4 5 Dard bu dunyo, / malham u dunyo,/ = 9 a U dunyodan / uzilma, ko’nglim./ = 9 b Buzuq ekan / bu dunyo deya,/ = 9 v O’zing aslo / buzilma, ko’nglim/ [1, 122] . = 9 b Ushbu she’rning ham har bir misrasi 9 bo’g’indan iborat. Turoqlanish tartibi:
4+5=9 . Sodda vaznda. Nomlanishi:
4+5 turoqli vaznda yozilgan 9 turkumli to’rtlik . To’rtlikdagi ikkinchi va to’rtinchi misralar o’zaro qofiyalashgan. Birinchi
va uchinchi misralar qofiyalanmagan. Qofiyadosh so’zlar:
uzilma – buzilma .
She’rning qofiyalanish tartibi:
a-b-v-b . Ko’rinib turibdiki, ushbu to’rtlikning
qofiyalanish tartibi yuqorida keltirilgan to’rtlikdan farq qiladi. SHoir bu she’rda
qofiyadan tashqari radifdan ham foydalanmoqda.
Shakliy jihatlarni yuqorida keltirilgan she’r bilan qiyoslaydigan bo’lsak,
ikkala she’rning ham vazni va nomlanishi bir xil:
4+5=9. Sodda vaznda . Biroq
qofiyalanish tartibi boshqa-boshqa.
Ushbu she’rning qofiyalanish tartibi mumtoz adabiyotimizdagi qit’a va
ayrim tuyuqlarning qofiyalanish tartibiga o’xshaydi. Biroq bu to’rtlikni qit’a deb
ham, tuyuq deb ham bo’lmaydi. Chunki “
Qit’a arab tilidan olingan bo’lib, parcha, bo’lak, qism, bir kesim ma’nolarini ifodalaydi. Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan, ikki baytdan bir necha o’n baytgacha (ayrim manbalarda 19 baytgacha deb belgilangan) hajmdagi, juft misralari o’zaro qofiyalanib, toq misralari ochiq qoluvchi (a-b, v-b, g-b tarzida) she’r shakli; lirik janr” [7, 388]. Ko’rinib turibdiki, mumtoz adabiyotimizda qit’a ikki baytdan bir necha o’n
baytgacha bo’lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, u aruz she’riy tizimida yoziladi.
Tuyuq borasida quyiroqda ma’lumot beriladi.
Mazkur to’rtlikda bir necha she’riy san’atlarni kuzatish mumkin. She’rda
ma’naviy san’atlarga xos bo’lgan o’xshatish (
“Dard – bu dunyo, malham – u dunyo”) va lafziy san’atlar doirasiga kiruvchi nido (ikkinchi va to’rtinchi
misralardagi
“ko’nglim” so’zlari) san’atlaridan foydalanilmoqda.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davridagi Oshkoralik yillaridan boshlab, aniqrog’i,
1985 yildan, o’zlikka, milliylikka qaytish kuchaydi. Diniy dunyoqarashlar
she’riyatda yana bo’y ko’rsatdi. Ushbu she’rda ham milliy va diniy dunyoqarash –
524
u dunyoning mavjudligi va u dunyoni unutib, bu dunyo buzuqliklariga qo’shilib
buzilib ketmaslik lozimligi ta’kidlanmoqda. To’rtlik tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shoir bu dunyoning dard, u dunyoning malham ekanligini aytar ekan, malham
dunyoga borish uchun buzilmaslik lozimligini ta’kidlayapti.