Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
 
ABDUQAYUM YOʻLDOSH ASARLARI USLUBIGA DOIR 
Zumradxon TESHABOYEVA, 
O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti doktoranti

Annotasiya 
Ushbu maqolada yozuvchi Abduqayum Yoʻldosh asarlarining uslubi, til 
xususiyatlari haqida ayrim mulohazalar berilgan. Uslub boʻyicha nazariy 
maʼlumotlar keltirib oʻtilgan, qissalaridan misollar bilan izohlangan. 
Kalit soʻzlar: uslub, kompozitsiya, qissa, badiiy asar tili 

Annotation 
In this article, some comments are given about the style and language 
features of writer Abduqayum Yoldoshev's works. Theoretical information on style 
is presented, explained with examples from stories 
Key words: style, composition, story, language of artistic work 

 
"Uslub poetikaning muhim kategoriyalaridan biri, badiiy adabiyotning u 
yoki bu tarzdagi shakliy qurilishini belgilovchi umumiy prinspi. U antropologik, 
yani ijodkor shaxsi bilan bogʻliq kategoriya sanalib, uning ijodiy individualligini 
belgilaydi."[1:456]. Dilmurod Quronov boshchiligidagi mualliflar guruhi 
tomonidan tuzilgan ,, Adabiyotshunoslik lugʻati"da uslub atamasiga shunday taʼrif 
berilar ekan, dastavval, badiiy asarning shakliy qurilishini belgilovchi umumiy 
prinsp ekanligiga eʼtibor qaratiladi. Chindan ham, badiiy asar ijodkor 
labaratoriyasida ishlanishi boshlanishi bilan yozuvchi oʻz dunyoqarashi va 
shaxsiyatidan kelib chiqqan holda asar kompozitsiyasini quradi. Oʻquvchi badiiy 
adabiyot bilan chuqurroq tanishgani sari, asar qurilishi boshlanishidanoq muallif 


638 
uslubini his qiladi. Buyuk rus yozuvchisi Maksim Gorkiy aytganidek, 
yozuvchining kelajakda qanchalik yuksalishi bu uning uslubi shakllanganligiga 
bogʻliqdir" . Yozuvchi Abduqayum Yoʻldosh asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, bu 
fikrlar haqiqatga toʻla-toʻkis mos tushishining guvohi boʻlamiz. Abduqayum 
Yoʻldosh asarlarida shaxs isimlarining berilishi, raqamlarga eʼtibor qaratilishi, 
ularga maʼlum maʼnolar yuklash, asar yechimini sonlarga yohud matematik 
boshqotirmalarga yashirish hollarini guvohi boʻlamiz. 
Adibning ,,Otchopar yohud oʻn uchinchi uy" qissasining boshlanishi 
“Shaharning gʻarbiy qismini egallab yotgan N. tumanida joylashgan bu toʻqqiz 
qavatli beton uy yon atrofida oʻziga oʻxshab qaqqayib turgan uylardan aslo farq 
qilmasdi: oʻsha-oʻsha, eshigi qoʻporib ketilgani tufayli baayni tishi qoqib olingan 
ogʻzni ochib turganday vahimali kirish joyi, bir umr chiroqqa yalchimagan 
yoʻlaklar...."[4:3] tarzida beriladi. Eʼtibor qaratsak, toponim nomi aniq nom bilan 
emas, N. tumani tarzida ketadi. Aksariyat yozuvchilar, joy nomlarini koʻpchilikka 
tanish shaharlar yoki hayoliy manzillar tarzida aniq nom bilan beradi. Bu orqali 
oʻquvchining oʻz koʻzi bilan koʻrgan joyni hayolan eslashiga yoki tasavvurida oʻz 
shahrini yaratishiga imkon beradi. Ammo, Abduqayum Yoʻldoshev koʻpincha 
oʻquvchini sirlar olami tomon yetaklashni afzal koʻradi. Uning ,,Timsohning koʻz 
yoshlari " qissasida ham mazkur holatni koʻrishimiz mumkin. ,,Men N. gazetasi 
ing tahririyatiga haftada ikki kun borardim: chorshanba -kompyuterdan chiqqan 
maqolalar, grankalarni oʻqirdim, juma- sahifalarni. Gazeta ,nazarimda, soʻnggi 
paytlarda urchib ketgan bemaza nashrlardan boʻlib, saviyasi ham shunga 
yarasha..."[3:4] Qissada tahriryat nomining N. tarzida berilishi ham yozuvchi 
uslubiga xos xususiyat boʻlib, asarga sirlilik va qiziqish baxsh etadi. Shu oʻrinda 
oʻquvchida yana bir savol tugʻilishi tabiiy: nega aynan N.shahri, N.gazetasi. N. 
bilan nomlangan atoqli otlar Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida koʻchib yuradi. Bu 
xam yozuvchining individual jihatlaridan biridir. 
"Uslub tushunchasi oʻz ichiga ijodkorning til vositalaridan foydalanish dan 
tortib harakter yaratish yoʻllarigacha, adabiyot tarixidagi gʻoyalar birligi, 
dunyoqarash umumiyligi bilan bogʻliq anʼanalardan tortib har bir ijodkorgagina 
xos boʻlgan individual ifoda qirralargacha qamrab oladi." Abduqayum Yoʻldoshev 
qissalaridagi til vositalaridan foydalanish yoʻllariga nazar solinsa, yozuvchining 
kirish soʻzlar va kiritmalardan unumli foydalanganligiga guvoh boʻlamiz: 
,,Bilmadim, yo umr oʻrtasi atalmish tepalikchani bir pasta oshib oʻtasola ufqdagi 
(balki, oyoq ostidadir - jonga ishonch bormi) manzil shakl-shamoyilini gʻira-shira 
ilgʻay boshlaganingdan keyin shunday tuyiladimi...", ,, Ikki yonboshida 
alimsoqdan qolgan, eshiklarsiz shkafi qogʻoz oʻramlariga toʻla bir yarimta stol 
(kaminaning stoli xonaga sigʻmagani bois, shartta oʻrtasidan arralab tashlanib, 
yetishmay qolgan oyoqlar oʻrniga qogʻozga oʻralgan gʻish qoʻyilgandi) atrofida 


639 
uch kishi oʻtirardik, ,,Ayol kishiga yarashmagan tarzda qorin qoʻyib yuborgani 
uchun tili zahargina xodimlar tomonidan (ajabki, bu jurnalistlar bugun maqtov -
madhiya, tilidagi bollarni maqolalariga toʻkishib, ortib qolgan nishxoʻrtlarni 
gʻiybatga sarflashardi) chekka-chekkada ,,abadiy ikkiqat" yoki ,,xronik homilador" 
nomlari bilan tilga olinadigan mudiramizning ish samarasi sal pastroq edi." 
Yuqoridagi oʻrinlarda ijodkornink til vositalarining bu turidan foydalanishi orqali 
asar badiiyatini yuksaltirishga erishganligini koʻramiz. Albatta, kiritmalardan 
foydalanishgina emas, ularni oʻz oʻrnida qoʻllash yozuvchidan alohida mahorat 
talab qilishini inobatga olsak, adib bu ishning uddasidan chiqqan. 
Xulosa qilib aytganda, uslub - bu odamdir degan fikrga asoslansak, har bir 
ijodkor taqlid bosqichidan koʻtarilib, oʻz uslubiga ega boʻlib bormogʻi zarurdir. 
Asarmi mutolaa qilayotgan kitobxon yozuvchi nafasini, uning tuygʻularini his 
etmogʻi lozim. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida esa aynan shu jihat yaqqol 
koʻrining turadi. Asarlarining sirliligi, mulohaza va muammolarga boyligi adib 
asarlarining ogʻirlik markazini tashkil qiladi. Asar tilining yengilligi esa 
oʻquvchiga badiiy maxsulotni ,, yengil hazm qilishiga" yordam beruvchi vosita 
boʻlib xizmat qiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
Toshkent: Akademnashr , 2010.–B.339. 
2. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
Toshkent: Akademnashr , 2010.–B.339. 
3. Yoʻldoshev A. Timsohning koʻz yoshlari. Yangi asr avlodi,2003. 
4. Yoʻldoshev A. Otchopar yohud oʻn uchinchi kvartira, Toshkent, Yangi asr 
avlodi, 2004 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin