va lab
ma’no tazodi bo‘lib, so‘z tazodi – o‘ltursun va tirguzsun.
Ikkinchi misrada ham tazod san’ati mavjud bo‘lib, mehribon va nomehribon
so‘zlari so‘z tazodi bo‘lib kelgan. Ayni paytda, baytda laff va nashr san’ati ham
bor: mehribon deganda lab, nomehribon deganda ko‘z nazarda tutilmoqda. Biri –
ko‘z, biri - labni bildirib turgani uchun faqat shu o‘rinda – kontekstda bu ikki
so‘z istiora bo‘lib kelgan deyish ham mumkin. Xoh yuklamasining ikki marta
takrorlanishi takror san’atini ham vujudga keltirgan.
Quyidagi baytda ham ayni shu fikr davom ettirilgan:
Ko‘zi – jallod, labi la’li Masiho erdi,
Biri o‘lturdi va lekin biridin jon toptim (1,227).
Bu erda ham ko‘z va lab – ma’no tazodini, o‘lturdi va jon topdim so‘z
tazodini hosil qilgan. Odatdagidek, baytda bir necha san’atlar qatorlashib kelganini
ko‘ramiz: labning – la’lga va Masihoga, ko‘zning – jallodga o‘xshatilishda –
tashbeh, Masih nomining qo‘llanilishida – talmeh, biri so‘zining takrorida – takror
san’atlari mavjud.
Amiriy Sharq so‘z san’atida mashhur, mumtoz shoirlar tomonidan ko‘p
qo‘llangan tashbeh, talmeh, tazod, istiora, ittifoq, iyhom, savolu javob, husni ta’lil,
kalomi jomi’, mazhabi kalomiy, tansiq us-sifot, laff va nashr, tajohuli orifona,
tashxis, faxriya kabi san’atlardan o‘z she’rlarida ayniqsa keng foydalangan. Bu
borada asrlardan-asrlarga o‘tib kelgan an’analar doirasida ijod qilish bilan birga,
yangi, o‘ziga xos va favqulodda tashbehlar qo‘llagan, she’riy san’atlar qo‘llash
an’anasini rivojlantirib, ularning qator yangi qirralarini ochgan.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.
Shayxzoda M. Asarlar. Olti jildlik. 4-jild. G‘azal mulkining sultoni (Alisher
Navoiy haqidagi tadqiqot va maqolalar majmuasi). – T.: Adabiyot va san’at, 1972.
– B. 281.
47
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – T.: Adabiyot va san’at, 1979. – B. 64.
521
2.
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – T.: Adabiyot va san’at, 1979. –
B. 64.