642
uchunki, bir marta o’ldi, jannatda qoldi, to qiyomat kunigacha uerda bo’lur”
[5,19], – deb ma’lumot beriladi.
O’tni Xalil maqdamidin gulsiton qilib,
Namrudga yubordi yarim pashshadin jazo.
“Xalil qadami sharofatidan otashni gulistonga aylantirib,
Namrudga yarim
pashsha orqali javob yubordi”.
Ibrohim – Qur’onda nomi zikr etilgan payg’ambarlardan biri, o’zidan keyin
o’tgan barcha payg’ambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy
ajdodi. Allohning chin do’sti (Xalilullox), imom, siddiq va hanif deb ta’riflanadi.
YAhudiy-nasroniy diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan ma’lum.
Bobilda
tavallud topgan. YOlg’iz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozar va qavmlarni ham ana
shunga da’vat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach,
otasi va
qavmlari sig’inib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. SHu sababli Namrud
uni yondirib yubormoqchi bo’ladi, ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sog’-
salomat chiqqanligi Qur’onda bayon qilingan. Qur’oni karimda 14-sura Ibrohim
payg’ambarga bag’ishlangan bo’lib, u 52 oyatdan iborat. Ibrohim Alayhissalomga
bag’ishlangan oyatlar boshqa suralarda ham mavjud.
Namrud ibn Kavs ibn Kan’on ibn Nuh podshohligi davrida yashab o’tgan.
Aytishlaricha, butun dunyoga egalik qilgan to’rt sulton o’tgan.
Ularning ikkisi
Sulaymon va Zulqarnayn yalavochlar musulmon, Namrud hamda Buxtunnasr kofir
bo’lishgan.
Namrud Ibrohim (a.)ni Bobildan ixroj qilib, uning karomat va
mo’’jizalariga ishonmadi. “Va gumrohroq bo’lub, tengrilik da’vosin ko’prak
qildi... Oqibat Ibrohim (a.) duosi bila Namrudning
sipohin pashsha xayli halok
qildi, ellar dag’i azob bila ani halok qildi. Rivoyatdurkum, ul pashsha Namrudning
mag’zig’a qasd qilsa erdi, aning manglayig’a aning nima ursalar erdi, taskin topar
erdi. Ish bir erga ettikim, to’qmoq yasatti. Muttasil aning boshig’a birov urar erdi
va aning havosining yaxshiroq xizmati bu erdikim, ul to’qmoqni aning boshig’a bir
karak urg’ay, to bu azob bila jahannamg’a bordi” [6,549].
Dostları ilə paylaş: