Türk
Destanlarında
Tipler
ve
Motifler
,
https://www.turkedebiyati.org/turk-destanlarinda-tipler-motifler.html
Kullanma
tarihi: 05.11.2021
53
TURKIY XALQLAR TOPISHMOQLARI TARIXINING
MUSHTARAKLIGI
Munis JO’RAEVA
,
O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti katta ilmiy xodimi,
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD)
(O‘zbekiston)
Annotasiya:
Ushbu maqolada umumturkiy folьklorshunoslikda ahamiyatga
ega bo’lgan topishmoq janri tarixini o’rganilishiga oid ba’zi ma’lumotlar berilgan.
Yillar davomida deyarli o’zgarishga uchramay yashab kelayotgan turkiy xalqlar
topishmoqlarining tarixiy asoslari mushtarak ekanligi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
folьklor, topishmoq, turkiy xalqlar, «Kodeks kumanikus»,
qiyosiy-tipologik, tarixiy-tadrijiy.
Аннотация:
В данной статье представлены некоторые сведения об
истории жанра загадки, имеющего важное значение в общетюркском
фольклористике. Объясняется, что исторические основы загадок тюркских
народов, живущих почти в неизменном виде на протяжении многих лет,
являются общими.
Ключевые слова:
фольклор, загадка, тюркских народностей, «Кодекс
куманикус», сравнительно-типологический, историко-эволюционный.
Resume:
This article presents some information about the history of the
riddle genre, which is of great importance in the pan-Turkic folklore. It is
explained that the historical foundations of the mysteries of the Turkic peoples,
living almost unchanged for many years, are common.
Key words:
folklore, riddle, Turkic peoples, “Codex Cumanicus”,
comparative-typological, historical-evolutionary.
Ma’lumki, azal-azaldan turkiy xalqlarning tili, dini, urf-odat va marosimlari,
qadriyat va an’analari mushtarak bo’lib, davrlar o’tishi bilan ayrim o’ziga xosliklar
shakllangan. Qadimdan yonma-yon yashagan turkiy xalqlarning folьklori ham
o’zaro ta’sir va adabiy aloqalar natijasida taraqqiy etgan, bir-birini boyitgan. Bu
xalqlarning folьklorini qiyosiy tipologik o’rganish umumturkiy folьklorshunoslik
masalalarini yoritishda dolzarblik kasb etadi.
Bilamizki, turkiy xalqlar folьklorining eng qadimiy namunalari bevosita jonli
og’zaki ijro orqali bizgacha etib kelmagan bo’lsa-da, ajdodlarimiz badiiy
tafakkurining ko’hna namunalari yunon, xitoy, fors-tojik va arab tilida bitilgan
yozma manbalar, zardo’shtiylikning mo’’tabar kitobi «Avesto», shuningdek,
Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari, O’rta asrlarda yaratilgan
54
ko’plab adabiy, ilmiy va ma’rifiy asarlardan o’rin olganligi xarakterlidir. Shuning
uchun ham u yoki bu folьklor janrining shakllanish jarayoni va tarixiy-tadrijiy
rivoji masalasini o’rganishda yozma manbalar orqali saqlanib qolgan qadimgi
folьklor materiallari muhim ilmiy qimmatga ega. Zero, topishmoqlarning
to’planishi va ommalashtirilishi tarixi xususida so’z yuritganda ham yozma
manbalardan joy olgan topishmoq janriga mansub folьklor materiallarini nazardan
soqit qilmaslik kerak bo’ladi.
Ma’lumki, topishmoq xalq og’zaki badiiy ijodining eng keng tarqalgan va
ayni paytda, nihoyatda qadimiy janrlaridan biri sanaladi. Topishmoq turkiy xalqlar
folьklorining qadimiy janrlaridan biridir. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu
lug’otit turk» asarida topishmoq terminining «tabuzug’» atamasi keltirilganligi
ham shu fikrni tasdiqlaydi. Garchi bu manbada biror topishmoq matni mavjud
bo’lmasa-da, “tabuzug’ tabuzdïm”, ya’ni “Men undan bir topishmoqni
so’radim”[14, 429.] birikmasining qayd etilishi XI asrda topishmoq aytish an’anasi
keng rivojlanganligidan dalolat beradi. XIII-XIV asrlarga oid yozma manbalardagi
folьklor materiallari esa o’rta asrlardayoq topishmoqlarni to’plash va
ommalashtirishga
kirishilganligini
ko’rsatadi.
Nosiruddin
Burhonuddin
Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida keltirilgan «Qamug’ to’nlar yigna birla
tikilur, azinlarni o’rtar, ammo o’zi yolang qolur»[15, 118.] jumlasini tahlil qilgan
atoqli olim H.Zarifov bu o’rinda javobi «igna» bo’lgan «Hammaga to’n tikadi, o’zi
yalang’och qoladi» topishmog’i o’z ifodasini topgan deb hisoblaydi.[7, 91.]
Bizningcha, ushbu manbadagi «kendu chirog’ mengizlik o’zi yonar, o’zgalarga
yorug’luq berur» jumlasi ham aslida chiroq haqidagi topishmoqning hikmatga
aylantirilgan talqinidir.
Turkiy xalqlar topishmoqlarining shakllanishi va rivojlanishini o’rganishda
turkolog olimlar tomonidan «Kodeks kumanikus» nomi bilan atalgan XIII-XIV
asrlar yozma yodgorligida keltirilgan folьklor materiallari muhim ilmiy qimmatga
ega. CHunki bu asar turkiy xalqlarning topishmoqlari jamlangan eng qadimiy
yozma manba bo’lib, unda keltirilgan jumboqlarning deyarli barchasi bugungi
turkiy xalqlar folьklorida saqlanib qolganligi bois, topishmoq janrining tarixiy
taraqqiyotini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’z-o’zidan ana shu
manbaga suyanib ish ko’rishni taqozo etadi.
«Kodeks kumanikus» italьyan va nemis missionerlari tomonidan qipchoq
lahjasida so’zlashuvchi turkiy qavmlardan yozib olingan til materiallari asosida
Qrimdagi Solxat (bu joy hozirgi kunda «Eski Qrim» deb yuritiladi) qishlog’ida
1294-1295 yillarda yaratilgan. Qadimgi qipchoq lahjasiga oid 1300 so’zni o’z
ichiga olgan bu asar tuzilishiga ko’ra, «lotincha-forscha-kuman(qipchoq)cha
lug’at» hamda «kuman(qipchoq)cha-nemischa lug’at» bo’lib, “qo’lyozmaning asl
nusxasi bugungi kunda Venesiyadagi Marchana milliy kutubxonasida DXLIX
55
(№549) katalog raqami bilan ro’yxatga olingan, u №1597 xona raqami bilan
saqlanadi[6, 13.].
Peterburg universitetining tarix-filologiya fakulьtetida o’qigan V.V. Radlov
«Kodeks kumanikus»dagi lug’aviy birliklarni tadqiq etishga kirishib, shu asosda
«kuman» (qipchoq)lar tili xususida nazariy xulosalar chiqarishga harakat
qilgan[16, 48]. U 1886 yilda bu asarni nemis tiliga tarjima qilib, bir yildan keyin
nashr ettirgan[17, 2-5]. SHundan keyin «Kodeks kumanikus»da topishmoqlar
mavjudligi A.N. Samoylovich[18, 86-89] va S.E. Malov[11, 347-375] kabi olimlar
tomonidan qayd etilgan. 1932 yilda turk olimi N.Osim «Kodeks kumanikus»dagi
olti topishmoqni turk tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi[1, 381-383]. 2000 yilda
«Kodeks kumanikus»ning faksimile nashrini amalga oshirgan[4, 87] rumin olimi
V.Drimbaning ayrim tadqiqotlarida ham topishmoqlar tahlilga tortilgan. 2004 yilda
qadimgi qipchoq yozma yodgorliklarining tadqiqotchisi A.Garkavesning «Kodeks
kumanikus»ga bag’ishlangan tadqiqoti nashr etildi[3, 85]. Asarning rus tilidagi
to’la nashri 2006 yilda atigi 350 nusxada chop ettirildi[9, 88]. Endilikda o’zbek
olimi B.Jafarovning “Kodeks kumanikus”ga bag’ishlangan tadqiqotlari yuzaga
keldi[5].
Turkiy xalqlarning tili va folьklorini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat
qiladigan bu asarda qayroq, turna, uzangi, kirpi (tipratikan), kema, pichoq, it va
boshqa narsalar to’g’risidagi 47 ta topishmoq keltirilgan. «Kodeks kumanikus»dagi
bu topishmoqlar jahon folьklorshunosligida «kuman topishmoqlari» deb
nomlanadi. «Kodeks kumanikus»dagi topishmoqlarning o’ziga xos xususiyatlari va
ularning turkiy xalqlar folьkloridagi variantlarini qiyosiy tadqiq etishga ilk bor
e’tibor qaratgan olim A.Inondir. U o’zining «Kodeks kumanikus»dagi
topishmoqlarga doir» nomli maqolasida ushbu manbadagi olti topishmoqni tahlil
qilgan[8, 353-358]. 1966 yilda amerikalik olim A.Titsening «kuman
topishmoqlari»ni turkiy xalqlar folьklori bilan qiyoslab o’rganishga bag’ishlangan
tadqiqoti chop ettirildi [20, 158]. Bu asarda «Kodeks kumanikus»dagi
topishmoqlarning turkiy xalqlar folьkloridagi ko’plab namunalari qiyoslangan.
Turkiy xalqlar topishmoqlarining tarixiy-tadrijiy rivojiga doir muhim
xulosalar chiqarishga asos bo’ladigan bu materiallar folьkloristik nuqtai nazardan
maxsus tadqiq etilmagan bo’lsa-da, tatar olimlarining asarlarida ushbu manbadagi
ayrim topishmoqlarning XX asrda yozib olingan jumboqlar bilan o’xshashligi qayd
etilgan[2]. Shuningdek, «Kodeks kumanikus»ning til xususiyatlarini tadqiq etgan
qozoq olimi A.Qurishjanovning bir maqolasida «kuman topishmoqlari»ning
o’rganilishi masalasiga to’xtalib o’tilgan[10, 167-176].
Tatar xalq topishmoqlarining o’ziga xos xususiyatlari, genezisi va poetikasini
tadqiq etgan folьklorshunos olim X.Maxmutov o’zining bir qator maqolalarida
«Kodeks kumanikus»dagi topishmoqlarning tatar xalq og’zaki ijodida uchraydigan
56
o’xshash namunalarini qiyosiy tahlilga tortgan[12, 157-164]. Olim to’g’ri qayd
etganidek, «Kodeks kumanikus» turkiy xalqlarning mushtarak yozma yodgorligi
bo’lib, undagi folьklor materiallari qozoq, boshqird, ozarbayjon, tatar, turkman va
boshqa ko’plab turkiy xalqlar og’zaki badiiy ijodiga bevosita daxldor hisoblanadi.
Zero, «kuman topishmoqlari»ning aksariyati turkiy xalqlar orasida hozirga qadar
saqlanib kelmoqda»[13, 87].
Ma’lum bo’lishicha, o’zbek xalq topishmoqlari orasida XIII-XIV asrlardan
buyon o’zining poetik shaklini deyarli o’zgartirmasdan, aynan saqlanib kelayotgan
namunalar ham anchaginani tashkil etar ekan. «Kodeks kumanikus»ning 1966
yilda amerikalik olim A.Titse tomonidan chop ettirilgan[20, 158] namunasida «VI»
raqami ostida tavsiflangan «
Dostları ilə paylaş: |