617
Bir
narsa boshqasiga aynan, butunligicha, o‘xshatilganda, o‘xshatish
asosining qo‘llanmasligi asosiy holatdir. Bunda, aytish mumkin bo‘lsa, fotografik
tasviriylik yuzga keladi, ya’ni o‘xshatilgan narsa ko‘z oldimizda gavdalanadi:
“Sirlar bilan turlangan qoziqlarning biriga beva xotinning dekchasidek bir salla
ilingan edi.” [1,267]
Romanda metaforalarning ham ko‘p o‘rinlarda qo‘llanilganligini ko‘rish
mumkin. Metafora aslida nomi yo‘q bo‘lgan narsa – tasavvurlarga nom berish,
ularni atashning eng muhim vositalaridan biridir. Metaforalar, ayniqsa, xususiy –
muallif metaforalari ko‘proq estetik maqsad, ya’ni borliqni subyektiv munosabatni
qo‘shib ifodalagan holda nomlash asosida yuzga keladi. Shuning uchun ham ularda
hamisha konnotativ ma’no mavjud bo‘ladi. Romanda an’anaviy metaforalar ham,
xususiy – muallif metforalari ham juda katta mahorat bilan qo‘llangan.
Qodiriy romanda an’anaviy metaforalarga ham o‘ziga
xos badiiy-estetik yuk
qo‘ya bilgan. O‘zbek tili an’anaviy metaforalarga juda ham boy, unda o‘zbek xalqi
tashqi dunyoni, insonniy botininy dunyosini nozik badiiy tafakkur bilan idrok
etishi go‘zal shakllarda o‘z ifodasini topgan. Masalan: “
- Omin de, ho‘kizlar!-dedi.
Ular “omin-omin” deb turdilar.
”
(182-bet),
“
- Bu xon yo‘q, bu dayus!...
” [1,287]
Qodiriyning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiy-muallif metaforalari tasvirning
tiniqligi, obrazliligi vat a’sirchanligini ta’minlash uchun xizmat qilgan:
“Ra’no
uyalib, boshini chaqaloqning bag‘riga tiqib oldi”, “Madalixon ham shu qizning
dardida necha yillar yonadir”, “Sultonali yengil kulib qo‘ydi”
,
“- Shu bevafo
dunyoga bir ish qilamiz, Qobilboy, -dedi yana ko‘zi olalangan Rahim. -Dayusingni
zindoni qayerga?”.
Tasviriy vositalarning orasida eng ko‘p qo‘llanadigan va badiiy nutqda, badiiy
asarlarda juda qadimdan ishlatilib kelinadigan turi
jonlantirish
hisoblanadi.
Ma’lumki, jonlantirishda insonga xos xususiyatlar hayvonlar, jonsiz predmetlar va
tabiat hodisalariga ko‘chiriladi. Ayrim adabiyotlarda jonlantirish metaforaning turi
sifatida ta’riflansa [5, 245], ayrimlarida allegoriya va apostrofaga o‘xshab ketishi,
ular o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatib beriladi [3, 108].
Beqiyos adib Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida
jonlantirish
usulidan unumli
foydalanib, uni mohirona qo‘llab, yangi poetik timsollar yaratishga erishgan. Adib
xususiyat, harakat, belgini jonsiz narsalarga ko‘chirib
tasvirlashning hech kimda
uchramagan ko‘rinishlarini yaratgan. Bunday san’atkorona tasvirlarni
yozuvchining “Mehrobdan chayon” romanida ham ko‘plab uchratamiz. Bu holat,
ayniqsa,
Solih
maxdumning
kiyim-boshi
tasvirida
yanada
jonliroq
ifodalanganligini ko‘rish mumkin:
“Yetti qishdan beri guppi-chopon yangilagani ma’lum emas, faqat qish kelib
ketkan savin alak guppining yengi o‘zgaribkina turadir va astari yil sayin
yangidan yangi yamoqlar bilan boyiydir, shu guppi butun umrida birgina
618
marotaba va shunda ham maxdumdan beruxsat ammo, Nigor oyimning zo‘ri bilan
tog‘oraga tushib cho‘mildi. Bu kunda bo‘lsa to‘rt yil burung‘i g‘usli, yeti yillik
tusi, turlik-turlik yamog‘i bilan sakkizinchi qish maxdum pochchasig‘a sodiqona
xizmat qilish uchun bog‘joma ichida o‘ziga kuch yig‘ib yotadir” [1,14].
Bu
misollarda jonlantirishning shaxs bilan bog‘liq turi –
tashxis
qo‘llanganini
ko‘ramiz. Adib bu vosita orqali samimiy kulgi uyg‘ota olgan.
Romanda insonga xos xususiyatlarning jonsiz predmetlarga mohirona
ko‘chirilganini ko‘ramiz:
“Ra’no kelib Mansurni turg‘izdi va kiyimiga o‘lturgan changlarni qoqti…”
[1,31].
Asarda tabiat tasvirini ifodalashda ham jonlantirish
usulidan ustalik bilan
foydalanilgan:
“O‘n ikki- o‘n uch kunli oy ko‘kning sharqi, janubi qismidan
tussizgina bo‘lib ko‘tarilib kelmakda, quyosh botqan sayin uning chehrasi har
zamon ochilib bormoqda edi” [1,114].
Bu matnda quyosh botishi bilan o‘n ikki-
o‘n uch kunlik oyning yanada yorqinroq namoyon bo‘lishini
tasvirlashda oyga
insonga xos chehrasi ochilishi holati ko‘chirilgan va bu bilan matn ta’sirchanligi
yanada oshgan.
Quyidagi misolda ham jonlantirish matnning ta’sirchanligini yanada oshirish
maqsadida qo‘llanilganini ko‘ramiz:
“… Sufa ustidagi so‘ri har zamon to‘rt
tamong‘a chayqalib, o‘z ostida o‘tirg‘uchilarning betlarini goh ko‘rsatib, goh
yashirib, ular bilan o‘ynashqandek tevarakka husayni g‘ujumlarini bir-ikki bora
uzib tashladi” [1,119]
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”
romanida
troplardan mohirona foydalanib, ular orqali go‘zallik, tabiat jilosi,
samimiy kulgu, inson xarakteri va holati, muhabbat va nafrat tuyg‘ularini o‘quvchi
ko‘z o‘ngida yorqinroq gavdalantirishga, asarning oson tushunilishiga erishgan.
Dostları ilə paylaş: