Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   431
Anjuman Boku (6)

Türk 
Destanlarında 
Tipler 
ve 
Motifler

https://www.turkedebiyati.org/turk-destanlarinda-tipler-motifler.html
 
Kullanma 
tarihi: 05.11.2021 


53 
TURKIY XALQLAR TOPISHMOQLARI TARIXINING 
MUSHTARAKLIGI 
 
Munis JO’RAEVA

O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti katta ilmiy xodimi,
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD) 
(O‘zbekiston)
Annotasiya: 
Ushbu maqolada umumturkiy folьklorshunoslikda ahamiyatga 
ega bo’lgan topishmoq janri tarixini o’rganilishiga oid ba’zi ma’lumotlar berilgan. 
Yillar davomida deyarli o’zgarishga uchramay yashab kelayotgan turkiy xalqlar 
topishmoqlarining tarixiy asoslari mushtarak ekanligi yoritilgan.
 
Kalit so’zlar: 
folьklor, topishmoq, turkiy xalqlar, «Kodeks kumanikus», 
qiyosiy-tipologik, tarixiy-tadrijiy. 
Аннотация: 
В данной статье представлены некоторые сведения об 
истории жанра загадки, имеющего важное значение в общетюркском 
фольклористике. Объясняется, что исторические основы загадок тюркских 
народов, живущих почти в неизменном виде на протяжении многих лет, 
являются общими. 
 
Ключевые слова:
фольклор, загадка, тюркских народностей, «Кодекс 
куманикус», сравнительно-типологический, историко-эволюционный. 
Resume: 
This article presents some information about the history of the 
riddle genre, which is of great importance in the pan-Turkic folklore. It is 
explained that the historical foundations of the mysteries of the Turkic peoples, 
living almost unchanged for many years, are common. 
 
Key words:
folklore, riddle, Turkic peoples, “Codex Cumanicus”, 
comparative-typological, historical-evolutionary. 
Ma’lumki, azal-azaldan turkiy xalqlarning tili, dini, urf-odat va marosimlari, 
qadriyat va an’analari mushtarak bo’lib, davrlar o’tishi bilan ayrim o’ziga xosliklar 
shakllangan. Qadimdan yonma-yon yashagan turkiy xalqlarning folьklori ham 
o’zaro ta’sir va adabiy aloqalar natijasida taraqqiy etgan, bir-birini boyitgan. Bu 
xalqlarning folьklorini qiyosiy tipologik o’rganish umumturkiy folьklorshunoslik 
masalalarini yoritishda dolzarblik kasb etadi.
Bilamizki, turkiy xalqlar folьklorining eng qadimiy namunalari bevosita jonli 
og’zaki ijro orqali bizgacha etib kelmagan bo’lsa-da, ajdodlarimiz badiiy 
tafakkurining ko’hna namunalari yunon, xitoy, fors-tojik va arab tilida bitilgan 
yozma manbalar, zardo’shtiylikning mo’’tabar kitobi «Avesto», shuningdek, 
Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari, O’rta asrlarda yaratilgan 


54 
ko’plab adabiy, ilmiy va ma’rifiy asarlardan o’rin olganligi xarakterlidir. Shuning 
uchun ham u yoki bu folьklor janrining shakllanish jarayoni va tarixiy-tadrijiy 
rivoji masalasini o’rganishda yozma manbalar orqali saqlanib qolgan qadimgi 
folьklor materiallari muhim ilmiy qimmatga ega. Zero, topishmoqlarning 
to’planishi va ommalashtirilishi tarixi xususida so’z yuritganda ham yozma 
manbalardan joy olgan topishmoq janriga mansub folьklor materiallarini nazardan 
soqit qilmaslik kerak bo’ladi. 
Ma’lumki, topishmoq xalq og’zaki badiiy ijodining eng keng tarqalgan va 
ayni paytda, nihoyatda qadimiy janrlaridan biri sanaladi. Topishmoq turkiy xalqlar 
folьklorining qadimiy janrlaridan biridir. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu 
lug’otit turk» asarida topishmoq terminining «tabuzug’» atamasi keltirilganligi 
ham shu fikrni tasdiqlaydi. Garchi bu manbada biror topishmoq matni mavjud 
bo’lmasa-da, “tabuzug’ tabuzdïm”, ya’ni “Men undan bir topishmoqni 
so’radim”[14, 429.] birikmasining qayd etilishi XI asrda topishmoq aytish an’anasi 
keng rivojlanganligidan dalolat beradi. XIII-XIV asrlarga oid yozma manbalardagi 
folьklor materiallari esa o’rta asrlardayoq topishmoqlarni to’plash va 
ommalashtirishga 
kirishilganligini 
ko’rsatadi.
Nosiruddin 
Burhonuddin 
Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida keltirilgan «Qamug’ to’nlar yigna birla 
tikilur, azinlarni o’rtar, ammo o’zi yolang qolur»[15, 118.] jumlasini tahlil qilgan 
atoqli olim H.Zarifov bu o’rinda javobi «igna» bo’lgan «Hammaga to’n tikadi, o’zi 
yalang’och qoladi» topishmog’i o’z ifodasini topgan deb hisoblaydi.[7, 91.]
Bizningcha, ushbu manbadagi «kendu chirog’ mengizlik o’zi yonar, o’zgalarga 
yorug’luq berur» jumlasi ham aslida chiroq haqidagi topishmoqning hikmatga 
aylantirilgan talqinidir. 
Turkiy xalqlar topishmoqlarining shakllanishi va rivojlanishini o’rganishda 
turkolog olimlar tomonidan «Kodeks kumanikus» nomi bilan atalgan XIII-XIV 
asrlar yozma yodgorligida keltirilgan folьklor materiallari muhim ilmiy qimmatga 
ega. CHunki bu asar turkiy xalqlarning topishmoqlari jamlangan eng qadimiy 
yozma manba bo’lib, unda keltirilgan jumboqlarning deyarli barchasi bugungi 
turkiy xalqlar folьklorida saqlanib qolganligi bois, topishmoq janrining tarixiy 
taraqqiyotini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’z-o’zidan ana shu 
manbaga suyanib ish ko’rishni taqozo etadi.
«Kodeks kumanikus» italьyan va nemis missionerlari tomonidan qipchoq 
lahjasida so’zlashuvchi turkiy qavmlardan yozib olingan til materiallari asosida 
Qrimdagi Solxat (bu joy hozirgi kunda «Eski Qrim» deb yuritiladi) qishlog’ida 
1294-1295 yillarda yaratilgan. Qadimgi qipchoq lahjasiga oid 1300 so’zni o’z 
ichiga olgan bu asar tuzilishiga ko’ra, «lotincha-forscha-kuman(qipchoq)cha 
lug’at» hamda «kuman(qipchoq)cha-nemischa lug’at» bo’lib, “qo’lyozmaning asl 
nusxasi bugungi kunda Venesiyadagi Marchana milliy kutubxonasida DXLIX 


55 
(№549) katalog raqami bilan ro’yxatga olingan, u №1597 xona raqami bilan 
saqlanadi[6, 13.]. 
Peterburg universitetining tarix-filologiya fakulьtetida o’qigan V.V. Radlov 
«Kodeks kumanikus»dagi lug’aviy birliklarni tadqiq etishga kirishib, shu asosda 
«kuman» (qipchoq)lar tili xususida nazariy xulosalar chiqarishga harakat 
qilgan[16, 48]. U 1886 yilda bu asarni nemis tiliga tarjima qilib, bir yildan keyin 
nashr ettirgan[17, 2-5]. SHundan keyin «Kodeks kumanikus»da topishmoqlar 
mavjudligi A.N. Samoylovich[18, 86-89] va S.E. Malov[11, 347-375] kabi olimlar 
tomonidan qayd etilgan. 1932 yilda turk olimi N.Osim «Kodeks kumanikus»dagi 
olti topishmoqni turk tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi[1, 381-383]. 2000 yilda 
«Kodeks kumanikus»ning faksimile nashrini amalga oshirgan[4, 87] rumin olimi 
V.Drimbaning ayrim tadqiqotlarida ham topishmoqlar tahlilga tortilgan. 2004 yilda 
qadimgi qipchoq yozma yodgorliklarining tadqiqotchisi A.Garkavesning «Kodeks 
kumanikus»ga bag’ishlangan tadqiqoti nashr etildi[3, 85]. Asarning rus tilidagi 
to’la nashri 2006 yilda atigi 350 nusxada chop ettirildi[9, 88]. Endilikda o’zbek 
olimi B.Jafarovning “Kodeks kumanikus”ga bag’ishlangan tadqiqotlari yuzaga 
keldi[5]. 
Turkiy xalqlarning tili va folьklorini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat 
qiladigan bu asarda qayroq, turna, uzangi, kirpi (tipratikan), kema, pichoq, it va 
boshqa narsalar to’g’risidagi 47 ta topishmoq keltirilgan. «Kodeks kumanikus»dagi 
bu topishmoqlar jahon folьklorshunosligida «kuman topishmoqlari» deb 
nomlanadi. «Kodeks kumanikus»dagi topishmoqlarning o’ziga xos xususiyatlari va 
ularning turkiy xalqlar folьkloridagi variantlarini qiyosiy tadqiq etishga ilk bor 
e’tibor qaratgan olim A.Inondir. U o’zining «Kodeks kumanikus»dagi 
topishmoqlarga doir» nomli maqolasida ushbu manbadagi olti topishmoqni tahlil 
qilgan[8, 353-358]. 1966 yilda amerikalik olim A.Titsening «kuman 
topishmoqlari»ni turkiy xalqlar folьklori bilan qiyoslab o’rganishga bag’ishlangan 
tadqiqoti chop ettirildi [20, 158]. Bu asarda «Kodeks kumanikus»dagi 
topishmoqlarning turkiy xalqlar folьkloridagi ko’plab namunalari qiyoslangan.
Turkiy xalqlar topishmoqlarining tarixiy-tadrijiy rivojiga doir muhim 
xulosalar chiqarishga asos bo’ladigan bu materiallar folьkloristik nuqtai nazardan 
maxsus tadqiq etilmagan bo’lsa-da, tatar olimlarining asarlarida ushbu manbadagi 
ayrim topishmoqlarning XX asrda yozib olingan jumboqlar bilan o’xshashligi qayd 
etilgan[2]. Shuningdek, «Kodeks kumanikus»ning til xususiyatlarini tadqiq etgan 
qozoq olimi A.Qurishjanovning bir maqolasida «kuman topishmoqlari»ning 
o’rganilishi masalasiga to’xtalib o’tilgan[10, 167-176]. 
Tatar xalq topishmoqlarining o’ziga xos xususiyatlari, genezisi va poetikasini 
tadqiq etgan folьklorshunos olim X.Maxmutov o’zining bir qator maqolalarida 
«Kodeks kumanikus»dagi topishmoqlarning tatar xalq og’zaki ijodida uchraydigan 


56 
o’xshash namunalarini qiyosiy tahlilga tortgan[12, 157-164]. Olim to’g’ri qayd 
etganidek, «Kodeks kumanikus» turkiy xalqlarning mushtarak yozma yodgorligi 
bo’lib, undagi folьklor materiallari qozoq, boshqird, ozarbayjon, tatar, turkman va 
boshqa ko’plab turkiy xalqlar og’zaki badiiy ijodiga bevosita daxldor hisoblanadi. 
Zero, «kuman topishmoqlari»ning aksariyati turkiy xalqlar orasida hozirga qadar 
saqlanib kelmoqda»[13, 87]. 
Ma’lum bo’lishicha, o’zbek xalq topishmoqlari orasida XIII-XIV asrlardan 
buyon o’zining poetik shaklini deyarli o’zgartirmasdan, aynan saqlanib kelayotgan 
namunalar ham anchaginani tashkil etar ekan. «Kodeks kumanikus»ning 1966 
yilda amerikalik olim A.Titse tomonidan chop ettirilgan[20, 158] namunasida «VI» 
raqami ostida tavsiflangan «

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin