AHLI RASUL MUHAMMAD IJODIDA TO’RTLIKLARNING O’RNI Olimjon ABDULLOYEV, filologiya fanlari nomzodi, dosent, “Akademik Bobojon G’afurov nomidagi Xo’jand davlat universiteti” DTM Annotasiya: Maqolada shoir Ahli Rasul Muhammad (Abdurasul
Mamadaliyev) ijodining bir qirrasi yoritilgan. Shoirning to’rtliklarni yaratish
mahorati misollar vositasida ko’rsatib berilgan. To’rtliklarning qofiyalanish tarzi,
barmoq she’riy tizimida yaratilgan to’rtliklardagi turoq, she’r vazni ko’rsatilgan.
Shoir mahoratiga e’tibor qaratilgan.
Kalit so’zlar: Ahli Rasul Muhammad, shoir, she’r, barmoq she’riy tizimi,
to’rtliklar, qofiya, turoq, vazn, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy.
Аннотация: В статье освещается один аспект творчества поэта Ахли
Расула Мухаммада (Абдурасул Мамадалиев). На примерах показано умение
поэта создавать стихи. Показаны стиль рифмования тюртликы
(четверестыщы), структура тюртлика (четверестыще), созданного в
пальчиковом поэтическом строе, вес стихотворения. Обращается внимание
на мастерство поэта.
Ключевые слова: Ахли Расул Мухаммад, поэт, поэзия, пальцевая
поэтическая система, тюртлики
(четверестыще)
, рифмовка, турок, вес, рубаи,
кыта, туюк, маснави.
Annotation: The article highlights one aspect of the work of the poet Akhli
Rasul Muhammad (Abdurasul Mamadaliyev). The examples show the poet's
ability to create poetry. The rhyming style of the turtlika (quadruple), the structure
of the turtlik (quadruple) created in the finger poetic system, the weight of the
poem are shown. Attention is drawn to the skill of the poet.
Key words: Akhli Rasul Muhammad, poet, poetry, finger poetic system,
turtliks (quadruple), rhyming, Turk, weight, rubaiyat, kyta, tuyuk, masnavi.
Ahli Rasul Muhammad (Abdurasul Mamadaliyev) Tojikistonda o’zbek tilida
ijod qiluvchi etuk ijodkorlardan biridir. Uning shu kungacha “
Tayanch nuqtasi” [3], “Yohu” [1], “Ruh yomg’iri” [2] nomli to’plamlari chop etilgan. Ushbu
to’plamlarga shoirning mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin yaratgan ijod
namunalari kiritilgan. SHoir lirikasida turli janrlarda yozilgan ijod namunalarini
kuzatish mumkin. U ikkilik, uchlik, to’rtlik, beshlik, oltilik, sakkizlik va boshqa
turli xil bandlarda ijod qiladi.
Ahli Rasul Muhammad ijodida eng faol va barakali qo’llanadigan janr
to’rtlikdir. Shoir mustaqillikkacha bo’lgan ijodida ham, undan keyingi davrda
522
yaratilgan ijodida ham to’rtlik janridan samarali foydalangan. To’rtlik borasida
“Adabiyotshunoslik lug’ati” kitobida shunday fikrlar bildirilgan:
“To’rtlik – to’rt misradan tarkib topuvchi she’r, xalq og’zaki ijodi va mumtoz Sharq she’riyatidagi ruboiynavislik an’analarining davomi sifatida hozirgi o’zbek she’riyatida ancha keng tarqalgan she’r shakli; shakl jihatidan tasniflanuvchi lirik janr. [7, 388]. Ma’lumki, mumtoz adabiyotimizda to’rtlik shakli va to’rtlik bandlar asosida
yaratilgan ijod namunalari ko’plab topiladi. Ular aruz she’riy tizimida yaratilgan va
o’ziga xos nom hamda vaznga ega bo’lgan. Bular: ruboiy, tuyuq, murabba’ va
ayrim qit’lardir. Ruboiy va tuyuq faqat to’rt misradan iborat bo’lgan bo’lsa,
murabba’ to’rt bandlik she’rlardan, qit’a esa, to’rt va undan ko’p misralarga ega
bo’lgan. Bu lirik janrlarning har biri o’ziga xos tarzda qofiyalangan.
Ahli Rasul Muhammad she’rlari barmoq she’riy tizimida yaratilgan.
Shoirning to’rtliklar shaklida yaratilgan she’rlarini shartli ravishda uch guruhga
ajratish mumkin:
1.
Faqat to’rt qatordan iborat bo’lgan to’rtliklar: “So’nggi nuqta”
[3,78] ,
“Yuzlaring oq”
[1, 106] , “Hammaning dardi”
[2, 26] va hokazo.
2.
To’rt qatorli she’rlardan iborat bo’lgan turkumlar: “Tosh“
[3, 78] ,
“Shaytonga tosh”
[1, 108] , “Shu’la aksi”
[1, 123] kabilar.
3.
Bandlari to’rt qatordan iborat bo’lgan yaxlit she’rlar: “Onam, onajonim”
[3, 89] , “Daryo, juvon va yurak haqida mungli she’r”
[1, 123] , “Ona so’z”
[2, 4] ,
“Bahor ta’rifida”
[2, 5] va boshqalar.
Ahli Rasul Muhammadning faqat to’rt qatordan iborat bo’lgan she’rlari,
ya’ni to’rtliklari ham shakl, ham mazmun jihatidan o’ziga xos. Ularning
ayrimlarini misol tariqasida ko’rib chiqsak: