить свет на 
художественные особенности символических образов, созданных на основе 


648 
мотива сна в произведении. В исследовании обсуждаются художественные 
особенности символов в романе. Значения символов приведены в примере 
отрывков из произведения. 
Ключевые слова:
 символ, мечта, цепь, страна цепей, ментальный плен, 
замок сердца, самость. 
San’atkor o‘zining asari bilan biz bilgan olamdan boshqa yana bir dunyo – 
tasavvurdagi ikkinchi olamni bunyod etadi. Bu olamda o‘z ideallari, orzu-umidlari, 
kechirgan voqea-hodisalari, armonlari yoki xayolidagi istaklarini aks ettiradi. Rus 
adabiyotshunos olimi Aleksandr Genis aytganidek: “San’atkor o‘zining asari bilan, 
Yaratganning dunyosidagi shakl-u shamoyil va nusxasiga o‘xshatib ikkinchi 
tabiatni yaratadi” [4]. Bu jarayonda yozuvchi ma’lum bir badiiy g‘oyani ko‘zda 
tutar ekan, uni turli shakldagi tasvirlash usullari orqali kitobxonga ulashadi. 
Bugungi kunda zamonaviy o‘zbek romanlarida mualliflar o‘z fikr-mushohadalarini 
ramzlar vositasida badiiylashtirishga harakat qilishi uchraydi. Jumladan, Ahmad 
A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” nomli romanida yozuvchi o‘zi 
aytmoqchi bo‘lgan bir qancha falsafiy, ijtimoiy, hatto, siyosiy fikrlarini ham 
ramzlar vositasida ifodalaydi. Ushbu roman Toshkentdan yo‘lga chiqqan 
qahramonning Jizzax yo‘lidan ixtiyorsiz ravishda burilib borib qolgan mamlakat 
tasviri va o‘zining tashrifi bilan yuz bergan voqealarga qurilgan. U borib qolgan 
mamlakatning nomi G‘uliston bo‘lib, “g‘ul” – “zanjir” so‘zidan olingan. Bu 
mamlakatda barcha fuqarolarning zanjir taqib yurishi qahramonimizni hayratga 
soladi. Odamlarining ismi yo‘q, erkaklar g‘uliy, ayollari g‘uliya deb atalaveradi. 
Farzandlari dastlab zanjirsiz tug‘iladilar, so‘ng yura boshlagach, ular ham 
zanjirband etiladi. Ajablanarli joyi shundaki, hech bir kishi zanjirband 
etilganligidan norizo emas, ozor chekmaydi, aksincha, ular zanjirga shu qadar 
ko‘nikib ketganki, o‘z hayotlarini zanjirsiz tasavvur ham qila olmaydilar. G‘uliylar 
hikoyachi qahramon G‘ulistonga nima maqsadda kelib qolganligini aniqlash uchun 
uning mashinasidan topib olingan kitobni olib o‘qib ko‘rishadi va zanjirsiz yashash 
mumkinligi haqida tasavvur paydo bo‘lib, e’tiqodlariga putur yetadi. Asarda 
g‘uliylar o‘zlarining doimiy ko‘nikkan zanjirbandlik hayotini yoki boshqa yurtdan 
borib qolgan kishidek (hikoya qahramonidek) zanjirsiz yashashni tanlash-
tanlamasligi ochiq qoldirilgan. Hikoyachi G‘ulistondan yana o‘zining avvalgi 
ketayotgan tomoniga – Jizzaxga ketish yo‘liga tushib olishi bilan ro‘yo 
yakunlanadi. U yana o‘ngidagi voqealarda ishtirok eta boshlaydi. 
Ahmad A’zam romanda tush va o‘ngda – ro‘yo va real hayotda kechayotgan 
voqealarni tasvirlar ekan, asar kompozitsiyasidagi tush motivi ramziy ahamiyatga 
ega voqea-hodisalarni yoritishga xizmat qilgan. Bundan murod yozuvchi o‘zining 
fikr va falsafasi, tanqidiy mushohadalari yoki shaxs va jamiyat munosabatlarining 


649 
ko‘z ilg‘amas qirralariga kitobxonning nazar tashlashi uchun imkoniyat yaratishdir. 
“Ro‘yo”da ham muallif o‘z tasavvuridagi olamni tush motivi asosida 
badiiylashtiradi. Vargas Losa “Yosh romannavisga xat” essesida yozuvchilarning 
tasavvurdagi olamni yaratishdan maqsadlari haqida shunday deydi: “Kimki o‘zi 
yashab turgan voqelikdan o‘zgacha bir olam yaratishga berilib ketgan bo‘lsa, 
demak, u atrofini o‘rab turgan real dunyoni qabul qila olmayapti... Bu odamlarning 
real hayotda erisha olmagan talab-ehtiyojlarini, xohish-istaklarini qondirish yo‘lini 
tasavvurida paydo qilishdir”[4]. Ahmad A’zamning roman kompozitsiyasini tush 
motivi bilan bog‘liq ramziy obrazlarga qurishi yozuvchining ichki olamida 
yashiringan atrof-olam, insoniyat, butun jamiyat, ruhan ozodlik haqidagi tanqidiy 
mulohazalariga borib taqaladi. Demak, ramziy obrazlardan foydalanishda tush 
motivining olinishidan maqsad o‘zi yashab turgan dunyoni G‘ulistonga aylantirish 
istagi emas, aksincha, qayerdadir, qachondir mavjud bo‘lgan zanjirbandlikka(balki 
tarixiy tuzumdagi ijtimoiy holat, balki qalbning zanjirbandligi, balki inson 
ruhiyatining majozan kishanbandligiga) qarshi ichki bir isyondir, mana shu 
kishanbandlikdan ozod bo‘lish istagining ro‘yoviy qondirilishidir. Roman shu 
sababli ham “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” deb nomlanadi. 
Mahorat bilan bitilgan asarlarda chiqish yo‘llari bir nechta bo‘lgan ma’no 
labirintlari mavjud bo‘ladi. Undan to‘g‘ri yo‘lni topib chiqib keta olish 
kitobxonning o‘ziga havola etiladi. “Manzil”ga eltadigandek tuyuladigan yo‘llar 
ham ko‘p. Ularda adashmaslik, chalg‘imaslik o‘quvchidan o‘ziga yarasha estetik 
tafakkurni, badiiy didni talab qiladi. Ahmad A’zam ham ushbu asari bilan o‘zining 
badiiy g‘oyasini amalga oshirishga xizmat qiluvchi ramziy labirintlarni taqdim 
etadiki, bu ramzlarning mohiyatini birma-bir o‘rganib chiqish maqsadga 
muvofiqdir: 
Hikoyachi qahramon borib qolgan G‘uliston mamlakati ramziy olingan joy 
nomidir. Muallif erksizlikni tasvirlash uchun “zanjir”, “kishan” so‘zlarining tarixiy 
varianti bo‘lgan “g‘ul” so‘zidan foydalanishi ushbu voqealarning o‘tmishda bo‘lib 
o‘tganligiga ishora qiladi. Ammo kompozitsion jihatdan ro‘yoviy mamlakatga 
beixtiyor borib qolish shu qadar jonli tasvirlanadiki, asar syujeti kitobxonda 
zanjirga bandi insonlar yashaydigan hudud hozirda ham bordek tasavvur uyg‘otadi. 
Bu esa erksizlikning nafaqat real tarixiy voqeligidan, balki bugungi kun nuqtayi 
nazaridan 
olinganda, 
ba’zi 
insonlardagi 
qalbning 
kishanbandligidan, 
qulflanganligidan 
dalolat 
beradi. 
Muallif 
nega 
yaratilgani-yu, 
nega 
yashayotganligini anglamaydigan, yuragi qulf insonlarni ongida bir joyga to‘plab, 
tasavvuriy bir mamalakat yaratadi va unga “G‘uliston” deya nom beradi. Shuning 
uchun ham bu mamalakatni hikoyachidan boshqa hech kim ko‘rmaganligi 
ta’kidlanadi: “Shu bugungi kungacha G‘ulistonga bitta men borib 


650 
qaytganman…Alalxusus, g‘uliylarni bu dunyoyimizga oshkor etish bitta mening 
chekimga tushib turibdi…”[1,7]. 
“Lekin men ko‘rgan G‘uliston shunday mamlakat ediki, uning o‘zi xayol, u 
yerda yozuvchi odamning og‘zini ochib tomosha qilishdan boshqa hech ish 
qo‘lidan kelmaydi”[1,8], degan jumlaga e’tibor qaratsak, romanda tasvirlangan 
G‘ulistondagi hayot inson erkining, ruhining do‘zaxiy makoni, hatto u xayol bo‘lsa 
ham, hatto u tush bo‘lsa ham, na uni, na u yerdagi odamlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. 
Yozuvchining, ya’ni bu dunyoni qabul qilolmayotgan, g‘ayriinsoniy ekanligini 
ko‘rib turgan, “hayotning asli” nima ekanligini ularga uqtirolmayotgan, 
fikrlayotgan insonning “tomosha qilishdan boshqa hech ish qo‘lidan kelmas”ligi 
orqali muallif inson tiynatidagi ahvolga ham ishora qiladi. Demak, G‘uliston 
mamlakati ramzida quyidagi ma’no qatlamlari mavjud: G‘uliston – ijtimoiy 
xususiyatga ega bo‘lib, tarixiy tuzum vaqtida o‘zini qiynagan erksizlik 
muammosini hech kim bilan ochiq so‘zlasha olmagan odamlarning yashash 
hududi, yakka inson unga qarshi chiqishi mahol; G‘uliston – insonning botinidagi, 
ruhidagi qullikni, nafsni yengishga ojiz insonlarning muallif tasavvurida yaratilgan 
xayoliy mamlakati; G‘uliston – yolg‘on havaslar zanjiriga bandi bo‘lgan, dunyoga 
va bandasiga hukmron bo‘laman degan, nafsdan qutula olmagan, qutulishni-da 
istamagan qalbdir. 
Zanjir ramzi. Ushbu asar syujetini harakatlantiruvchi, qahramonlar 
psixologiyasini ochib beruvchi, roviyning fikr va mulohazalari oqimini yo‘naltirib 
boruvchi asosiy ramz bu – zanjir. Hikoyachining ro‘yosida kechgan barcha 
voqealar zanjir bilan bog‘lanadi. Shuning uchun g‘ul, ya’ni zanjirni romanning 
yadroviy ramzi deb atash mumkin. Chunki qolgan barcha ramzlar – G‘uliston, 
g‘uliya qiz, g‘uliylik, olma yetishtirish, halqali naqshlar, zanjirli haykal, tozalash 
sabog‘i kabilarning barchasi shu g‘ul (zanjir) ramzidan o‘sib chiqqan. Qahramon 
qayerga bormasin, g‘ul bilan bog‘liq narsalarga duch kelishi bu mamlakatda 
zanjirga tobelikdan dalolat beradi: “Yo‘lning o‘rtasidagi bahaybat to‘siq – 
bahaybat zanjir shaklida, to ufqqacha tortilgan”[1,43], “Chiroyli zanjirgulchin 
darvoza yonboshga surildi. Ikki tomoni olmazor keng xiyobonga kirdik.”[1,48], 
“Bir o‘ymakor, ya’ni zanjir naqshi kesib solingan eshikni ochdilarki, sizni 
charchatmaslik uchun qayerda zanjir rasmi yo shaklini ko‘rsam hammasini 
aytavermay, bari bir sanog‘iga yetolmayman, xullas, G‘ulistonning nomiga yarasha 
hamma yoqda g‘ul asari bor”[1,49], “Odamlarning nafaqat har bir qadami, hatto 
nigohlari ham zanjir manfaati uchun xufiyalar va eng zamonaviy ko‘ruv-eshituv 
uskunalari bilan nazorat qilinadi. Bu qullik saltanatini boshqarib turuvchi 
ko‘rinmaydi, ammo unga va zanjirga Xudoga topinganday topinadilar”[1]. Bu kabi 
lavhalardan biz mamlakat hayoti qat’iy tartib-intizomga qurilganlini anglaymiz. 
Majozan olganda, nafsga mukkasidan ketgan insonning qalbi nafs zanjiri bilan shu 


651 
qadar bandi etilganki, ularning har bir harakati faqat nafsning manfaati uchun 
tartiblashtirilgan, zanjir (nafs)dan bir lahza, hatto xayolda ham voz kechishni 
o‘ylash jinoyat deb qaraladi: “Yo‘q, – dedi qiz, – zanjirsiz qolishdan zanjirning 
o‘zi asrasin! Men hatto tushimda ham…voy, uzr, hech kimga aytmang, iltimos 
qilaman! “Nima, tushingizni ham tekshiradilarmi?”, deb so‘radim. Tushda zanjirsiz 
yurish ham g‘uliyning asli ichida g‘uliylikka sodiq emasligiga dalolat deb qaraladi. 
Men unaqa tush ko‘rmayman. Misol uchun deb, og‘zimdan chiqib ketdi. Siz 
eshitmadingiz, men aytmadim, o‘tinib so‘rayman, dedi qiz.”[1,93] Ushbu tafsilot 
G‘ulistondagi zanjirga bo‘lgan munosabatni yanada ochib berish uchun romanga 
kiritilganligi shubhasiz. Demak, zanjir ramzidagi ma’no qatlamlarini quyidagicha 
izohlash mumkin: zanjir – ma’lum bir tuzumning tobelikka ko‘nikishni insonlar 
qon-qoniga singdirish uchun qilgan usul vositasi; zanjir – insondagi ruhiy 
erkinlikka erishish istagini kishanlab turuvchi mayl; zanjir – nafs timsoliki, u 
qalbdagi barcha ezguliklarga intilish xohishini kishanlab turadi;
Asarda G‘uliston fuqarolari olma mevasini yetishtirishlari, ayniqsa, ular 
olmani juda ko‘p yeyishlari haqidagi parchalar bu mevadagi temir moddasi bilan 
to‘yingan organizmdan zanjirli farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ramziy 
ahamiyatga ega. Chunki g‘uliylar tadqiqotida izlanishlarning bosh yo‘nalishi – 
inson tanasiga temir moddasini singdirish bo‘lib, buning yo‘li g‘uliy tanasida olma 
yeyish orqali ferrum (temir moddasi) miqdorini oshirish. Bundan maqsad ko‘p 
temir moddasi to‘plagan ota-onadan bo‘ladigan homiladayoq temir moddasi nozik 
zanjirga aylanib, tug‘ilajak farzand zanjir bilan tug‘ilishiga erishish! Bu ilmiy 
izlanish hali natija bermagan bo‘lsa-da, g‘uliylar qachondir chaqaloq tanasida 
zanjir bilan dunyoga kelishiga qattiq ishonishadi: “Hali biron g‘uliy bolasini 
bo‘ynida zanjiri bilan birga tug‘dirishga erishmagan ekanlar-u, lekin, ana-mana, 
baribir dunyoga keladi deb, butun G‘uliston intiq”[1,223]. Zanjirli farzand – 
ijtimoiy jihatdan olib qaralganda, tagi puch mafkuraning ramzi. Inchunun, 
organizmda temir moddasi ko‘p bo‘lsa ham, u inson tanasida hech qachon zanjirga 
aylanmasligi oddiygina ilmiy haqiqat va butun jamiyatning bunga ko‘r-ko‘rona 
ishonishi esa amalga oshmas utopik g‘oyalarga ishonishiga, hatto, e’tiqod qilishiga 
ishoradek, nazarimda. Majoziy jihatdan qaralganda, zanjirli farzand – mutaassiblik 
ramzi. Qalban ko‘r insongina yolg‘onga qurilgan nafsiy istaklarning bardavom 
amalga oshishiga, mana shu botin bilan oliy maqomda turishiga ishonadi va bu 
holat G‘ulistondagi zanjirli farzand tug‘ilishini kutgan g‘uliylarning ahvoli bilan 
aynan bir xil. 
Muxtasar qilib aytganda, “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romani 
yozuvchining fikr-mulohazalarini ramzlar vositasida aks ettiradi va uning asl 
mohiyatida qalbni G‘ulistonga aylantirmaslikka, uni nafs zanjiriga bandi 
etmaslikka da’vat etish yotadi, G‘uliston mamlakati va g‘uliylar hayoti ramzi 


652 
orqali ruhiy erkinlikdan mahrum yuraklarga ko‘zgu tutgandek bo‘ladi hamda 
undan qutulish uchun intilishga ishora qiladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin