Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   431
Anjuman Boku (6)

Gah qudrati bila chiqarur noqa toshdin, 
Gohi qilur Kalim asosini ajdaho. 
“Goh qudrati bilan tosh orasidan tuyani chiqaradi (Solih payg’ambar 
mo’’jizasiga ishora), goh Muso hassasini ajdarhoga aylantiradi”. 
Amiriy Xalloq qudratu salohiyati, sifatu siyratini Qur’oni karim oyatlari 
asosida ifodalagan bo’lsa, olam go’zalligini SHarq falsafasida keng o’rin tutgan 
tasavvuf aqidalari, g’oyalari zaminida talqin etadi. SHuning uchun hamd 
g’azallarda Allohni vasf qilish bilan bir qatorda, uning yaratuvchilik xususiyati 
ulug’lanadi. Iste’dodli shoirning yaratish va yaralish to’g’risidagi falsafiy 
qarashlari mazkur g’azallarda yuksak badiiy talqinini topgan. Bu mavzuga daxldor 
g’azallarda Alloh zoti va sifatlari markaziy o’rinda turadi. Jamiki mavjudotning 
go’zalligiyu barkamolligi Haq jamoli latofatining in’ikosi tufaylidir.
Yunus baliqni qornida toat qilib ango, 
Jon berdi arra birla rizosida Zikriyo. 
“Yunus baliq ichida turib ham unga toatini kanda qilmadi, Zikriyo o’zini 
arralaganlarida ham uning zikrini qilib jon berdi”.
Arzu samou olamu Odamni xalq etib, 
Barcha nabiyg’a Muhammadni qildi peshvo. 
“Yeru osmonu insoniyatni yaratib, barcha payg’ambarlargi Muhammad 
alayhissalomni etakchi qildi”. 
Shoyista erdi qaddig’a “lavloka” xil’ati, 
Toji sari “laumrika”, manshuri “hal ato”. 
“Qaddiga “lavloka” (“Ey Muhammad, agar sen bo’lmaganingda edi, bu 
olamlarni yaratmas edim” (qudsiy hadis) libosi mos edi, boshining toji “laumrika” 
(“Ey Muhammad, sening hayoting bilan qasam” (qudsiy hadis), farmoni manshuri 
“hal ato” (“Dahr” surasining 1-oyati) edi”. 
Bo’ldi aning tufayli yer birla osmon, 
Nuri nubuvvatida munavvar ikki saro. 
“Xudo yer bilan osmonni uning tufayli yaratdi. Payg’ambarlik nuridan ikki 
dunyo munavvar”. 
Bu erda Muhammad nuriga ishora qilinyapti: olam va odam shu nur tufayli 
yaratilgan. Bir guruh so’fiylar (jumladan, vahdat ul-vujud ta’limotining izdoshlari) 
aqidasiga ko’ra, Allohning ilk yaratgan narsasi “nuri Muhammadiy” yoxud 
“haqiqati muhammadiya”dir. Ular o’z aqidalariga asos sifatida ko’pincha
Tangri
taoloning ilk yaratgan narsasi mening nurimdir)
hadisini keltiradilar [7,117]. Bu 
nurdan Arshu Kursi, etti falak, dunyo va undagi jamiyki mavjudot, umuman butun 


645 
Borliq yorishib, inson yashashi uchun qulay qilib yaratildi. Olam paydo 
bo’lganidan Odam alayhissalomni yaratib, unga jon ato etgunga qadar oradan 
ma’lum bir muddat o’tgan edi (YUqorida keltirilgan oyatda ham ana shu muddatga 
ishora qilingan). Ammo ana shu muddatda ham, insonsiz olamning zamirida ham 
haqiqati Muhammadiya bor edi, uning javhari, mohiyatini tashkil etardi [7,12]. 
Me’roj oqshomi bo’lubon jilvagohida 
To’quz sipehr na’li firoqig’a jabhaso. 
Me’roj kechasi to’qqiz falak otining tuyog’i tuprog’iga aylandi. Ushbu bayt 
orqali Payg’ambarimizning Alloh huzuriga yuksalish voqeasiga ishora qilinyapt. 
Xususan, Payg’ambar alayhissalom Madinaga hijrat qilishlaridan oldin Alloh u 
kishini Isro va Me’roj martabasiga erishtirdi. Rasulullohning Makkadagi Masjidi 
Haromdan Baytulmuqaddasga bir kechada borib kelishlari Isro deb, shu kuni 
kechasi osmonga chiqib, ruhiy olam bilan tanishib qaytganlari esa Me’roj deb 
ataladi.
Yoronlarini har biri irfon safosidin 
Durji xilofat ichradurur durri bebaho. 
“Do’stlarining har biri ma’rifat huzuridan hissa olib, xalifalik sadafi ichra bir 
bebaho durdir”.
Amiriy ushbu baytda tashbeh va husni ta’lilning go’zal namunasi orqali islom 
olamida o’ziga xos o’rin qoldirgan choryorlarga ishora qilyapti. Payg’ambardan 
keyin dastlabki to’rt xalifa islomning keng tarqalishiga asosiy rolь o’ynagan 
kishilar edilar. Ular haqida Payg’ambarning hadislari ham bor: “Do’stlarim go’yo 
yulduzlar singarilar. Qaysi biriga ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz”.
Keyingi bayt “xulafoyi roshidin” – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi xalifalarning 
avvalgisi sanalmish Abu Bakr as-Siddiq va undan so’ng xalifalik taxtiga o’tirgan
xalifalar orasida birinchi bo’lib Amir al-mo’minin nomini olgan kishi Umar 
roziyallohu anhu haqidadir [8,1]. 
Bubakr sodiq erdi-yu, sidq etti oshkor, 
Ummar adolat ayladi, zohir qilib saxo. 
“Abu Bakr sodiq edi va o’z sidqini amalda ko’rsatdi, Umar saxovat ko’rsatib, 
adolat qildi”. 
Usmon erur kalomi Xudovand jome’i, 
Ziynat topib sharofatidin sharm ila hayo. 
“Usmon Haq kalomini jamlovchi bo’ldi, uning shafoatidan ibo va hayo ziynat 
topdi”.
Manbalarning ko’rsatishicha, Usmon ibn Affon saxovat sohibi bo’lgan. U 
kishi islomni qabul qilgach, o’z mol-mulki va davlatini bu yo’lga sarf eta 
boshlaydi. Usmon haqida gap ketganda Payg’ambar: «Jannatda mening yo’ldoshim 


646 
Usmon bo’ladi» deganlari ham bu zotning yuksak maqe-martabasidan dalolat 
beradi [8,21]. 
Sheri Xudo, vasiyi nabiy, Murtazo Ali, 
Duldulsavori arsai maydoni “lo fato”. 
“Xudoning sheri, payg’ambarning vasiyatini bajaruvchi Ali Murtazo mardlik 
maydonining duldul minuvchisi edi”. 
Baytdagi “lo fato” so’zining ma’nosi – “Alidek jo’mard boshqa topilmas” 
(hadis). Muhammad alayhissalom islomni keng yoyish niyatida Alini YAman 
yurtiga jo’natadi, qo’liga bir qora bayroq ham tutqazadi. Ali bo’lsa qisqa bir 
muddatda ancha yutuqlarni qo’lga kiritdi, u erlarga islomni tarqatishga va u er 
xalqini musulmon qilishga ulgurdi.
G’azalning maqtasini Amiriy munojot aylab, shunday yakunlaydi: 
Tuttum, Amir, umid iliki birla domane, 
Mahshar kuni shafoat erur sandin iltijo. 
“Men Amir umid qo’li bilan uning etagini tutganman – qiyomat kuni meni 
shafoat qilishingni iltijo qilaman”.
Ma’lumki, Payg’ambarimizga ummatlarini shafoat qilish huquqi berilgan. 
Xususan, Amiriy munojotlarda o’zining behad gunohkorligini, ojizligini, Alloh 
taoloning rahmati va mag’firatiga muhtoj ekanligini, Haqning lutfidan hech qachon 
umid uzmasligini samimiy, chinakam so’zlar bilan bayon qiladi.
Har qanday devon Allohga hamd va Rasululloh alayhissalomga na’t 
mazmunidagi g’azallar bilan boshlanishi zarurligini birinchi talab sifatida 
keltiriladi va Amiriy devonidagi dastlabki to’rt g’azal aynan Alloh hamdiga 
bag’ishlanadi, keyingi uch g’azalda Rasuli akramga, sallallohu alayhi vasallam, 
bo’lgan muhabbat izhor etiladi va eng asosiysi, ularda munojot ruhi yaqqol sezilib 
turadi. Amiriy yuksak e’tiqodli inson bo’lib tarbiya topgan, hech qachon 
Allohning zikrini unutmagan, Haqni sevgan musulmon o’z Robbisiga qanday iltijo 
bilan o’tinsa, xuddi shunday yuksak maqomda o’z Parvardigoriga tobelik va qullik 
izhor etgan. Islom dini aqiydasiga ko’ra, tavba insonni poklaydi, gunohlari 
Allohning huzurida o’chirilishiga, afv etilishiga sabab bo’ladi, yuksak maqomlarga 
ko’taradi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin