Kalit so‘zlar:
Abdulla Qodiriy, roman, lingvopoetika, badiiy tahlil, estetik
idrok, ramz, majoz, trop.
Аннотация.
В данной статье речь идёт об использовании
тропов в
лингвопоэтическом анализе романа «Мехробдан чаён», одного из редких
произведений Абдуллы Кадири, одного из ярких деятелей узбекской
литературы, кратко говорится о художественных изобразительных
средствах.
Ключевые
слова:
Абдулла
Кадири,
роман,
лингвопоэтика,
художественный анализ, эстетическое восприятие, символ, метафора,
троп.
Abstract.
This article is about the use
of tropes in the linguopoetic analysis of
the novel “Mehrobdan Chayon”, one of the rare works written by Abdulla Qadiri,
one of the bright figures of Uzbek literature. It was briefly discussed about the
artistic visual media.
Key words:
Abdulla Qadiri, novel, linguopoetics, artistic analysis, aesthetic
perception, symbol, metaphore, trope.
Badiiy asr tili filologiya ilmining eng murakkab va dolzarb muammolaridan
biri bo‘lib kelgan. Hozir ham shunday. O‘zbek filologiyasida bu masalaga
qiziqishning tobora ko‘payib borishi tasodifiy hodisa emas. Chunki asar tili uning
har bir qismida, epik bayon, obrazlar talqini, poetikasi va boshqalarda ishtirok
etadi. Shu bois badiiy asarlarni yaxlit holda, matn asosida kompleks o‘rganishga
e’tibor kuchaymoqda. Bu jarayon esa asar tilidagi lisoniy va badiiy jihatlarni ‒
lingvopoetika hodisasini o‘zaro aloqada tahlil qilishni taqazo qiladi.
614
Badiiy asr tili tilshunoslar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham tadqiq
obyektidir. Lekin bularning o‘ziga xos xususiyatlarini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Tilshunoslar fonetika, leksika, semantika, morfologiya kabi sohalar bo‘yicha
badiiy tilni izohlasalar, adabiyotshunoslar tilga badiiy-estetik tomondan
yondashadilar. Boshqacha aytganda, asar tilini o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la
ochib berish uchun lisoniy va badiiy tahlil, ya’ni tilshunoslik va
adabiyotshunoslikning mustahkam aloqasi asosiy shart hisoblanadi. Zero,
lingvistik tahlil bilan estetik tahlil uyg‘unlashgan bo‘lishi shart. Bunday uyg‘unlik
asosida, tabiiyki, “so‘z” deb atalgan tushuncha va unga munosabat yotadi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodining nodir namunalarining betakror badiiyati, sir-u
sinoatga to‘la qonuniyat tilsimlari, lingvofolkloristika masalalarini teran tadqiq
etgan serqamrov filolog B. Sarimsoqov til badiiyati muammosini o‘rganishda
tilshunos va adabiyotshunoslarning doimiy hamkorligini targ‘ib etishdan
charchamagan olimlardan hisoblangan. U shunday yozadi: “...Tilshunosmi yoki
adabiyotshunosmi, lingvopoetikada, badiiylik (obrazlilik) masalalarida birlashib
ketishlari lozim, shundagina ular haqiqiy filologga aylanadilar. Badiiylik
muammolari esa sof filologik muammolardir” [8, 27].
Tilshunoslar ta’limotiga binoan har bir so‘z ma’lum tovushlar yig‘indisidan
iborat. Bu fikr “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “O‘z tovush qobig‘iga ega
bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va
munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga ega
bo‘lgan, shuningdek, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng
muhim til birligi; gapning qurilish materiali” shaklida bayon etilgan [4, 608].
Muhimi shundaki, so‘zga berilgan barcha ta’riflarda so‘z mohiyatini “tovush”,
“ma’no”, “nutq” kabi tayanch iboralar ifodalashi ta’kidlanadi. Asar
muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy, yetakchi omillardan biri uning tilidir. Chunki,
asarning barcha materiallari, adibning butun tajribasi, mahorati tilda ifodalanadi.
O‘zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri Abdulla Qodiriy badiiy til
bobida o‘ziga xos maktab yaratgan so‘z san’atkoridir. Uning betakror til mahorati
juda ko‘p yozuvchilarga ibrat bo‘lganligi va bundan keyin ham badiiy so‘z olamiga
qadam qo‘yadiganlarning necha-necha avlodlari bu badiiy mo‘jiza sirlaridan saboq
olishi shubhasizdir.
Alohida ta’kidlamoq joizki, Qodiriy o‘zining barakali badiiy ijodi bilan
o‘zbek adabiy tilining rivoji va boyishiga jiddiy hissa qo‘shgan xassos adibdir.
Uning she’riy, nasriy, dramatik, publitsistik va boshqa asarlarida o‘zbek tilining
go‘zalligi, boyligi, tuganmas ifoda imkonlarini o‘zini to‘liq namoyon eta olgan. Bu
asarlarni o‘qiganda mahoratli adibning o‘zbek xalq tili xazinasini nechog‘li tugal
egallaganligiga, betakror so‘z ijodkori sifatida bu xazinadagi unsurlarni o‘z badiiy
niyatiga muvofiq tarzda saylay bilganiga, tildagi tovlanishlarga yanada sayqal-u
615
jilo bera olganligiga, bu birliklardagi ma’no injaliklaridan juda ustalik bilan
foydalana olganiga takror va takror amin bo‘lmoq va hayratlanmoq mumkin.
Qodiriyning nasriy nutqdagi badiiy mahoratining na’munasi bo‘lgan
“Mehrobdan chayon” romani nafaqat yozuvchining estetik idrokini, balki yaxlit
o‘zbek tilining estetik mohiyatini ham namoyon eta oladigan asardir. Bu roman
tilining lingvopoetikasini o‘rganish asosida Abdulla Qodiriyning badiiy til
mahoratini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga bu go‘zal romanning lingvopoetik
tadqiqi usta so‘z san’atkori tasarrufidagi o‘zbek tili o‘zining estetik vazifasini
nechog‘li mukammal bajarishini dalillaydi.
Romanda tasviriylik va ifoda aniqligi, lisoniy va badiiy-estetik imkoniyatlar
yorqin namoyish etilgan. Tasviriylik voqealar va personajlar talqiniga so‘z orqali
joziba bag‘ishlaydi, epik bayonda uzviylikni vujudga keltiradi va kitobxonda yaxlit
tushuncha hosil qiladi. Aniqlikda esa adib tildagi turli davr, voqea va shaxslarga
mansub so‘zlardan foydalanadi (davr ‒ XVIII asr, voqea ‒ Qo‘qon xoni saroyi
hodisalari, shaxslar ‒ Xudoyorxon, munshiylar va boshqalar).
Badiiy asar tili nihoyatda murakkab va o‘ziga xos hodisa hisoblanadi.
Tilshunoslik, umuman, filologiya tarixida uni o‘rganishga turlicha yondashib
kelingan. Badiiy asar tili tadqiqi bilan bir umr shug‘ullangan V.Vinogradov
o‘zining “Badiiy adabiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari” nomli ma'ruzasida
badiiy adabiyot tili to‘g‘risida gap ketganda, “til” so‘zi ikki xil ma'noda
qo‘llanishini ta'kidlaydi, ya'ni; 1) u yoki bu milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi
“nutq” yoki “matn” (adabiy til tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun
tahlil materiali) ma'nosida; 2) “san’at tili”, badiiy ifoda vositalari sistemasi
ma’nosida [6, 184].
Badiiy asar tilini umumxalq tilidan butunlay ajratib olgan holda o‘rganib
bo‘lmasligi tabiiy. Ma’lumki, asrimiz boshidagi o‘zbek tili va uning uslubiga
forsiy, arabiy, usmonli turk, tatar tillarining ta’siri keragidan ortiq edi [7, 5]. Bu
holat badiiy asarlar, publitsistik maqolalar tilida ham aks etar edi. Bu tabiiy
ravishda har qanday adabiy-badiiy matnning tushunilishini qiyinlashtirar, ularning
ta’sir kuchini susaytirar edi. Aynan shunday paytda ilg‘or fikrli ziyolilar qatorida
bo‘lgan Abdulla Qodiriy tilimizning sofligini, betakror xazinasini saqlab qolish
uchun o‘z asarlari orqali kurashgan.
Navbatdagi masala — “badiiy til”, “adabiy til” va “milliy til” munosabati.
Ma'lumki, umumxalq tili (milliy til) deganda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning
barchasi — yashash hududi, ijtimoiy tabaqaga mansubligi, mashg‘ulot turi va
boshqalardan qat’iy nazar foydalanadigan til tushuniladi. Adabiy til deganda esa
umumxalq tilining grammatik, imloviy va orfoepik jihatlardan me'yorlashtirilgan
shaklini tushunamiz. Badiiy til umumxalq tili bazasida shakllanadi va qisman
adabiy til me’yorlariga yaqinlashadi. Shu bilan birga, badiiy til adabiy til
616
me’yorlaridan o‘rni bilan chekinadi (mas., shevaga xos unsurlarning ishlatilishi).
Badiiy til o‘zida milliy adabiyotimizda uzoq davrlardan beri shakllanib kelgan
an’analarning davomchisi sanaladi va shu bois ham unda uning o‘zigagina xos
bo‘lgan unsurlar (an’anaviy sifatlashlar, ramz va majozlar,o‘xshatishlar) majmui
ham mavjuddir. Badiiy matn lisoniy va estetik xususiyatga ega. Bu xususiyat asar
tilidagi san’atlar, tasviriy vositalar, ko‘chimlar kabi umumfilologik tushunchalarda
aks etadi. Darhaqiqat, “badiiy san’atlarda so‘zlarning lafziy-ma’noviy bezaklari
diqqat markazida turadi, tasvir vositalarining qo‘llanishi adabiy asar tilini shirali,
bo‘yoqdor, jozibali qiladi” [2, 324]. Qodiriyning she’rlarida va romanlarida bu
holning yorqin ifodasini ko‘ramiz. Chunonchi, ulardagi badiiy san’atlar asarda
ifodalangan g‘oyalarning hayotiy, ta’sirchan ifodalanishiga, lirik va epik
timsollarning yorqinroq gavdalantirishga, bayt tasvir va bayonnning lafziy
nazokati, his-tuyg‘uni, ifoda musiqiyligi va o‘qishligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu hol shoirning ilk she’rlarida ham, “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon”
romanlarida ham ko‘rinadi.
Har qanday badiiy nutq nazariyasida ko‘chimlar asosiy o‘ringa ega, chunki
ko‘chimlarning aksariyati badiiy nutqqa emotsionallik, ekspressivlik, ta’sirchanlik,
obrazlilik kabi muhim sifatlarni beradi.
O‘xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni,
ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini
ta’minlashda foydalanib kelinadi.
“Mehrobdan chayon” romanida an’anaviy o‘xshatishlarni ko‘plab uchratish
mumkin. Masalan, “
Dostları ilə paylaş: |