Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431
Anjuman Boku (6)

Necha zarurat aro qolg’on chog’i, 
Chin demas ersang, dema yolg’on dog’i
, – 
deb xulosalagan bo’lsa, «Mahbub ul-qulub»da 
“So’zning asnofi bag’oyat 
cho’qdur, yolg’ondin yamonroq sinfi yo’qdur”
, deya o’z zamondoshlari va 
kelgusi avlodni hamisha rost so’zlashga undab, yolg’ondan qaytaradi. 
«Nazm ul-javohir»asarida ham ushbu mavzuga bag’ishlangan ruboiylar 
ko’pchilikni tashkil qiladi. Quyidagi ruboiy Hazrat Alining “Kishi so’zi 
yuragidagidan xabar beradi” degan hikmatlari asosida bitilgan bo’lib, unda 
kishining so’zlayotgan kalomi orqali uning dilidagi iymon nechog’lik ekani 
anglashilishi, binobarin, insonning rost so’zni so’zlamog’i va rost kalomni qabul 
qilmog’i uning dini mustahkamligiga dalil ekani haqida so’z boradi. 
Din za’fini angla bug’z ila king’a dalil, 
Islom aro nopisand oying’a dalil, 
Din quvvati so’z derda erur ching’a dalil, 
CHin so’zni qabul etmak erur ding’a dalil. 
“Kishining rostgo’yligi uning najotidir”, deydilar Hazrat Ali. Darhaqiqat
tarix rost so’z orqali najot topgan, murodga etgan zotlarni ko’p ko’rgan. Dono 


597 
xalqimizdagi “Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir” maqoli ham ana shu 
hikmatga hamohangdir. Buyuk mutafakkir Navoiy Hazrat Alining bu o’gitini 
nazmda shunday talqin qiladi: 
Sidq ichra qachonki chiqsa oti erning, 
Fosh o’lsa sadoqatda sifoti erning, 
Xushroqki tavil o’lsa hayoti erning, 
Kim, sidqdin-o’q durur najoti erning. 
Albatta, hamisha rost so’zlamoq ham oson ish emas. “U insondan sabr-toqat, 
matonat va jasoratni talab qiladi, rostgo’y inson qo’rquvdan forig’ bo’ladi, har 
qanday holatda ham vijdoniga qarshi bormaydi”[4.285]. Hazrat Alining “Rostlik 
yuz yorug’ligidir” degan o’gitlari «Nazm ul-javohir»da shunday jarang sochadi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin