Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   431
Anjuman Boku (6)

Avval ba nomi Xoliqi zuljudu val-ato, 
Bir musht xoki tiyradin Odam qilur bino[3,. 
Amiriy basmala oyati hamda fotiha surasi mazmuniga ishora o’laroq “avval” 
so’zini qo’llab, har bir ishning ibtidosi Alloh nomi bilan boshlanishi xayrli 
bo’lishiga inongan holda, so’zini Avvalo bir siqim qora tuproqdan Odamni 
yaratgan saxovat va ato (ehson) sohibi bo’lgan Xoliq (Xudo) nomi bilan boshlaydi. 
Odam sahifasin raqam aylarda xomasi 
Tavqe’ni chekdi “kof” ila “nun” birla ibtido. 
Qalami olam sahifasini raqam aylaganda “kof” va “nun” harflari bilan o’z 
hukmini boshladi. Dunyo Xudoning birgina “Kun” – “Bo’l” so’zi bilan paydo 
bo’lgan. “Kof” va “nun” harflari birikmasidan shu “kun” – “bo’l” so’zi hosil 
bo’ladi. SHoir kitobat san’ati orqali YAratganning birgina “Bo’l” degan so’ziga 
ishora qilmoqda. 
Ziyoda G’afforova o’z tadqiqotlarida SHayx Ahmad Taroziy asariga tayangan 
holda hamd g’azallarni ikki katta guruh – tavhid va munojot g’azallarga ajratgan. 
Agar asosiy maqsad Allohning sifatlarini ta’riflashdan iborat bo’lsa, bunday g’azal 
“tavhid” deyiladi [4,190]. 
To’fon suyidin ayladi Nuh ahlini xalos, 
Qildi halok qavmini g’arqobayi balo. 
Ushbu baytda Allohning har qanday baloni da’f eta olish qudrati Nuh a.s. 
boshiga tushgan “To’fon” voqeasi orqali tavsiflangan: Nuhga ergashganlarni 
to’fon ofatida xalos qilib, uning payg’ambarligini tan olmaganlarni balo suviga 
g’arq qildi (xotini va o’g’lini va hokazo). 
Isoni charx uzra rafe’ ul-makon etib, 
Idrisni maqomi bo’lub jannat ul-ulo. 
“Isoga falak uzra yuksak maqom tayin etib, Idrisning maqomi oliy jannat 
bo’ldi”. 
Ma’lumki, Iso to’rtinchi falakda maqom tutgan. Quyosh ham shu to’rtinchi 
osmonda. Iso va quyoshning bir-biriga nisbati borligi shundan. 
“Qisasi Rabg’uziy”da bu haqda: “Hozir Idris jannatda turar. Olimlar 
aytadilarki, “Idris to’rtinchi osmonda turar”. YAna xabarda kelishicha, to’rt 
payg’ambar hanuz tirikdir. Ikkisi (Iso va Idris) – osmonda, ikkisi (Xizr va Ilyos) – 
erdalar. Ammo bu to’rtovidan uchtasi o’lgay, Idris esa o’lmagay. SHuning 


642 
uchunki, bir marta o’ldi, jannatda qoldi, to qiyomat kunigacha uerda bo’lur” 
[5,19], – deb ma’lumot beriladi. 
O’tni Xalil maqdamidin gulsiton qilib, 
Namrudga yubordi yarim pashshadin jazo. 
“Xalil qadami sharofatidan otashni gulistonga aylantirib, Namrudga yarim 
pashsha orqali javob yubordi”. 
Ibrohim – Qur’onda nomi zikr etilgan payg’ambarlardan biri, o’zidan keyin 
o’tgan barcha payg’ambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy 
ajdodi. Allohning chin do’sti (Xalilullox), imom, siddiq va hanif deb ta’riflanadi. 
YAhudiy-nasroniy diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan ma’lum. Bobilda 
tavallud topgan. YOlg’iz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozar va qavmlarni ham ana 
shunga da’vat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va 
qavmlari sig’inib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. SHu sababli Namrud 
uni yondirib yubormoqchi bo’ladi, ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sog’-
salomat chiqqanligi Qur’onda bayon qilingan. Qur’oni karimda 14-sura Ibrohim 
payg’ambarga bag’ishlangan bo’lib, u 52 oyatdan iborat. Ibrohim Alayhissalomga 
bag’ishlangan oyatlar boshqa suralarda ham mavjud. 
Namrud ibn Kavs ibn Kan’on ibn Nuh podshohligi davrida yashab o’tgan. 
Aytishlaricha, butun dunyoga egalik qilgan to’rt sulton o’tgan. Ularning ikkisi 
Sulaymon va Zulqarnayn yalavochlar musulmon, Namrud hamda Buxtunnasr kofir 
bo’lishgan.
Namrud Ibrohim (a.)ni Bobildan ixroj qilib, uning karomat va
mo’’jizalariga ishonmadi. “Va gumrohroq bo’lub, tengrilik da’vosin ko’prak 
qildi... Oqibat Ibrohim (a.) duosi bila Namrudning sipohin pashsha xayli halok 
qildi, ellar dag’i azob bila ani halok qildi. Rivoyatdurkum, ul pashsha Namrudning 
mag’zig’a qasd qilsa erdi, aning manglayig’a aning nima ursalar erdi, taskin topar 
erdi. Ish bir erga ettikim, to’qmoq yasatti. Muttasil aning boshig’a birov urar erdi 
va aning havosining yaxshiroq xizmati bu erdikim, ul to’qmoqni aning boshig’a bir 
karak urg’ay, to bu azob bila jahannamg’a bordi” [6,549]. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin