Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   431
Anjuman Boku (6)

Har kimgaki egrilikda ovozadurur, 
Tuz jodda ichra yo’lidin ozadurur, 
Tuzlikda tarab behadu andozadurur, 
Kim rostdurur yuzi aning tozadurur. 
Har bir mavjudot shakl va mazmun mutanosibligiga erisha olgan 
taqdirdagina kamolot hosil qiladi. YUqorida ko’rib o’tganlarimiz ma’nolilik va 
rostlik so’zning mazmuniga qo’yilgan talablar bo’lsa, yoqimlilik va qisqalik uning 
shakliga qo’yilgan talablardandir. «Nazm ul-javohir» asarida ushbu mavzular ham 
alohida qalamga olingan. 
Shirin so’z.
Qanday so’zni gapirish qay darajada ahamiyatli bo’lsa, so’zni 
qanday gapirish ham shunday muhimdir. Muqaddas dinimizda har ishda 
xushmuomalalikka buyurilgan. Alisher Navoiy mazkur masalaga to’xtalib, shirin 
so’z dushmanni ham do’stga aylantirmoq qudratiga egaligini hamda achchiq kalom 
qalblarni jarohatlasa, shirin kalom ana shu qalb yarasiga malham bo’lishini 
ta’kidlaydi: 
Har kimki, chuchuk so’z elga izhor aylar, 
Har nechaki ag’yordurur, yor aylar, 
So’z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar,
Yumshog’i ko’ngullarni giriftor aylar.
Til – benihoya qudratli vosita. Donishmandlar aytganidek, olamdagi eng 
shirin narsa ham, eng achchiq narsa ham tildir. Hazrat Ali bu borada “Taom 
achchiqligi so’z achchiqligidan yaxshidir”, deydilar. Zero, achchiq taom tilni 
kuydirsa, achchiq kalom dilni kuydiradi. 
Gar zahr bila kishiga kom o’lsa achig’, 
Yuz onchaki yuz bila mudom o’lsa achig’, 
Har necha mazoq aro taom o’lsa achig’, 
Xushroqdurur ondinki kalom o’lsa achig’. 


598 
“Inson hamma narsani ko’tarsa ham, so’z yukini ko’tarolmaydi”, deydi 
donishmandlar. Darhaqiqat, inson ko’ngli juda nozik. Uni birgina so’z bilan 
yuksaltirish ham, birgina so’z bilan butkul mahv etish ham mumkin. Shunday 
ekan, inson dilidagi har bir so’zni yaxshilab o’ylab, mulohaza yuritib, so’ng tiliga 
chiqarishi lozim. Hazrat Ali ham tildan etuvchi og’riqni tig’dan etuvchi og’riq 
bilan qiyoslab, “Til zarbasi nish sanchig’idan kuchliroqdir”, degan edilar.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin