Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ak k'üjmäniң ayzu jok
» topishmog’ining javobi «ol 
jumurtka» deyilgan. O’zbek folьklorida mazkur topishmoqning «Oq quymonning 
og’zi yo’q» (tuxum) tarzidagi shakli mavjud. Topishmoq matnida qo’llanilgan 
«quymon» so’zi tuxumga un va moy aralashtirib pishiriladigan taom nomi bo’lib, 
buxoroliklar shevasida uning «quymon», «chimchaquymon» kabi turlari 
tayyorlanadi. Bu atama adabiy tildagi «quymoq» leksemasi bilan o’zakdosh 
so’zdir.
Ammo ushbu qadimiy topishmoqning yuzaga kelishiga asos bo’lgan 
metaforik nutqda taom ma’nosini bildiruvchi so’z asosga olingan emas. CHunki 
tilshunos olim S.E.Malov «Kodeks kumanikus»dagi mazkur topishmoqni rus tiliga 
tarjima qilish jarayonida «k'üj» elementini «shakl», «forma» tarzida tushungani 
uchun jumboqni «Po vidu belas kostь, no bez soska» deb o’girgan[11, 355].
Folьklorshunos X.Maxmutov esa «k'üjmä» so’zi ko’chmanchi turkiylar hayotida 
muhim rolь o’ynagan «o’tov» ma’nosida qo’llanilgan bo’lishi kerak deb 
hisoblaydi[13, 88]. Taniqli olim V.Bang ushbu so’zni «küy-mening» tarzida 
o’qishi xato ekanligini qayd etgan Abdulqodir Inonning yozishicha, «köyme» so’zi 
eski boshqird tilida (ertak va hikoyatlarda anglatgan ma’nosiga ko’ra) usti 
qubbasimon aroba shaklidagi kelin chodiri ma’nosida qo’llanilgan. YUqoridagi 
topishmoqning esa qozoq folьklorida «Ay dalada ak otav avzi-murni çok otav», 
«Bir kubbe gördüm, elledikçe paralanur», «Bir ajoyib kubbe gördüm, bassam alni 
yarilir», qirg’iz xalq ijodida esa «Ay dalada ak sandik, ozu-murdu cok sandik» 
tarzidagi shakllari mavjuddir[8, 358].
Tuxum haqidagi topishmoqlarning o’zbek folьklorida qayd qilingan «
Oq 
o’tov, og’zi butov
»,[19, 71] «
Mening bir o’tovim bor, oynasi, eshigi yo’q
» [19, 71], 
«
Oy dalada oq o’tov, Og’zi,
burni yo’q o’tov
» [19, 71] kabi namunalari ham ana 
shu qadimiy jumboq matni asosida yuzaga kelgan. Ko’rinadiki, javobi «tuxum» 
bo’lgan topishmoq o’zining tarixiy taraqqiyoti davomida nomi yashirin tutilgan 
predmet (tuxum)ning rang belgisi (oq), shakli (o’tovsimon shaklga egaligi) hamda 
teshigi yo’qligi («og’zi yo’q») kabi xususiyatlari o’zgarmasdan saqlanib qolgan.


57 
Xulosa qilib aytganda, turkiy xalqlar topishmoqlarining tarixiy asoslari 
g’oyat qadimiydir. Genetik jihatdan turkiy xalqlar folьkloridagi jumboqlar umumiy 
negizga ega. «Kodeks kumanikus»da keltirilgan topishmoqlarning turkiy xalqlar 
og’zaki badiiy ijodida qayd etilgan variantlarini qiyosiy tahlil qilish esa 
topishmoqlar o’zining tadrijiy rivoji davomida an’anaviy badiiy qurilishi va poetik 
vositalarini asosan turg’un holda saqlab kelganligini ko’rsatdi. Bu yozma manbada 
keltirilgan topishmoqlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan tadqiq etish turkiy xalqlar 
topishmoqlarining genezisi, tipologiyasi va badiiy evolyusiyasini yoritishning 
muhim vositalaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin