632
she’rlarida esa, misralar tarkibida raqamlar so‘z va sonlarda (
Hozircha u
bir
(
1
)
o‘zi
), ifodalanadi. Ushbu she’rlar yordamida yosh kitobxon so‘z
va raqamlarni
yozishni o‘rgansa, harflar o‘yiniga asoslangan she’rlarda harflarni qo‘shish,
almashtirish yoki olib tashlash asnosida
(
“A”
ni olib bir zumda/
“Ayoz”
ni “yoz”
qiladi
) yangi so‘z hosil qilishni, so‘z ma’nolarini farqlashni o‘rganib, lug‘at
boyligini oshiradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, shakily-mazmuniy yangilanishlar quyidagi omillar
vositasida namoyon bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkin:
a) geometrik shakl-figuralar bilan;
b)
raqam va sonlar bilan;
v) so‘z va so‘z o‘yini bilan;
g) misra va bandlarning o‘ziga xos ifodalanishi bilan.
d) badiiy san’atlar vositasida yuzaga keladigan yangilanishlar.
Bu tasnif shartli bo‘lib, bolalar shoirlari izlanishda davom etadi, shakily-
mazmuniy original asar yaratadi va tasnif kengayib boraveradi.
Abdurahmon
Akbar va Dilshod Rajablar hayot haqiqatini bolalar tafakkuriga mos holda
she’rlariga
singdirdi,
bunyodkor
g‘oyalar
bilan
boyitib,
ezgulikka,
kashfiyotchilikka yo‘naltirdi, bolaning potensial imkoniyatlarini harakatga keltirdi.
Xulosa shuki, shakliy va mazmuniy yangilanishlar asosida yaratilgan bolalar
tafakkurini oshiruvchi o‘yin uslubidagi she’rlar bolalarning intelektiga ta’sir etib,
layoqatini shakllanishiga,
dunyoqarashini kengaytiradi, olam va odamning kelib
chiqish mohiyatini anglashga yordam beradi,
bola obrazi vositasida bola
xarakterini, bolalik olamini teran aks ettiradi. O‘yin usulidagi she’rlar bolalarning
ongini shakllanishiga, kreativlikni oshishiga, burch va mas’uliyatni
his qilishiga
katta yordam beradi. O‘yin bolalar olamining, bolalikning eng muhum elementi,
shunday ekan,
tarbiyani ham, ma’rifatni ham
o‘yin ko‘rinishida, turli shakllarda
ifodalab, bola ongiga singdirish
alohida ahamiyatga ega. O‘ziga
xos poetik
mazmun va shaklga ega bo‘lgan she’rlar izlanishlar samarasi bo‘lib, bolalar
she’riyatini yanada rivojlantirdi. Bugunga kelib bunday izlanishlar ortib bormoqda,
maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan rasmli, raqamli,
so‘z o‘yiniga oid she’rlar yangi davr bolalar she’riyatining dominant jihati bo‘lib,
bolalar adabiyoti darajasini belgilab bermoqda. Ma’rifiylik asosiga qurilgan
she’rlarda A.Akbar, D.Rajablar kashfiyotchi, tarbiyachi muallim sifatida namoyon
bo‘lishi yosh kitobxonda ham kashfiyotchilik layoqatini
shakllanishiga turtki
bo‘ladi. Ularning shakliy-uslubiy, ifodaviy yangilanishlarini modern tendensiyasi
sifatida baholashimiz mumkin. Shakliy-mazmuniy
yangilanishlar ijodkor uslubi,
ma’sulligi bilan bog‘liq ravishda zamon talabi va taraqqiyoti, insoniyat
tafakkurining rivoji, dunyoqarashi, ruhiy tendensiyalariga ham birdek bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: