514
Farg‘ona hududida XVIII asr boshlarida minglar sulolasi hukmronlikni qo‘lga
olib, Qo‘qon qishlog‘i (keyinchalik Qo‘qon shahri)ni o‘ziga poytaxt deb tanladi.
Natijada bu davlat Qo‘qon xonligi deb yuritildi. Qo‘qon xonligiga asos solgan
Shohruhbiydan keyingi o‘n birinchi hukmdor – Amir Umarxon davrida Qo‘qon
adabiy muhitiga asos solindi. Qo‘qon adabiy
muhiti boshqa mavjud adabiy
muhitlardan o‘ziga xosligi - unda o‘zbek tilining etakchiligi,
zullisonaynlik,
mumtoz salaflar ta’siri va ularga izdoshlik kabi xususiyatlari bilan mezonlanadi.
Uning yuzlab vakillari milliy adabiyot tarixida o‘zining ovozi, yo‘nalishi, mahorati
bilan alohida ijodkor obraz sifatida e’tirof etiladi. Qo‘qon adabiy muhitining
yorqin ijodkori Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1859-1909) o‘zbek
adabiyotida ma’rifatparvarlik g‘oyalar talqinchisi sifatida tanilgan. “Manbalarning
guvohlik berishicha, Furqat tariqat ahlidan bo‘lgan. Sakkiz yoshidanoq Farididdin
Attorning “Mantiq ut-tayr”ini
asliyatda mutolaa qilgan, tasavvuf ta’limotining
inson kamolotida tutgan muhim ahamiyatini bolaligidanoq anglagan. “Ahvolot”da
shoirning o‘zi bu haqda shunday yozadi: “...vaqtim xomasi hayotim yuzidin sakkiz
raqamni chekti, zehnim tayri “Mantiq ut-tayr” kitobig‘a notiq bo‘ldi. Olti oy
bolupar urub qushlar hikoyatini xotima oshyonasig‘a qo‘ndurdum”
(“Turkiston
viloyatining gazeti”, 1891 yil 12 mart, № 10
).” [ 5.1-b]”.
Bu kabi qimmatli
ma’lumotlar nafaqat shoir shaxsiyati tanishda, balki uning lirik asarlari mohiyatini
anglashda ham muhim ahamiyatlidir. Shu nuqtai nazardan,
quyida shoirning
“Masti bodai husning...” deb boshlanuvchi g‘azali bilan tanishib, uning g‘oyaviy
tahliliga baholi qudrat qo‘l uramiz.
Masti bodai husning bo‘lmag‘on nechuk jondur?
Aqlini berib barbod, jumla xalq hayrondur.
Loladek jamolingni bir yo‘li ko‘rib zohid,
Necha yilg‘i zuhdidin dog‘ o‘lub, pushaymondur.
Aylayin fido
ming jon, qo‘y qadam yuzim uzra,
Ko‘zga gardi na’lingni surmai Sulaymondur.
Orazing ziyosidin kechalar bo‘lub ravshan,
Xatlaring savodidin garchi zulmatistondur.
Bog‘ aro xirom etsang barcha el ko‘rib aytur,
“Hur erurki jannatdin er yuzig‘a tushkondur”.
Qomatingni naxlidin sarv o‘lub xijolatrez,
Xil’ating bahoridin munfail gulistondur.
515
Ja’di anbarin zulfing har xamu shikanjida,
Ming asir men yanglig‘ xotiri parishondur.
YUzlaring guli ahmar gulshani malohatda,
Gulni shoxidek qadding har tarafga larzondur.
Furqatiy dilafgoring telba, ofiyat topgay,
Ko‘zlaringki, har soat qon to‘karga maylondur.
Dostları ilə paylaş: