640
Husayn Voiz Koshifiy “Badoe’ ul-afkor fi sanoe’ il-ash’or” asarida she’rlarni
mazmuniga qarab 12 turga ajratadi: tavhid (Alloh taolo hamdiga bag’ishlangan
she’rlar), na’t (Muhammad rasululloh (s.a.v.)ga bag’ishlangan she’rlar), manqabat
(sahobalar va avliyolar haqidagi she’rlar), asror (so’fiyona-orifona mazmunidagi
she’rlar), midhat (madh) shular jumlasidandir. SHayx Ahmad Taroziyning “Funun
ul-balog’a”da she’r navlarini 10 ga bo’lib, “har qaysida agar Tengri azza va jallaga
hamd
aytsalar, oni tavhid derlar. Va agar Muhammad Mustafo alayhissalotu vas-
salomni vasf qilsalar, na’t derlar. Agar Tengri hazratinda tazarru’ qilsalar, munojot
o’qurlar. Va xulafoi roshidinni ta’rif qilsalar, manoqib, manqabat va tamadduh
o’qurlar...” [2,32], – deb yozadi.
“Hamd” so’zi “Navoiy asarlari lug’ati”da maqtov, madh [3,763] deb
berilgan. Islomiy aqidaga ko’ra, maqtov faqat
va faqat Allohgagina loyiq, unigina
maqtash mumkin va shart. SHundan ham ma’lum bo’lib turibdiki, bevosita Olloh
ta’rif va tavsif etilgan g’azallar hamd g’azallar deyiladi. Hamd g’azallarning
aksariyatida shoir Alloh barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligini badiiy til
bilan ta’riflaydi.
Devon tartib berishda dastlabki g’azallarni hamd va munojot, na’t va
manqaba mavzularida bitish an’anasiga Alisher Navoiy asos solgan bo’lib, bu
haqda uning o’zi “Badoe’ ul-bidoya” devonining debochasida batafsil to’xtalib
o’tgan. Albatta, Navoiydan oldingi turkiygo’y shoirlarda ham hamd va na’t
mavzusidagi g’azallar uchraydi. Ammo ularning devonlari keng tarqalmagani bois,
mazkur an’ananing sarchashmasi
Navoiy devonlaridan boshlanadi, deyishga
to’laqonli asosimiz bor. Alisher Navoiyning “alif” turkumidagi g’azallarning
dastlabki 9 tasi hamd, munojot va na’t mavzusiga bag’ishlanganini e’tiborga olsak,
Amiriy she’riyati mavzusiga ko’ra asosan ishqiy yo’nalishda bo’lib, tabiiyki,
ularda majoziy va haqiqiy ishq talqini o’zaro omuxta bo’lib ketgan.
Diniy
mavzudagi she’r va baytlar ozchilikni tashkil qiladi. Uning devoni “Avval ba nomi
Xoliqi zuljudu val-ato”, “Zihi hamdi Xudovondoki, bordur Xoliqi ashyo...”, “Jahon
vujudi vujudingdin o’ldi nopaydo...”, “Zihi, Sone’ki, andin bor o’lub olam aro
ashyo...”, “Zihi, qudrat qilib bir amr ila kavnu makon paydo...”, “Nechuk
hamdingg’a bo’lg’aykim qadimu lamyazal paydo...” misralari bilan boshlanuvchi
hamd g’azallar va “Vasfing qilurda topti ko’ngul ko’zgusi jilo...”, “Batashrifil
inoyat “Qad kasono mujid al-ashyo...” misrali na’t g’azallar bilan boshlanib, keyin
ketma-ket ishqiy g’azallar bilan davom etadi va faqat oxirida “h” (hoyi havvaz)
harfi bilan tugagan g’azallar ichida “YUzing Mushaf dedim, bo’ldim jamoling
siridin ogah” misrasi bilan boshlanadigan na’t g’azal, “n” (nun) harfi bilan tugagan
g’azallar orasida “Najot istar kishi shar’i nabida ustuvor o’lsun”
misrasi bilan
boshlanadigan diniy ruxdagi bir g’azal va ba’zi bir diniy mazmundagi baytlarga
duch kelamiz. Amiriy ham alifbo tartibiga qat’iy rioya etgan holda, devonida
641
hamd, na’t va munojot mavzusidagi g’azallarni alifbo tartibida joylashtirgan.
Jumladan, devonning “fotiha g’azali”ning dastlabki so’zi “avval” bo’lgani va bu
so’z “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman” ma’nosini
beruvchi
basmala oyati mazmuniga ishora ekanligini hisobga olib, mazkur g’azalni hamd–
basmala g’azal desak ham bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: