Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Sharh va izohlar 
Ushbu g‘azal Furqatning oshiqona g‘azallaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, 
oshiqona g‘azal butun mumtoz adabiyotda keng tarqalgan. Oshiqona g‘azalda 
ijodkor o‘zining Alloh taologa bo‘lgan shaxsiy munosabatlarini, qalb 
kechinmalarini, ruhiy holatini bayon qiladi. Bu erda shaxs ijodkor emas, balki 
banda sifatida namoyon bo‘ladi. Islomiy aqidaga binoan Iymonning shartlari va 
ruknlari mavjuddir. Uning ruknlari mashhur “Iymoni mufassal” kalimasida 
keltirilgan bo‘lsa, shartlari esa etti ko‘rinishda bayon etilgan. Ushbu shartning 
birinchisi “Ilm”dir deyiladi. Ya’ni, avval musulmonning iymoni butligi undagi ilm 
bilan bog‘liqdir. Ilmki “Ma’rifatulloh” deb nomlanib, Allohning to‘qson to‘qqizta 
ism va sifatlari ma’no va mohiyatini aqlan va qalban anglashdir. Shundan kelib 
chiqib, mumtoz adabiyot vakillari o‘zlarining aqidaviy ma’naviy qarashlariga 
mutanosib ohangda oshiqona g‘azallar yaratgan. Yaratilgan g‘azallarda Alloh 
taoloning zoti, qudrati, vahdoniyati anglangan sari, unga nisbatan taslimlik va 
oshiqlik maqomatini kasb etib borilishi xususida dil rozlari bitilgan. 
Furqatning “Masti bodai husning” deb boshlanuvchi g‘azalida oshiqning 
Ma’shuqa husni jamoliga butkul rom bo‘lishi, bu holat nafaqat o‘zida, balki butun 
maxluqot olamini boshiga tushgan savdo ekanligi xususida so‘z yuritiladi. Kimki 
o‘zini angladimi, demak Robbisini anglaganligidan dalolatdir, Anglash – bu o‘sha 
“bodai husn” dan mast bo‘lishlikdir. Aksincha, mast bo‘lmagan mahluqotni tirik 
jon deyishga haqlimizmi, degan katta savol qo‘yiladi. Maqtadan keyingi baytda 
dunyo go‘zalliklaridan voz kecha olgan, ilmda, taqvoda, ibodatda mustaqim 
zohidning maftunkor Ma’shuqa jamoliga bir nazari tushishi bilan uning parhezkor 
qalbida shu kungacha qilgan toat-ibodatlariga, sarflagan vaqtiga pushaymonliq 
paydo bo‘ladi, u batamom ul Ma’shuqaga oshiq bo‘ladi. Bu erda ijodkor Buyuk 


517 
Allohning rizoligini topish 
shakl
va 
mazmun
ning mutanosibligida bo‘lishi haqida 
fikr yuritmoqda. Shakliy amallar qalb ehtiyojlari bilan hamohang bo‘lgan 
holdagina 
visol
vujudga kelishi anglatilmoqda. Aks holda esa, qalb ovozini 
eshitmay, shakliy amallar bilan umr o‘tkazish vaqtning zoe ketganidir. 
Oshiq o‘zining sadoqatini bir emas minglab joni bo‘lsa ham hammasini Yori 
uchun fido qilishi bilan isbotlamoqchi. U shunchalar ham o‘ziga berilgan tole’dan 
mamnunki, Ma’shuqasining qadamlarini erga tushishini istamay, o‘zining yuzini U 
uchun qadamjoy qilishga rozi. Ma’shuqa qadamlarini oshig‘ining yuziga qo‘yar 
ekan, kavshining ostidagi tuproq-gardlar uning ko‘zlariga kirishi tayindir. U kirgan 
gard shunchaki tuproq zarralari emas, oshiq uchun misoli Sulaymon surmasidur. 
Bu erda “surmai Sulaymon” iborasini ishlatish orqali talmeh san’ati qo‘llanilyapti. 
Rivoyatlarga qaraganda Sulaymon surmasi yoki “Surmai Xafo”(maxfiy surma) 
shunday bir surma ekanki, uni kim ko‘ziga surtsa, g‘ayb olamidagi insu-jin va 
parilar, hamda er usti va ostida pinhon bo‘lgan narsalarni ham bemalol ko‘ra olish 
xususiyatiga ega bo‘lar ekan. Bu surma Sulaymon alayhissalom va sosoniylar 
podshoxi Xusrav Parvizdagina bo‘lgan ekan. 
G‘azalning keyingi keladigan ketma-ket baytlarida Ma’shuqaning yuzi, lab 
ustidagi nafis mo‘ylari, beqiyos vujudi, navnihol qomati, ta’rifga so‘z ojiz shohona 
libosi, jingalak va xushbo‘y sochlari birma - bir yuksak badiiy mahorat bilan 
ta’riflanadi. Nafis mo‘ylarining qoraligi kechani zulmatga botirsa, yuzining bir 
tajallisi tunni nurafshon qilishi ya’ni, Alloh ta’oloning istasa qorong‘u tunni
yorug‘ kunga, qaynoq yozni sovuq qishga almashtirib qo‘ya olish qudrati 
ta’kidlanmoqda. Yana bir ma’noda, qorong‘u tunni O‘zining birgina tajallisi orqali 
yoritib yuborish holati O‘zi istagan qalblarni hidoyat nuri bilan ne’matlashiga ham 
ishoradir; 
Qomatingni naxlidin sarv o‘lub xijolatrez, 
Xil’ating bahoridin munfail gulistondur.
Ma’shuqaning yosh, go‘zal, tik qomatini chizish orqali Yaratganning 
vahdoniyati, yakka-yolg‘izligi, sheriksizligi va asosiysi, U insoniyatni yo‘llagan 
“Mustaqim yo‘l”ning shaksiz to‘g‘riligiga (sarvning xijolati), Uning ma’rifatining, 
shubhasiz, aqllarni lol qoldirishiga (munfail guliston) ishora berilmoqda.
Baytlardan baytlarga o‘tar ekanmiz, oshiqning muhabbati qanchalar kuchli 
ekanligi o‘quvchiga ayon bo‘laveradi. Ma’shuqasining hushbo‘y zulfidan 
taralayotgan ifor oshiq aqlini olar darajada parishonlikka solishi, bu kabi 
parishonlik nafaqat o‘zida balki, minglab oshiqlarda namoyon bo‘layotganini 
shohidi bo‘lamiz. Barcha xalqni husni - jamoli bilan hayratga solib, parishonlikda 
qoldirib, O‘zi esa bundan behabar, malohat gulshanida hayodan yuzlari qizarib, 
nozik tanasi har tomonga egilib, yanada maftunkorlik kasb etib turganligining
guvohi bo‘lamiz. Bu bilan Buyuk Yaratuvchining “behojat -hojatbarorlik” sifati 


518 
yodga olinmoqda. “U behojat hojatbarordir” (Ixlos surasi, 2-oyat). Buyuk Qudrat 
Egasiga hammaning hojati tushadi, Uning esa hech kim va hech nimaga hojati 
yo‘qdir, U barcha hojatmandlarning hojatlarini chiqaruvchi zotdir. 
Furqatiy dilafgoring telba, ofiyat topgay, 
Ko‘zlaringki, har soat qon to‘karga maylondur. 
Bularning hammasidan aqli lol, holi parishon, ishq iskanjasidan, Ma’shuqa 
beparvoligidan telba bo‘lgan oshiqning telbalikdan xalos bo‘lishi, dardiga davo 
topishi uchun faqat birgina ilinji bor. U ilinj Ma’shuqaning visoliga etish uchun har 
soatda qon to‘kishga rozi qiluvchi qattol ko‘zlaridir. Qachonki oshiq suyganining 
shu ko‘zlariga ko‘zi tushgandagina, uning barcha dardu sitamlariga ofiyat etadi. 
Ya’ni, bu dunyoning sinov ekanligi, har bir narsaning o‘tkinchiligini anglagan qalb 
butkul xotirjamlikni Alloh ta’oloning diydoriga musharraf bo‘lgandagina topadi.


Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin