638
uslubini his qiladi. Buyuk rus yozuvchisi Maksim Gorkiy aytganidek,
yozuvchining kelajakda qanchalik yuksalishi bu uning uslubi shakllanganligiga
bogʻliqdir" . Yozuvchi Abduqayum Yoʻldosh asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, bu
fikrlar haqiqatga toʻla-toʻkis mos tushishining guvohi boʻlamiz. Abduqayum
Yoʻldosh asarlarida
shaxs isimlarining berilishi, raqamlarga eʼtibor qaratilishi,
ularga maʼlum maʼnolar yuklash, asar yechimini sonlarga yohud matematik
boshqotirmalarga yashirish hollarini guvohi boʻlamiz.
Adibning ,,Otchopar yohud oʻn uchinchi uy" qissasining boshlanishi
“Shaharning gʻarbiy qismini egallab yotgan N. tumanida joylashgan bu toʻqqiz
qavatli beton uy yon atrofida oʻziga oʻxshab qaqqayib turgan uylardan aslo farq
qilmasdi: oʻsha-oʻsha, eshigi qoʻporib ketilgani tufayli baayni tishi qoqib olingan
ogʻzni ochib turganday vahimali kirish joyi, bir
umr chiroqqa yalchimagan
yoʻlaklar...."[4:3] tarzida beriladi. Eʼtibor qaratsak, toponim nomi aniq nom bilan
emas, N. tumani tarzida ketadi. Aksariyat yozuvchilar, joy nomlarini koʻpchilikka
tanish shaharlar yoki hayoliy manzillar tarzida aniq nom bilan beradi. Bu orqali
oʻquvchining oʻz koʻzi bilan koʻrgan joyni hayolan eslashiga yoki tasavvurida oʻz
shahrini yaratishiga imkon beradi. Ammo, Abduqayum Yoʻldoshev koʻpincha
oʻquvchini sirlar olami tomon yetaklashni afzal koʻradi. Uning ,,Timsohning koʻz
yoshlari " qissasida ham mazkur holatni koʻrishimiz mumkin. ,,Men N. gazetasi
ing tahririyatiga haftada ikki kun borardim: chorshanba -kompyuterdan chiqqan
maqolalar, grankalarni oʻqirdim, juma- sahifalarni. Gazeta ,nazarimda, soʻnggi
paytlarda urchib ketgan bemaza nashrlardan boʻlib, saviyasi ham shunga
yarasha..."[3:4] Qissada tahriryat nomining N. tarzida berilishi ham yozuvchi
uslubiga xos xususiyat boʻlib, asarga sirlilik va qiziqish baxsh etadi. Shu oʻrinda
oʻquvchida yana bir savol tugʻilishi tabiiy: nega aynan N.shahri, N.gazetasi. N.
bilan nomlangan atoqli otlar Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida koʻchib yuradi. Bu
xam yozuvchining individual jihatlaridan biridir.
"Uslub tushunchasi oʻz ichiga ijodkorning til vositalaridan foydalanish dan
tortib harakter yaratish yoʻllarigacha, adabiyot tarixidagi gʻoyalar birligi,
dunyoqarash umumiyligi bilan bogʻliq anʼanalardan tortib
har bir ijodkorgagina
xos boʻlgan individual ifoda qirralargacha qamrab oladi." Abduqayum Yoʻldoshev
qissalaridagi til vositalaridan foydalanish yoʻllariga nazar solinsa, yozuvchining
kirish soʻzlar va kiritmalardan unumli foydalanganligiga guvoh boʻlamiz:
,,Bilmadim, yo umr oʻrtasi atalmish tepalikchani bir pasta oshib oʻtasola ufqdagi
(balki, oyoq ostidadir - jonga ishonch bormi) manzil shakl-shamoyilini gʻira-shira
ilgʻay boshlaganingdan keyin shunday tuyiladimi...", ,, Ikki yonboshida
alimsoqdan qolgan, eshiklarsiz shkafi qogʻoz oʻramlariga toʻla bir yarimta stol
(kaminaning stoli xonaga sigʻmagani bois, shartta oʻrtasidan arralab tashlanib,
yetishmay qolgan oyoqlar oʻrniga qogʻozga oʻralgan gʻish qoʻyilgandi)
atrofida
639
uch kishi oʻtirardik, ,,Ayol kishiga yarashmagan tarzda qorin qoʻyib yuborgani
uchun tili zahargina xodimlar tomonidan (ajabki, bu jurnalistlar bugun maqtov -
madhiya, tilidagi bollarni maqolalariga toʻkishib, ortib qolgan nishxoʻrtlarni
gʻiybatga sarflashardi) chekka-chekkada ,,abadiy ikkiqat" yoki ,,xronik homilador"
nomlari bilan tilga olinadigan mudiramizning ish samarasi sal pastroq edi."
Yuqoridagi oʻrinlarda ijodkornink til vositalarining bu turidan foydalanishi orqali
asar badiiyatini yuksaltirishga erishganligini koʻramiz. Albatta, kiritmalardan
foydalanishgina emas, ularni oʻz oʻrnida qoʻllash yozuvchidan alohida mahorat
talab qilishini inobatga olsak, adib bu ishning uddasidan chiqqan.
Xulosa qilib
aytganda, uslub - bu odamdir degan fikrga asoslansak, har bir
ijodkor taqlid bosqichidan koʻtarilib, oʻz uslubiga ega boʻlib bormogʻi zarurdir.
Asarmi mutolaa qilayotgan kitobxon yozuvchi nafasini, uning tuygʻularini his
etmogʻi lozim. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida esa aynan shu jihat yaqqol
koʻrining turadi. Asarlarining sirliligi, mulohaza va muammolarga boyligi adib
asarlarining ogʻirlik markazini tashkil qiladi. Asar
tilining yengilligi esa
oʻquvchiga badiiy maxsulotni ,, yengil hazm qilishiga" yordam beruvchi vosita
boʻlib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
Toshkent: Akademnashr , 2010.–B.339.
2. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
Toshkent: Akademnashr , 2010.–B.339.
3. Yoʻldoshev A. Timsohning koʻz yoshlari. Yangi asr avlodi,2003.
4. Yoʻldoshev A. Otchopar yohud oʻn uchinchi kvartira, Toshkent, Yangi asr
avlodi, 2004
Dostları ilə paylaş: