Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


AHLI RASUL MUHAMMAD IJODIDA TO’RTLIKLARNING O’RNI



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   431
Anjuman Boku (6)

AHLI RASUL MUHAMMAD IJODIDA TO’RTLIKLARNING O’RNI 
 
Olimjon ABDULLOYEV,
filologiya fanlari nomzodi, dosent, 
“Akademik Bobojon G’afurov nomidagi
Xo’jand davlat universiteti” DTM 
 
Annotasiya: 
Maqolada shoir Ahli Rasul Muhammad (Abdurasul 
Mamadaliyev) ijodining bir qirrasi yoritilgan. Shoirning to’rtliklarni yaratish 
mahorati misollar vositasida ko’rsatib berilgan. To’rtliklarning qofiyalanish tarzi, 
barmoq she’riy tizimida yaratilgan to’rtliklardagi turoq, she’r vazni ko’rsatilgan. 
Shoir mahoratiga e’tibor qaratilgan.
Kalit so’zlar: 
Ahli Rasul Muhammad, shoir, she’r, barmoq she’riy tizimi, 
to’rtliklar, qofiya, turoq, vazn, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy. 
Аннотация: 
В статье освещается один аспект творчества поэта Ахли 
Расула Мухаммада (Абдурасул Мамадалиев). На примерах показано умение 
поэта создавать стихи. Показаны стиль рифмования тюртликы 
(четверестыщы), структура тюртлика (четверестыще), созданного в 
пальчиковом поэтическом строе, вес стихотворения. Обращается внимание 
на мастерство поэта. 
Ключевые слова:
Ахли Расул Мухаммад, поэт, поэзия, пальцевая 
поэтическая система, тюртлики 
(четверестыще)
, рифмовка, турок, вес, рубаи, 
кыта, туюк, маснави. 
Annotation:
The article highlights one aspect of the work of the poet Akhli 
Rasul Muhammad (Abdurasul Mamadaliyev). The examples show the poet's 
ability to create poetry. The rhyming style of the turtlika (quadruple), the structure 
of the turtlik (quadruple) created in the finger poetic system, the weight of the 
poem are shown. Attention is drawn to the skill of the poet. 
Key words:
Akhli Rasul Muhammad, poet, poetry, finger poetic system
turtliks (quadruple), rhyming, Turk, weight, rubaiyat, kyta, tuyuk, masnavi.
Ahli Rasul Muhammad (Abdurasul Mamadaliyev) Tojikistonda o’zbek tilida 
ijod qiluvchi etuk ijodkorlardan biridir. Uning shu kungacha “
Tayanch nuqtasi” 
[3], “Yohu” [1], “Ruh yomg’iri” [2] 
nomli to’plamlari chop etilgan. Ushbu 
to’plamlarga shoirning mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin yaratgan ijod 
namunalari kiritilgan. SHoir lirikasida turli janrlarda yozilgan ijod namunalarini 
kuzatish mumkin. U ikkilik, uchlik, to’rtlik, beshlik, oltilik, sakkizlik va boshqa 
turli xil bandlarda ijod qiladi.
Ahli Rasul Muhammad ijodida eng faol va barakali qo’llanadigan janr 
to’rtlikdir. Shoir mustaqillikkacha bo’lgan ijodida ham, undan keyingi davrda 


522 
yaratilgan ijodida ham to’rtlik janridan samarali foydalangan. To’rtlik borasida 
“Adabiyotshunoslik lug’ati” kitobida shunday fikrlar bildirilgan: 
“To’rtlik – to’rt 
misradan tarkib topuvchi she’r, xalq og’zaki ijodi va mumtoz Sharq she’riyatidagi 
ruboiynavislik an’analarining davomi sifatida hozirgi o’zbek she’riyatida ancha 
keng tarqalgan she’r shakli; shakl jihatidan tasniflanuvchi lirik janr. [7, 388]. 
Ma’lumki, mumtoz adabiyotimizda to’rtlik shakli va to’rtlik bandlar asosida 
yaratilgan ijod namunalari ko’plab topiladi. Ular aruz she’riy tizimida yaratilgan va 
o’ziga xos nom hamda vaznga ega bo’lgan. Bular: ruboiy, tuyuq, murabba’ va 
ayrim qit’lardir. Ruboiy va tuyuq faqat to’rt misradan iborat bo’lgan bo’lsa, 
murabba’ to’rt bandlik she’rlardan, qit’a esa, to’rt va undan ko’p misralarga ega 
bo’lgan. Bu lirik janrlarning har biri o’ziga xos tarzda qofiyalangan. 
Ahli Rasul Muhammad she’rlari barmoq she’riy tizimida yaratilgan. 
Shoirning to’rtliklar shaklida yaratilgan she’rlarini shartli ravishda uch guruhga 
ajratish mumkin: 
1.
Faqat to’rt qatordan iborat bo’lgan to’rtliklar: “So’nggi nuqta”
[3,78]

“Yuzlaring oq”
 [1, 106]
, “Hammaning dardi” 
[2, 26] 
va hokazo. 
2.
To’rt qatorli she’rlardan iborat bo’lgan turkumlar: “Tosh“
[3, 78]

“Shaytonga tosh” 
[1, 108]
, “Shu’la aksi” 
[1, 123] 
kabilar. 
3.
Bandlari to’rt qatordan iborat bo’lgan yaxlit she’rlar: “Onam, onajonim”
 
[3, 89]
, “Daryo, juvon va yurak haqida mungli she’r” 
[1, 123]
, “Ona so’z”
 [2, 4]

“Bahor ta’rifida” 
[2, 5] 
va boshqalar. 
Ahli Rasul Muhammadning faqat to’rt qatordan iborat bo’lgan she’rlari, 
ya’ni to’rtliklari ham shakl, ham mazmun jihatidan o’ziga xos. Ularning 
ayrimlarini misol tariqasida ko’rib chiqsak: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin