Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   431
Anjuman Boku (6)

Muso sharora ko’rdi chu Ayman daraxtidin, 
Yaldo tunida topdi biyobonda rahnamo. 
Muso Ayman daraxti uzra shu’la ko’rib, sahroning zulmat kechasida o’ziga 
mayoq – yo’lboshlovchi topdi.
“Yori azal”ning oshiqi shaydosi – Ibrohim 
Xalilulloh bilan bog’liq ibratli bir hodisa “Anbiyo” surasining 51–72-oyatlarida 
qisqacha bayon etilgan. 
Ya’ni “Senga Musoning xabari kelgan, buni bilasan”. 
“Esla, Robbi unga muqaddas Tuvo vodiysida nido qildi“ (16-oyat). Tur tog’ida – 
Tuvo deb atalgan muqaddas vodiyda Muso alayhissalom boshqalarga nasib 
etmagan marhamatlarga, jumladan, Haq subhanahu va taolo bilan roz aytishish – 
bevosita so’zlashish sharafiga muyassar bo’lganlar. Oyatda mana shu ulkan hodisa 
zikr qilinyapti. Alloh taolo O’z payg’ambarlarini qo’llab-quvvatlash, kishilarga 


643 
ularning haqiqiy payg’ambar ekanini tan oldirish uchun mo’’jizalar beradi. Muso 
alayhissalomga ham Alloh taolo ko’plab mo’’jizalar bergan. mo’’jizani Qur’oni 
karim ba’zida oyat-alomat deydi. Bu oyatdagi ulkan alomatdan murod Muso 
alayhissalomga berilgan katta mo’’jiza – qo’llaridagi hassaning ilonga aylanishidir. 
Alloh taolo “Toho” surasida xabar bergan: "Musoga “Bandalarim ila kechasi 
yo’lga tush, ularga dengizdan quruq yo’l och, etib olishlaridan xavf qilma va 
qo’rqma”, deb vahiy qildik” (77-oyat). Muso alayhissalomning qissalari Qur’oni 
karimda eng ko’p kelgan qissadir. 
Ya’qub diydasin yoruq aylab nasim ila, 
Ayyub mehnatig’a berib sabr ila davo. 
Bir nasim bilan YA’qub ko’ziga nur ato etib, Ayyub sabri tufayli 
mashaqqatlari ajrini topdi. Mavlono YA’qub CHarxiy buyurganidek, “Balo – 
Ilohiy imtihondir, kimki baloga sabr qilsa, Parvardigor inoyatidan benasib 
qolmagay... Parvardigor Fir’avnga Misr podsholigini imtihon tariqasida berdi
alaloqibat shirkka yuz burdi, YUsufni YA’qub diydoridan benasib qildi, quduq 
ichida ilohiy vahiy saodatiga musharraf ayladi va balolarga ko’rsatgan sabrining 
mukofoti tariqasida Misrda aziz etdi” [7,78]. Ushbu baytda YUsuf alayhissalom 
voqeasi va uning otasi YA’qub alayhissalomning farzand dog’ida ko’z nuridan 
ayrilishi-yu, “Sabr va metin” ramzi sifatida keluvchi Ayyub alayhissalomning 
butun jismini qoplab olgan yaralardan sabru bardosh ila engib o’tganligiga talmeh 
san’ati orqali chiroyli ishora qilingan. 
Amiriyning ma’rifiy-badiiy hamdlari ruhiy-ma’naviy riyozat bosqichlari 
Haqni tanish usulining asosi ekanligini badiiy ifodalashga ham qaratilgan. Hamd 
g’azallarida har bir ma’naviy kamolot bosqichida solikning Haq sifatlarini tobora 
ko’proq va chuqurroq anglab borishi, Iloh ma’rifatini aynan qaysi nuqtagacha 
ilg’ashi yaqqol tasvirlangan. Solik va Haq orasidagi munosabatlarni bosqichma-
bosqich tasvirlab borish, har bosqichda suluk ahlining ruhiy-ma’naviy jihatdan 
yuksalib, Haqqa yaqinlashib borishi va xuddi shu jarayonda Haqning unga 
munosabatini ma’rifiy asoslash, gavdalantirish shoir hamd g’azallari mavzu va 
g’oyalar olamining asosiy xususiyatidir. Kamolotga riyozat yo’li orqali boriladi. 
Ruhiy-ma’naviy kamolot bosqichidan o’tish jarayonida jismning imkoniyatlari 
qisqarib, ruhning yukasalishi uchun to’siq o’zlik (jism, nafs), “menlikdan nishon” 
mahv bo’ladi. Natijada inson Iloh va Hayotning, ya’ni o’zining asl mohiyatini 
anglaydi. Bu esa komillik mezonidir. SHuning uchun Amiriy hamd g’azallarining 
qahramonlari oddiy mo’minlik darajasi bilan cheklanib qolmay, Haq siru sinoatiga 
etishishga bel bog’lagan komil inson bo’lish ishtiyoqida ishq olovida poklangan 
oshiq, ilmi ilohiyda barchadan bilimdon orif, faqir, Haqdan o’zga narsaga 
qiziqmaydigan majzublik holatidagi g’aniydir. SHariat hukmlari, Qur’oni karim va 
Hadisi sharif asosida Olloh va uning cheksiz sifatlaridan xabardorlik, o’zining 


644 
mohiyatan shu qudrat sohibi bilan birligini his qilish natijasida oddiy hukmlar 
ijrochisi bo’lish bilan qanoatlanmay, ichki ruhiy hurlikka, ilmi g’aybga ehtiyoj 
sezgan solik Amiriy hamd g’azallarining umumiy qahramonidir. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin