Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ключевые слова:
любовь, состояние и столп, самосознание, нужда, 
преходящее, достоенный чести 
Annotation: 
Zakirzhon Kholmohammed ugli Furkat is known to the world 
literary circle as an enlightened creator. His ghazals show Eastern mystical views 
in perfect artistic style.
The article analyzes the poet's ghazal beginning with 
"Masti bodai husning...". 
Key words:
love, condition and pillar, self-awareness, neediness, transitory, 
worthy of honor 


514 
Farg‘ona hududida XVIII asr boshlarida minglar sulolasi hukmronlikni qo‘lga 
olib, Qo‘qon qishlog‘i (keyinchalik Qo‘qon shahri)ni o‘ziga poytaxt deb tanladi. 
Natijada bu davlat Qo‘qon xonligi deb yuritildi. Qo‘qon xonligiga asos solgan 
Shohruhbiydan keyingi o‘n birinchi hukmdor – Amir Umarxon davrida Qo‘qon 
adabiy muhitiga asos solindi. Qo‘qon adabiy muhiti boshqa mavjud adabiy 
muhitlardan o‘ziga xosligi - unda o‘zbek tilining etakchiligi, zullisonaynlik
mumtoz salaflar ta’siri va ularga izdoshlik kabi xususiyatlari bilan mezonlanadi. 
Uning yuzlab vakillari milliy adabiyot tarixida o‘zining ovozi, yo‘nalishi, mahorati 
bilan alohida ijodkor obraz sifatida e’tirof etiladi. Qo‘qon adabiy muhitining 
yorqin ijodkori Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1859-1909) o‘zbek 
adabiyotida ma’rifatparvarlik g‘oyalar talqinchisi sifatida tanilgan. “Manbalarning 
guvohlik berishicha, Furqat tariqat ahlidan bo‘lgan. Sakkiz yoshidanoq Farididdin 
Attorning “Mantiq ut-tayr”ini asliyatda mutolaa qilgan, tasavvuf ta’limotining 
inson kamolotida tutgan muhim ahamiyatini bolaligidanoq anglagan. “Ahvolot”da 
shoirning o‘zi bu haqda shunday yozadi: “...vaqtim xomasi hayotim yuzidin sakkiz 
raqamni chekti, zehnim tayri “Mantiq ut-tayr” kitobig‘a notiq bo‘ldi. Olti oy 
bolupar urub qushlar hikoyatini xotima oshyonasig‘a qo‘ndurdum” 
(“Turkiston 
viloyatining gazeti”, 1891 yil 12 mart, № 10
).” [ 5.1-b]”. Bu kabi qimmatli 
ma’lumotlar nafaqat shoir shaxsiyati tanishda, balki uning lirik asarlari mohiyatini 
anglashda ham muhim ahamiyatlidir. Shu nuqtai nazardan, quyida shoirning 
“Masti bodai husning...” deb boshlanuvchi g‘azali bilan tanishib, uning g‘oyaviy 
tahliliga baholi qudrat qo‘l uramiz. 
Masti bodai husning bo‘lmag‘on nechuk jondur? 
Aqlini berib barbod, jumla xalq hayrondur. 
Loladek jamolingni bir yo‘li ko‘rib zohid, 
Necha yilg‘i zuhdidin dog‘ o‘lub, pushaymondur. 
Aylayin fido ming jon, qo‘y qadam yuzim uzra, 
Ko‘zga gardi na’lingni surmai Sulaymondur. 
Orazing ziyosidin kechalar bo‘lub ravshan, 
Xatlaring savodidin garchi zulmatistondur. 
Bog‘ aro xirom etsang barcha el ko‘rib aytur, 
“Hur erurki jannatdin er yuzig‘a tushkondur”. 
Qomatingni naxlidin sarv o‘lub xijolatrez, 
Xil’ating bahoridin munfail gulistondur. 


515 
Ja’di anbarin zulfing har xamu shikanjida, 
Ming asir men yanglig‘ xotiri parishondur. 
YUzlaring guli ahmar gulshani malohatda, 
Gulni shoxidek qadding har tarafga larzondur. 
Furqatiy dilafgoring telba, ofiyat topgay, 
Ko‘zlaringki, har soat qon to‘karga maylondur. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin