Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1.Isajon Sulton nasri badiiyati //Ilmiy maqolalar, taqrizlar, adabiy suhbatlar, 
maktublar. - T.: “Turon zamin ziyo”.2017. – 308 s.
2.O.Safarov. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. T.:2010. 
3.http://kh-davron.uz 
 


604 
MILLIYLIKNI IFODALASHDA PEYZAJNING O’RNI 
Shahnoza Jumanova, 
Qo’qon Universiteti o’qituvchisi,
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 
 
Annotatsiya. 
Maqolada peyzaj - hayotni aks ettirishning muhim vositasi 
sifatidagi ilk ko’rinishlari, adabiyotning turli xil metod vakillari tomonidan 
qahramonlarning ruhiy holati, ular harakat qiladigan ekzotik olamni ko’rsatib 
berish uchun aynan tabiat tasvirining ahamiyati haqida fikrlar keltirilgan. 
Milliylikni ifodalashda peyzajning o’rni Usmon Azimning bir qancha she’rlari
misolida yoritib berilgan.
 
Kalit 
so’zlar:
peyzaj, 
sentimentalism, 
romantiklar, 
peyzaj 
unsurlari,milliy ifoda, xalqona ohang, milliy ruh
.
Peyzaj hayotni aks ettirishning muhim vositasi sifatida birinchi marta 
sentimentalizm va romantizm yo’nalishiga mansub ijodkorlar asarlarida qo’llanila 
boshlandi. Sentimentalistlar odatda o’z qahramonlarini odamning ruhi va his-
tuyg’ulariga yaxshi ta’sir qiladigan, shovqinli shaharga qarama-qarshi bo’lgan 
sokin, osoyishta tabiat fonida ko’rsatdilar. Romantiklar o’z qahramonlarining 
bo’ronli his-tuyg’ulari va ehtiroslarini ochib berish, qahramonlar harakat qiladigan 
ekzotik olamni ko’rsatib berish uchun tabiat manzaralari tasviri – peyzajdan 
foydalanganlar. Peyzajning ahamiyati esa realistik asarlarda eng ko’p namoyon 
bo’ldi. Usmon Azim adabiyotga kirib kelgan davr adabiyotida realizm ruhi 
hukmron edi. Shu jihatdan Usmon Azim she’riyatida tabiat manzaralari tasvirining 
mo’l-ko’lligi bejiz emas. 
Milliylikni ifoda etishda peyzaj har bir xalq she’riyatida juda muhim, ko’p 
jihatdan eng markaziy va yetakchi ro’lni bajaradi.
Bir qishloqda yashaydi o’g’lon, 
Oddiygina dehqonning o’g’li. 
U boqadi olamga hayron, 
Nelargadir to’ladi ko’ngli. [1, 31]. 
Usmon Azimning yoshlik yillarida yozilgan ushbu she’rida shoirning 
tug’ilish ibtidosiga guvoh bo’lamiz. Shoir she’rda qishloqda yashaydigan o’sha 
o’g’lonni shoir qilgan o’zini o’rab turgan qishloqning tabiati ekaniga poetik urg’u 
beradi. Bola oddiygina dehqonning o’g’li, olamga hayron boqadi, “zangor 
osmonga qarab, bir zumgina qoladi qotib”, shunda zangor osmon dehqon 
o’g’longa “nimanidir tortiq qiladi”. Bu uning shuuriga yuqtirilgan shoirlik iqtidori, 
dunyoni poetik ranglarda ko’ra olish qobiliyatidir.
Ma’ragancha qirlarda qo’zi, 
Dikir-dikir yugurgani on, 


605 
Ne uchundir lovullar ko’zi, 
Titroq ichra qoladi o’g’lon. [1, 31]. 
Qishloq tabiatining go’zal va sodda manzarasi shoir qalbining ilk hayratlari 
mevasidir. U quvonchdan hayqiradi, ba’zan “sharsharalar aqlini oladi”, sharshara 
birdan nimanidir dehqon o’g’lonning jajjigina yuragiga soladi. Shunda shoir o’z 
fikrini xulosalaydi, osmon va sharshara nasib etgan o’sha "nimadir” jajji qalbda 
talvasa boshlab, “tug’iladi shunda bir shoir, she’r misoli yuragi toza”, deya o’z 
xulosasini tugallaydi. Ushbu tabiat tasviri qishloq makoniga tegishli va bu 
milliylikni ifodalagan peyzajning bir namunasi deyish imkonini beradi.
 
Peyzaj 
unsurlari har bir joyda bir xil, masalan Amerikada ham, O’zbekistonda ham bahor 
bir xil, lekin peyzajdan foydalanishda milliy ifoda bor. 
Osmonga ham otgum tosh, 
Gunohkor bo’lsa quyosh. 
Gunohkor bo’lsa quyosh, 
Qaytib tushmagaydir tosh. [1, 42]. 
Bu she’rda lirik qahramonning tabiat bilan yaqinlashuvini kuzatamiz. 
She’rdagi ta’kid biroz bo’rttirib ko’rsatilgan bo’lsa-da, unda lirik qahramon o’zini 
tabiatning bir qismi sifatida bilishini, gunohkor bo’lsa, quyoshni ham ayab 
o’tirmasligini bayon etadi. Keyingi bandda esa, osmon ham g’anim bo’lsayu, tosh 
qaytib tushsa ham parvo qilmaydi, “bir tosh tushsa tushibdi, tog’day boshimga 
manim”, deb mag’rur turadi. 
Usmon Azim she’riyatida shakliy-uslubiy izlanishlarining ijodiy davom 
etganligi sababli ham yangi va yaxshi she’rlar dunyoga kelaveradi. Shoir ijodiy 
eksperimentlardan cho’chimaydi. So’z san’atining keyingi rivoji yo’lida sezilarli 
va muhim tajribalarini amalga oshiraveradi. Bu bilan o’zbek tilining poetik 
imkoniyatlarini ham ko’p jihatdan ochib berishga muvaffaq bo’ladi. 
Bahor kelsa podachi Bolta 
Sigirlar yeb ketmasin deb, ilk boychechak boshida o’tirarkan,
Samarqandni bir ko’rmoqni istaydi.
(Uzoqda suvoriylar ufqqa ot qo’yar).
[1, 80-81]. 
“Armonsiz odam haqida hikoya” nomli ushbu she’rda oddiy qishloq 
odamlarining mo’jaz va beg’ubor orzulari borligini, lekin ularni hayot o’z 
yo’rig’iga yurgizgani – tirikchilik tashvishlari o’zi jo’n bo’lsa ham bajarish imkoni 
bo’lgan kichik orzularni amalga oshishiga yo’l qo’ymasligi aks ettirilgan. 
Bahordan keyin yoz keladi, yoz kelganda podachi Bolta “oshi halol”ini yig’ib 
qaytarkan, “qishloq ko’chasida namozshom chog’i Samarqandni bir ko’rsam”, 
deb yana xayol suradi. Kuzak kelganida podachi Bolta “huvillab kengaygan dala 
qarshisida” go’yoki “qanotsiz qush kabi qayg’uli turadi” va hasrat bilan 
“Samarqandni bir ko’rsam” deb pichirlaydi. Qish kelganida podachi Bolta “erta 


606 
tuqqan shoshqaloq sigirining buzog’i”ni olib kirarkan issiq uyiga, “yulduzlar 
charsillagan osmon”ga boqib, “Samarqandni bir ko’rsam” deb xo’rsinadi. Ammo 
hayot uning bu orzusini amalga oshishiga to’sqinlik qiladi. 
“Podachi Bolta! Bu yorug’ dunyodan armonsiz o’tdi”....
(Balki “qo’li tegmas” deb Samarqandning o’zi kelib ketgandir podachi 
Boltaning qoshiga...)
[1, 94]. 
She’rning xulosasi nihoyatda ta’sirli va ayanchli chiqqan. Shoir qishloq 
odamlarining hayotini ushbu mo’jaz she’rda bor og’riqu iztiroblari bilan tabiiy 
aks ettiradi. Ushbu she’rdagi peyzajlar o’zbek qishloqlaridagi hayotning 
umummanzarasiga o’xshaydi. Chunki o’zbek otalari, onalari farzandim deb, uyim-
joyim deb o’zlarining orzularini qurbon qilishadi. Bu jonfidolik boshqa bir makon, 
boshqa bir millatga xos odat deyish mushkul.
Usmon Azimning she’rlari orasida xalqona ohangning o’zigina emas, 
xalqning hayoti ham bo’y-bastini ko’rsatib turadi. Shoir she’rlari hayotga 
yaqinligi bilan ham e’tiborni tortadi. Milliy peyzajlar shoir tegishli bo’lgan 
geografik hududga xos tabiat manzaralarini aks ettiradi. Daho shoirlar esa o’zini 
butun insoniyatga tegishli deb biladi, umuminsoniy qamrovni ko’zda tutib, ekzotik 
peyzajlardan ham foydalanadi. Usmon Azim ijodida milliy peyzajlar shoir 
ruhiyatining o’zi tug’ilib o’sgan makon, tog’lar, dashtlar, bog’lar va boshqa tabiat 
unsurlari bilan chambarchas bog’liqligini, lirik qahramon kayfiyatidagi hayotga 
nisbatan o’chlik bevosita shoirning o’zi suv ichgan ildizlariga aloqadorligini 
ko’rsatadi:
Maysalar, tovonim, sizni sog’inar,.
Tog’lar, viqoringiz qalbimda mangu.
Qaydadir qo’zichoq bo’zlar, oh urar,
Qirlarda adashgan sog’inchimmi u?
[2, 62]. 
Ushbu she’riy parchada tasvirlangan tabiat manzarasi harakatda turibdi. 
Birinchi va ikkinchi qatordagi tasvirni tasavvur qilish uchun undalma 
yo’naltirilgan predmet bilan yo’nalmaning mazmunini bog’lash zarur. Lirik 
qahramon bir vaqtlar bolaligida maysalar ustida oyoq yalang yurganini, 
qarshisida tog’larning viqor to’kib turganini, qirlarda uyuridan adashib qolgan 
qo’zichoqning oh urib bo’zlaganini eslaydi. Qaydadir bo’zlayotgan qo’zichoqni 
“qirlarda adashgan sog’inch”ga o’xshatadi. 
Qorlar erib oqdi bu g’amli fursat.
Bu fursat eridi tog’larning toshi.
Yurak, rahming kelsin, to’g’ri yo’l ko’rsat,
Men qanday Boysunga ketay qorishib?
[2, 62]. 
Birinchi banddagi tabiat manzaralari ekzotik tasvirga ham o’xshab ketadi. 
Chunki dunyoda tog’ ko’p, qir ko’p, maysazor ko’p. Lekin keyingi bandda shoir 


607 
o’z tuyg’ularining sababchisini – ona tuprog’ini ochiqlaydi. Qorlar erib, suv 
bo’lib oqib ketishi bu umrning o’tishiga ishora. Shu yerda she’rning mazmuni 
yanada oydinlashadi. Shoir o’zi o’sib ulg’aygan, bolaligi kechgan ona yurti – 
Boysunga qaytgan. Lekin orada o’tgan yillar uni Boysunga begona qilganday 
tuyuladi.
Shundan og’ringan lirik qahramon “Men qanday Boysunga ketay qorishib?” 
deya fig’on chekadi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin