Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


foilun / mafoiylun / foilun / mafoiylun



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   431
Anjuman Boku (6)

foilun / mafoiylun / foilun / mafoiylun 
- V - / V - - - / - V - / V - - - 
Hazaji musammani ashtori solim 
Lug‘at: 
Bodai husn – husnning mayi 
(Allohning qudrati) 
Xamu – hid taratish 
Zohid – tarki dunyo qilib toat-
ibodat qiluvchi dindor, 
taqvodor, 
parhezchi 
Xat – yangi chiqqan mo‘ylab; 
yo‘l, chiziq, iz; soch, zulf 
Zuhd – dunyodan voz kechish
toat-ibodat bilan shug‘ullanish 
Savod – qora, qoralik 
Na’l – taqa 
Shikanj – bukilish, buralish 
Surmai Sulaymon – surmai xafo -
maxfiy surma 
Ahmar - qizil 
Naxl – nihol, ko‘chat, yosh daraxt 
Larzon – qaltiragan, titragan 
Xil’at – ust kiyim, hashamatli 
kiyim, podshoh va amirlar tomonidan 
mukofot tarzida berilgan kiyim 
Dilafgor – dili xasta, ko‘ngli 
vayron; oshiq, mahbuba 
Munfa’il 
– 
ta’sirlangan, 
hayajonlangan, 
xijolatda 
qolgan, 
uyalgan, sharmisor, xijil 
Ofiyat – sog‘lik, tinchlik 
Ja’di anbarin zulf – qo‘ng‘iroq, 
xushbo‘y soch 
Maylon – xohish, havas, rag‘bat
 
Nasriy bayoni 
1. Sening husning bodasidan mast bo‘lmagan jon qandayin jon ekan, 
jamiki xalq bu mastlikda aqlini yo‘qotib, hayronlikda qoldi-ku. 
2. Zohid loladek jamolingga bir nazari tushib, necha yillik toatu, zuhdu 
taqvosidan afsuslanib pushaymondadir. 


516 
3. Sen uchun ming jonim fido bo‘lsin, qadamingni yuzimga qo‘ygin, 
(kavshing) poshnasi gardi ko‘zlarimga Sulaymon surmasidir. 
4. Mo‘ylaring, ( sochlaring) qorasidan kecha zulmatga botsa, yuzing nuri 
bilan nurafshon bo‘ladi. 
5. Bog‘da sayr qilib yurishingni ko‘rgan xalq : “Jannatdan erga tushgan 
farishta, - deydi. 
6. Qomating navniholidan sarv daraxti xijolat bo‘lsa, libosing 
tamoshosidan gulzor uyatdadir. 
7. Xushbo‘y qo‘ng‘iroq soching har to‘lg‘ongandagi taratgan hididan 
nafaqat men, balki minglar asirlaring holi parishondur. 
8. Malohat gulshanida yuzing qizil guldir, gul shoxidek nozik qomating 
har tomonga qayrilib, egilib turadi. 
9.Ko‘zlaring har soatda qon to‘kishga rag‘bat uyg‘otguchidirki, dili 
shikasta telba Furqating albatta, bundan davo topgusidir.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin