Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


  Bir to’p boshsiz /odamga gar / bo’lsang rahbar,/ = 12 a



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   431
Anjuman Boku (6)

4 4 4 
Bir to’p boshsiz /odamga gar / bo’lsang rahbar,/ = 12 a 
Olloh degil, / yo’lingda bor / xavfu xatar./ = 12 a 
Sen anglatsang / boshlarining / yo’qligini,/ = 12 b 
 Boshimizni / ber deyishar, / boshing ketar .../ 
[1, 107] 
= 12 a 
Keltirilgan to’rtlikning har bir misrasi 
12
bo’g’indan iborat. Turoqlanish 
tartibi: 
4+4+4=12
. Sodda vaznda. Nomlanishi: 
4+4-4 turoqli vaznda yozilgan 12 
turkumli to’rtlik
. To’rtlikdagi birinchi, ikkinchi va to’rtinchi misralar o’zaro 
qofiyalashgan. Uchinchi misra ochiq qolgan. Qofiyadosh so’zlar: 
rahbar – xatar - 
ketar
. She’rning qofiyalanish tartibi:
a-a-b-a
. Ko’rinib turibdiki, ushbu 
to’rtlikning turoqlanish va qofiyalanish tartibi yuqorida keltirilgan ikkala 
to’rtlikdan farq qiladi. Ushbu to’rtlikning qofiyalanish tartibi mumtoz 
adabiyotimizdagi xosiy ruboiy va tuyuqning qofiyalanish tartibiga o’xshaydi. 
Biroq bu to’rtlikni xosiy ruboiy deb bo’lmaydi. Chunki “
Ruboiy – Sharq mumtoz 
she’riyatida keng tarqalgan lirik janr, hazaj bahrining axrab va axram 
shajaralarida yozilib, ko’proq a-a-b-a tarzida qofiyalanuvchi to’rt misrali 
mustaqil lirik asar.” [7, 262].
Bu to’rtlikni tuyuq ham deb bo’lmaydi. Chunki 
“Tuyuq – turkiy xalqlar 
she’riyatidagi to’rt misralik, tajnisli qofiyaga asoslangan, ramali musaddasi 
maqsur (kamdan-kam hollarda ramali musaddasi mahzuf) vaznida yoziluvchi lirik 
janr. Tuyuqlar ko’proq a-a-b-a tarzida qofiyalanadi, shuningdek, a-a-a-a yoki a-b-
v-b qofiyalangan ko’rinishlari ham mavjud” [7, 338].
Ma’lum bo’ladiki, tuyuq aruz she’riy tizimining ramal bahrida yozilar va 
omonim so’zlar vositasida qofiyalanar ekan. Keltirilgan to’rtlik esa, barmoq 
she’riy tizimining sodda vaznida bitilgan va omonim so’zlar bilan qofiyalanmagan.
To’rtlikda shoir ajoyib so’z o’yinlarini vujudga keltiruvchi badiiy 
san’atlardan foydalangan. Ushbu to’rtlikda, avvalo, iyhom san’atini kuzatish 
mumkin. “
Iyhom san’ati deb baytdagi biror so’zni ikki yoki uch ma’noda ishlatish 
usuliga aytiladi. Iyhom san’atini qo’llagan shoir shunday yo’l tutadiki, ko’p 
ma’noli so’zning har bir ma’nosiga misra mazmuni muvofiq keladi

[6, 8]. 
She’rning birinchi misrasidagi “
bir to’p boshsiz odamga
” iborasi ikki ma’noda 
qo’llanmoqda. Birinchisi, bir to’p rahbari bo’lmagan odamga, ikkinchisi, bir to’p 
aqli yo’q odamga. She’rning to’rtinchi misrasidagi “boshing ketar” iborasi ham 
ikki xil mazmunda. Birinchisi, aqlingdan ayrilasan, ikkinchisi, boshingga etishadi. 
She’rning mazmuni: Agar bir to’p aqli yo’q odamga rahbar bo’lsang, Xudo, deb 
yur, chunki aqlsiz odamlar bilan ishlash xavfli. Ularga haqiqatni anglatadigan 
bo’lsang, tushunishmaydi, aksincha, sening o’zingning boshingga etishadi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin