519
Ключевые слова и фразы:
лирика, художественное мастерство,
контраст, идея, возлюбленный.
Abstract
In
this article, the ideological artistic features of the artistic arts used in
Amiri's lyrics are revealed with the help of examples. The artist's skill in using
words is shown in the example of Tazad art.
Key words and phrases:
lyrics, artistic skill, contrast, idea, lover
Amiriy tazod san’atidan ham mahorat bilan foydalanib, uning go‘zal
namunalarini yaratgan. Tazod – zid, qarama-qarshi degan ma’noni bildiradi. Shoir
she’rda oq va qora, yaxshi va yomon, nur va zulmat, do‘st va dushman kabi o‘zaro
zid ma’noli so‘zlarni qo‘llasa, tazod san’atini qo‘llagan bo‘ladi. Tazod san’ati
Sharq she’riyatida eng ko‘p uchraydigan san’atlardan. Chunki hayotda hamma
narsa o‘z ziddiga ega bo‘lgani kabi, she’riyatda ham o‘zaro
bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan fikrlar, tashbehlar, tushunchalar, timsollardan keng foydalaniladi:
oshiq va raqib, so‘fiy va zohid, dono va nodon, gul va tikan, hijron va visol, vafo
va jafo, yaxshilik va yomonlik, do‘stlik va dushmanlik,
mardlik va nomardlik,
halol va harom, iymon va kufr, yuz va soch, rost va yolg‘on, masjid va mayxona,
shayx va soqiy, namoz va may, mastlik va hushyorlik, aql va ko‘ngil va hokazo.
Shu tariqa, bu san’atda “tamomila bir-biriga zid, teskari, muxolif bo‘lgan
hodisalarni va holatlarni yuzma-yuz keltirish, ularni ro‘baro‘ qamti qilish talab
qilinadi”
46
. Chunonchi,
quyidagi baytda, aytish mumkinki, uchta tazod san’ati
mavjud:
Men yutub xunobai hasrat firoqi shomida,
Bodai gulgun ichar ag‘yor ila ul no‘shlab (1,52).
Mazmuni: “Men firoq shomida hasratning qonli yoshini ichamanu, u
shirinlab mahbuba raqiblar bilan qizil rangli may ichib xursandchilik qiladi”.
Bu yerda men, ya’ni oshiq – raqiblarga, hasratning qonli yoshi – qizil rangli
mayga, firoq shomi, baytda aks etmasa-da, matn mazmunidan
anglashilib turgan
visol bazmiga zid qo‘yilyapti. Bunday deyishimizning sababi ma’shuqaning
raqiblar bilan may ichishining o‘zi ayni visol-da!
Baytda, shuningdek, Amiriy ijodiga xos xususiyatlardan biri – bir necha
san’atlarning yonma-yon kelishini ko‘ramiz. Chunonchi, no‘shlab so‘zi shirin labli
ma’shuqa ma’nosida kelib, istiora san’atini hosil qilyapti.
Shoirning tazod san’atining qo‘llashdan ko‘zda tutgan maqsadi fikr va
tuyg‘ularining ta’sirchanligi, tasvirning yorqinligiga erishishdan iborat. Sharq
she’riyatida ma’shuqa ko‘zining oshiqni es-hushdan
ayirishi jihatidan qotil, jallod,
46
Shayxzoda M. Asarlar. Olti jildlik. 4-jild. G‘azal mulkining sultoni (Alisher Navoiy haqidagi tadqiqot va
maqolalar majmuasi). – T.: Adabiyot va san’at, 1972 . – B. 281.
520
xunrez, unga jon bag‘ishlashiga ishora qilib, labini jonbaxsh, obi hayot,
Masih
sifatlari bilan ta’riflash bir an’ana tusini olgan. Mazkur an’anani davom ettirib,
Amiriy yozadi:
Xoh o‘ltursun ko‘zi-yu, xoh tirguzsin labi,
Mehribon derlar buni, nomehribon derlar ani (S.-265
a
).
Bu yerda aslida ko‘z va lab so‘zlari bir-biriga sira ham zid emas. Chunki
ular inson tanasi – yuzidagi ikki a’zo. Ko‘z va lab faqat Sharq she’riyatida
shakllangan an’anaga ko‘ra ma’no jihatidan bir-biriga zid, so‘z sifatida emas.
Voqean, tazodning ikki xili farqlanadi – so‘z tazodi va ma’no tazodi. Sharq
poetikasi bilimdonlarining guvohlik berilishlaricha “tazod so‘z ma’nosi
bilan
chegaralanmasdan, vasf qilinayotgan hodisa va narsalarni ham o‘z ichiga oladi”
47
.
Bu erda ko‘z
Dostları ilə paylaş: