Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


maqol erdi va mujibi lutfi kalomi farxunda maol”



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   431
Anjuman Boku (6)

maqol erdi va mujibi lutfi kalomi farxunda maol”

Darhaqiqat, Alloh taolo insonni barcha mavjudotlardan ziyoda tarzda siylab, 
unga nutq ato qildi, ong berdi va qalbini inja hissiyotlarga to’ldirib qo’ydi. Inson 
o’z ongi yordamida o’z Yaratuvchisini tanidi, olamni idrok etdi, undagi turfa 
alomatlarni – belgi-ishoratlarni angladi, o’z-o’zini bilmoqqa intildi va o’zini topdi, 
o’zligini tanidi. Bu jarayonda ongida yuzaga kelgan fikrlarni va ko’nglida kechgan 
hissiyotlarni u Yaratganning ulug’ in’omi – So’zda ifoda etdi. Navoiyning so’z 
haqidagi nasriy mushohadalari ushbu ruboiy bilan mustahkamlanadi:
So’zdurki nishon berur o’lukka jondin, 
So’zdurki berur jong’a xabar jonondin, 
Insonni so’z ayladi judo hayvondin, 
Bilkim, guhare sharifroq yo’q ondin. 
“Alisher Navoiy estetikasining dasturiga aylangan “Insonning guhari 
shariflig’i”, ya’ni yaralmish zotlar ichida mukarram va ulug’ligi so’z bilan 
deyilishining asosi shundaki, So’z bilan ziynatlangan go’zal va mukammal tarzda 
yaratilgan Inson o’zining eng go’zal so’zini, eng samimiy va tabiiy tuyg’ularini 
Yaratganga bag’ishlaydi, unga hamdu munojotlar aytadi, Xoliq bilan yuzma-yuz 
muloqotdagina yuzaga chiqarishi tabiiy bir holdir”[3.10].
Buyuk mutafakkir so’zni uch qismga ajratadi: yuqori (a’lo), o’rta (avsat) va 
past (adno) darajalarda qo’llaniladigan so’zlar. So’ng ularning har biriga to’liq 
ta’rif beradi va shunday xulosaga keladi:
Rif’at aro favqi Arshi a’zam so’z emish, 
Jonbaxsh dami Masihi Maryam so’z emish,
Ma’ni durri anda barcha mudg’am so’z emish, 
Ulkim anga ma’ni o’lmag’ay ham so’z emish. 
Buyuk shoir so’z xususida mulohaza yuritar ekan, uni bir guliston bog’ga 
o’xshatib, u erda jon bag’ishlovchi, yoqimli hid taratuvchi chiroyli daraxtlar va 
dilga orom baxsh etuvchi rang-barang xushbo’y o’simliklar bilan birga foydasiz 
xasu xashak, hatto zararli va xavfli tikanlar ham bor ekanini ta’kidlaydi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin