Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1.Jalolov A. O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining rivojlanish jarayoni. 
Filol.fan.dok... – Toshkent,1993. 
2.Madaminov A. Zavqiy. – Toshkent, Sharq, 2003. 
3.Pardaev Q. “Al-Isloh” va XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti. – Toshkent, 
“Mahalla va oila”, 2021. 
4.Shayxzoda M. Asarlar. Olti tomlik. Beshinchi tom. – Toshkent, Adabiyot va 
san’at, 1973. 


623 
5.Qayumov A. She’riyat jilolari. – Toshkent, “O‘qituvchi”, 1997. 

 
FUZULIYNING BADIIY MAHORATI 
Shodiyor NORMURODOV, 
Toshkent shahar Bektemir tumanidagi 
 290-maktab direktori, filolog. 

Annotatsiya:
Mazkur maqolada Muhammad Fuzuliyning badiiy mahorati, 
shoir she’rlarida badiiy san’atlarning qo’llanishi, shuningdek, uning obraz 
yaratishdagi o’ziga xos jihatlari borasida tahliliy fikrlar berilgan. 
Kalit so’zlar: 
Obraz, kolorit, peyzaj, ta’zod, talmeh, husni ta’lil, adabiy 
ta’sir, shohbayt, lisoniy, badiiyat. 
Abstract.
In this article, analytical opinions about the artistic skills of 
Muhammad Fuzuli, the retention of artistic arts in the poet's poems, as well as his 
unique aspects in creating an image are givenю 
Key words:
Image, color, landscape, literary effect, linguistic, artistic. 
Аннотация.
В данной статье даны аналитические суждения о 
художественных 
способностях 
Мухаммеда 
Фузули, 
сохранении 
художественных приемов в стихах поэта, а также его своеобразии в создании 
образа. 
Ключевые слова: 
Образ, цвет, пейзаж, литературный эффект, 
языковой, художественный. 
Turkiy adabiyot namoyondalarining badiiy mahorati shundaki, ular sharqona 
andozalarni, osori aqiqalarni, milliylikni, ayniqsa, ta’rif-u tavsifni o’ta mohirona 
ifodalay olganlar.
Atoyining nozik qochirimlari, Sakkokiyning tasvir unsurlari, Lutfiyning 
soda tili-yu, Navoiyning shohbaytlarida sharqning rang-barang turkona jilolarini 
his etamiz.
Fuzuliy she’riyati – ana shunday buloqlardan qonib, ularning haroratini 
tuyib, ulardan ilhomlanib yaralgan nazm. 
Muhammad Fuzuliy she’riyati bilan ana shu an’analarni munosib davom 
ettirdi. Shoir so’zda, ifodada nozikta’bligi bilan o’ziga xos maktab yaratdi. 
Fuzuliyning lisoniy imkoniyatlarida turkiy tilning bor jilolari ko’rinadi. 
Shoir tashbehlarida yor vasfini, hijronni, sog’inch-u ayriliqni shu qadar 
ta’sirchan ifodalar bilan beradiki, bu ta’rif-tavsiflar orqali nafaqat zohiriy, balki 
botiniy go’zallik ham tasvirlanadi. 
Fuzuliy g’azallarida, ayniqsa, ta’zod san’atining go’zal namunalaridan 
uchratamiz: 


624 
Yor qilmazsa manga jabru jafodan qayg’ri,
Man anga aylamasam mehru vafodan qayri.
49
Yor menga jabr-u jafo qilmasa, men undan mehr-u vafoni darig’ tutmayman, 
deydi lirik qahramon. Bu baytda jabr-u jafo bilan mehr-u vafo o’zaro jidlangan, 
ya’ni qarama qarshi qo’yilgan. 
Yo man ahota ilmukal ashyoa kullaho
50
Ha ibtido sanga mutasavvir, na intiho
51
Yuqoridagi baytda shir-u shakar san’ati, ya’ni ham arab tilidagi misra, ham 
turkiy misra o’zaro hamohang tarzda qo’llangan.
Mazkur bayt bevosita ilohiy ishq bilan bog’liq bo’lib, lirik qahramon 
yaratganga murojaat qiladiki, barcha ilmlarning egasi, sen na boshlangansan, na 
tugaysan. “Qur’oni karim” dagi “Ixlos” surasida ham aytiladiki: “Olloh tug’magan 
va tug’ilmagan. U yolg’iz, tanho bo’lgani uchun ham buyukdir”. 
Bu baytda ibtido va intiho tushunchalari, ya’ni boshlanish va yakunlanish 
o’zaro zidlanadi.
Muhammad Fuzuliy she’riyatida talmeh san’atidan ham samarali 
foydalanadi.
Masalan: Ilm ganji, asosini ajdaho
52
Yoki:
Ya’qubda nishonai shavqing g’am-u alam,
Yusufda nash’a nazaring behjat-u baho.
53
Birinchi baytda Muso payg’ambarning asosini ajdahoga aylantirishga qodir 
zot, keying baytda Yoqub va Yusuf payg’ambarlarning ham barcha kechmishlarini 
yozgan deya talqin etiladi. 
Yuqorida payg’ambarlar nomining keltirilishi orqali shoir talmeh san’atining 
go’zal namunalarini yaratadi.
Ey o’lib me’roj burhoni ulluvi shon sanga!
Yera inmish ko’kdan istiqbol edub Furqon sanga. 
54
Mazkur baytda esa biryo’la 2 xil san’atning omuxta qo’llanganini ko’ramiz. 
1)
“Yer” va “ko’k” so’zlari o’zaro ta’zodni, ya’ni zidlikni bildirsa; 
2)
“Furqon” so’zi – “Qur’on” ning yana bir nomi.
Shuningdek, baytdagi sen, ya’ni yaratuvchi zot, xohlasang, me’rojda, 
samoga, falakka olib chiqa olasan va aksincha, xohlasang, “Qur’on”day buyuk 
mo’jizani ko’kdan yerda tushurish qudratiga egasan, deyiladi.
Bunday betakror satrlarni Muhammad Fuzuliy she’rlarida juda ko’plab 
uchratish mumkin.
Oshiqa shavqingla jon vermak ekan mushkul dagil, 
Chun Masihi vaqtsan, jon vermak osondur sanga
55
Yuqoridagi baytda esa Iso Masih payg’ambarining nomini keltirish orqali 
49
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 291-b. 
50
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 28-b. 
51
Ma’nosi: Ey limning butun narsalarini saqlovchi 
52
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 28-b. 
53
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 28-b. 
54
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 32-b. 
55
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 34-b. 


625 
talmeh san’ati yaratilgan. 
Fuzuliy g’azallarida talmeh san’ati namunalari misolida, asosan, doston 
qahramonlari nomi: Farhod, Shirin, Layli, Majnunlar va payg’ambarlar nomi ko’p 
uchraydi. 
Shoirning mashhur quyidagi shohbayti halihanuz o’z jozibasini yo’qotgan 
emas: 
Muqavvas qoshlaringkim, bo’sma birla rang tutmishlar,
Qilichlardirki, qonlar to’kmak ila zang tutmishlar.
56
O’smadan rang olgan tutashgan qoshlar qilichga o’xshatiladi. Go’yo ular 
oshiqlarini o’ldiraverib qonlari o’zida zanglab qolgan qilichlarga qiyoslanadi. 
Odatda, sharq she’riyatida ko’zlar – jallod deb tasvirlanadi. Ammo 
Fuzuliyning mahorati shundaki, u ko’zlarni emas, aksincha, qilichga o’xshash 
qoshlarni qotillikda ayblayapti.
Bu shoir badiiyatining gultoji deyish mumkin.Bunda husni ta’lil va tashbeh 
san’ati qo’llangan. Chunki mashuqaning qotil qoshlar qonlar to’kib zanglagan 
qilichlarga o’xshatilishi – betakror tasvir jozibasini ko’rsatadi.
Yoki yana:
Ko’zi yoshlularin holing na bilsun mardumi g’ofil, 
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o’landan so’r,
57
Ya’ni ishqdan, hijrondan bexabar inson ko’z yoshlarini to’kayotgan oshiq 
holini qayerdan bilsin axir. 
Yulduzlar sayrini tunda bedor bo’lgan insongina bila oladi. 
Shoir g’azallarida kitobat san’atidan ham mahorat bilan foydalangan. 
Kitobat san’atida arab alifbosidagi harflardan ma’noni kuchaytirish uchun g’ozal 
tasvirlar yaratadi.
Sandan bo’lubdur Ahmadi mursal maqomi qurb,
Taxsini “Yo” vu “sin” ila “To” vu “Ho”. 
Yuqoridagi baytda esa Ahmad, ya’ni Muhammad alayhisalomning yana bir 
nomlarini keltirib talmeh san’ati yaratilgan bo’lsa, «Yo» vu «sin» va «To» vu 
«Ho» misralarida arab alifbosidagi harflarni sanash barobarida “Qur’oni Karim» 
dagi ikki buyuk sura «Yosin» va «Toha» suralarini ham tilga oladi.
Bunday fuziliyona shohbaytlarni juda ko’plab kuzatishimiz, keltirishimiz 
mumkin. 
Ko’rinadiki, Muhammad Fuzuliyning nafaqat turkiy adabiyotda, balki sharq 
adabiyotida ham o’rni bor. Shoirning betakror obraz yaratish mahorati, milliy 
koloritning o’ta noziklik bilan she’rlarida singdirishi natijasida uning g’azallariga 
o’ziga xos joziba kasb etadi.
Shoir yaratgan obrazlarda lirik qahramon o’ta nozik qalb egasi, nigohlarida 
ma’no mujassam, dunyoqarashidan kelib chiqib didi ham juda nozik xilqat.
G’azallardagi ifoda yo’sinida esda qolarli o’xshatishlar, sifatlashlar, 
qiyoslarni uchratasiz. Uning lirik qahramon haqida va uning yuzi, ko’zi, qoshi, 
qomati, hatto yurishi ham o’z tasvir vasitalari bor. Bu tasvirlar o’quvchiga malol 
56
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 116-b. 
57
Muhammad Fuzuliy. Asarlar. IІ jildlik. Birinchi jild devon. T – 1968. G’.G’ulom nashriyoti, 127-b. 


626 
kelmaydi, aksincha uning didini o’stiradi.
Qo’qon adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar, ma’rifatparvar shoirlar 
Muhammad Aminxo’ja Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat 
g’azallarida ham ana shu nafasni his etasan. Ayniqsa, tabiat manzaralari – peyzaj 
tasvirlarida bu yorqinlik aniq seziladi. 
Garchi Fuzuliy ozarbayjon adabiyotining yirik vakillaridan sanalsa-da, 
o’zbek adabiyotida ham uning adabiy ta’siri kuchli. 
Navoiyday buyuk alloma bilan biz davrda ijod etgan shoir she’riyatini 
turkona lutflarning eng nozik namunalari deyish mumkin. 
G’azallarni o’qir ekansiz, ularda fuziliyona yondashuv aniq sezilib turadi. 
Chunki shoir go’zallikni qalban his etadi, oddiy insonlar ko’ra olmaydigan 
hodisalardan ta’sirchan tasvirlar yaratadi. U boshqa shoirlardan farqli o’laroq inson 
hissiyotlarini tabiat bilan bog’laydi va peyzaj orqali chiroyli tashbehlar yaratadi.
Fuzuliy she’riyatining tili nafis, ifoda yo’sini yengil, tasvirlari hayratlarga 
to’la nazm. Bu badiiyatning nozik jihatlari hali kata-katta ilmiy tadqiqotlarga 
mavzu bo’lishiga ishonamiz. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin