563
ifodalashdagi mahorati o‘ziga xoslik kasb etadi. Ijodkor o‘z she’rlarida ushbu
mavzularning har biriga teran to‘xtaladi va ularning ichki mohiyatini nazm orqali
namoyon etadi. Umuman, “lirikada bo‘lsin yo nasrdami,
shoir yoki yozuvchi
peyzaj tasvirini chetlab o‘tish hollari deyarli uchramaydi. Peyzajga murojaat
o‘tmish adabiyotimizda, mumtoz shoirlar she’riyatida ham bot-bot uchraydi.
Alisher Navoiy merosida ham turli fasllar ta’rifiga bag‘ishlangan ancha muncha
g‘azallar, lirikaning boshqa namunalariga duch kelish mumkin. Bu an’ana
zamonaviy adabiyotda, ayniqsa, lirikada yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi”, [5]
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mahmud Toir asli tabiatga yaqin shoir. Uning lirikasida bahor, yomg‘ir,
bulbul, kapalak obrazlari alohida o‘rin tutadi. Xususan,
bahor obraziga
to‘xtaladigan bo‘lsak, bu obraz an’anaviy obraz hisoblanib, shoirning bu
mavzudagi she’rlari bisyor. Jumladan: “Bahorim” she’rida shoir bahorni madh
etibgina qolmay, uni “bahorim” deb erkalashga chog‘lanadi. Shuningdek, bahorga
o‘zgacha go‘zal, pokiza so‘zlarni qo‘llab murojaat qiladi va “
xokisorim, orazi
oftobim, ko‘zi xumorim, gulim, gulzorim, topilgan tumorim, atrim, iforim”
kabi
undalmalarni qo‘llagan holda ko‘klamoyni “sen ham bizni sog‘indingmi” tarzida
so‘roqlaydi. She’rning birinchi bandida shoir ona va bahor so‘zlarini
uyg‘unlashtirib yuboradi va har ikkisi uchun ham “munisam, xokisorim” kabi
tashbehlarni munosib ko‘radi:
“… Keldingmi munisam, onam, ko‘klamoy.
Biz seni sog‘indik, ey xokisorim,
Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim? ” [2, 159]
Bu kabi go‘zal o‘xshatish Muhammad Yusuf ijodida ham uchraydi va
ko‘klamoyim so‘zi she’rga o‘zgacha badiiylik berayotganining guvohi bo‘lamiz:
Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Mahmud Toir qalamiga mansub she’rning ikkinchi bandida esa bahor, yoz,
kuz, qish o‘zaro taqqoslanadi va bahorsiz “yozning yoz emasligi”, “kuzning
xazonsiz o‘tishi”, “qish ertaklari tinglanmasligi” go‘zal ifodalanadi. She’rning
to‘rtinchi bandida yomg‘ir, chaqmoq, bulut, kabi tabiatan salbiy unsurlar she’rda
aksincha ifodalangan va hatto ular bahorga yarashib
turishi shoir tomonidan
samimiy aks ettirilgan:
“… Yomg‘irlaring boshqa, chaqmog‘ing boshqa,
Bulutlar yarashgan qabog‘ing boshqa,
Chehrangdan aylanay jonim, Momo Yer,
Yalpizlar yarashgan yanog‘ing boshqa…” [2, 159]
564
Shuningdek, mazkur bandda yuqoridagi fikrlarini to‘ldirgan holda bahorni
“ko‘nglim erkasi” deya alqab, uni yoz, kuz, qishdan-da ortiq ko‘rishini ta’kidlaydi.
Xuddi shu iqror shoirning “Bahorga yetganlar omon bo‘lsinlar” she’rida
ham kuzatiladi:
Bahor, bemor kutgan malhamday shirin,
Bahor, sevdim degan alhamday shirin,
Mahmudga qay fasl ko‘klamday shirin,
Bahorga yetganlar omon bo‘lsinlar. [3, 19]
Bahor so‘zini tilga olar ekanmiz, bevosita Navro‘z ayyomi ham
xayollarimizda charx urishi tabiiydir. Mahmud Toir
ham bu hodisani nazardan
chetda qoldirmaydi va “Navro‘zni yetaklab keladi bahor” deya kitobxonga yana bir
eslatish beradi. Shoirning bu she’rida bahor kelishi bilan tabiatda ro‘y beradigan
jamiki go‘zalliklar qalamga olinadi. Shuningdek, qishning butkul ketishini
kutmayoq tabiatga o‘z
sepini yoygan bahor tasviri, ayniqsa, samimiy ifodalangan:
Tog‘larning bag‘rida qori bo‘lsa ham,
Ayozning aytajak zori bo‘lsa ham,
Qarg‘alarning hali kori bo‘lsa ham,
Qishni beshigiga beladi bahor,
Navro‘zni yetaklab keladi bahor. [1, 169]
Bundan tashqari, she’rda quyidagi:
Dostları ilə paylaş: