596
Ma’noli so’z.
So’zga qo’yiluvchi birinchi talab uning ma’noga ega bo’lishi
hisoblanadi. So’zning mazmuni uning qiymatini belgilaydi: so’z qanchalik muhim
ahamiyatga ega bo’lgan
fikrni ifodalasa, shunchalik qimmatli,
aks holda,
shunchalik qadrsizdir. Shu boisdan Hazrat Navoiy «Hayrat ul-abror»dostonida
so’zni jismga, uning ma’nosini esa jonga qiyos qilib,
jismning jonsiz mavjud
bo’lmog’i imkonsiz ekanini e’tirof etadi va:
Ul kishi so’z bahrida g’avvos erur,
Kim guhari ma’ni anga xos erur, –
deya bitadi. «Nazm ul-javohir»asaridan o’rin olgan quyidagi ruboiyda esa
so’zga qo’yilgan talab yanada kuchayib, uning ma’noli bo’lishi bilan birga, qisqa
bo’lishi ham lozimligi uqtiriladi:
Har kimsaki so’z demak shiorida durur,
Ma’ni guli nutqining bahorida durur,
So’z kam desun ulki ixtiyorida durur,
So’z yaxshilig’i chu ixtisorida durur.
Rost so’z.
So’z mazmuniga tegishli talablardan
yana biri uning rost
bo’lishidir. Rostgo’ylik insonning haqiqatga intilishi bilan bog’liq. Haqiqat esa
Haqdandir. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ham: “Yolg’onchilar
mening ummatlarim
emas” deb, mo’minlarni bunday noma’qul amaldan qaytarganlar.
Hazrat Navoiy ijodida ham rostlik mavzusi alohida e’tibor bilan qalamga
olingan. Buyuk shoir «Hayrat ul-abror» dostonining 10-bobini
shu masalaga
bag’ishlab, o’z fikrlarini
Dostları ilə paylaş: