3. Kulliyyot – 1. biror narsaning barcha juzvlarini o‘z ichiga olgan
holati; 2. Yozuvchi – shoirning ko‘p asarlarini o‘z ichiga olgan to‘plam.
4. Kulliyyot – 1. bir turdagi narsalarning to‘plami; ash’or — she’rlar
tshplami 2. hamma narsa; mudriki — bilag‘on, hamma narsani biluvchi.
5. Kulliyot – 1. (arab. – to‘liqlik, bir butunlik; umumiy tushincha; fakultet.)
– bir turdagi narsa (juzv) larning to‘plami, she’riy to‘plam.
6. Kulliyot (arab. – to‘la, butun) – 1) muayyan adibning to‘la yoki asosiy
asarlari to‘plami. Kulliyot adib ijodida xarak-terli ayrim janrlardagi asarlardan
tuzilishi ham mumkin. Maye, «Kulliyoti qasoyidi Xoqoniy» («Xoqoniy qasidalari
kulliyoti»). Kulliyotga shoir yoki yozuvchining hamma asarlari kiritilgan bo‘lishi
ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Navoiyning Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va
Istanbul kutubxonalaridagi Kulliyotlari mukammal emas. Ammo shoirning asosiy
asarlarini o‘z ichiga olganligi uchun kulliyot deb yuritiladi.
2) O‘n ikki maqom tizimiga mansub vokal musiqa asarlari turi. She’riy
matnida nag‘malar yoki kuylar doirasi (advor annag‘am), o‘n ikki maqom, yigirma
to‘rt shoʻba, olti ovoza va usullar doiralari (advori zurub)ning nomlari keltirilib,
ular majoziy ma’noda maqom yo‘llarining tuzilish tartibini aks ettirgan. Maye,
Kavkabiy, Tabibiy, Mutribiy asarlarida Kulliyot namunalari keltirilgan. Bu asarlar
makom va shoʻbalarning ijro etilish vakti va o‘rnini ko‘rsatib turgan.
7. Kulliyot (arab.) Bunday kitoblarda bir muallifning butun asarlari yoki
ijod mahsulining katta bir qismi jamlangan. Kulliyotlar turkiy adabiyotda Alisher
Navoiy asarlaridan tuzila boshlangan. Bu yumushni shoirning o‘z kotiblaridan biri
660
Darvesh Muhammad Toqiy amalga oshirdi. U 15 yuz yillikning 90-yillarida
Navoiy bilan hamkolikda ishlab, uning kulliyotini ishlab chiqdi. Kulliyot besh yil
davomida (1495-1500) kitob shaklida yakunlangan. Navoiy hayotligi chog‘ida o‘z
nazorati ostida tuzilgan ushbu kulliyotga turkiy tildagi deyarli barcha asarlari
(“Mahbubu-l-qulub” dan tashqari) jamlangan edi. Qo‘lyozma kitob hozir
Istanbuldagi To‘pqopi – Revan kutabxonasidagi (808-ko‘rsatkichi ostida)
saqlanmoqda.
Navoiy asarlari bo‘yicha keyingi yuzyilliklarda ham ko‘plab kulliyotlar
tuzilgan. O‘zbek matnshunosligida bu an’ana 20 yuz yillikning boshlariga qadar
davom etdi. Hozirgi kezda qo‘lyozma fondlarida mutafakkir asarlarining turli
davrlarda tuzilgan kulliyotlarini uchratish mumkin. Ularga kiritilgan asarlarning
soni ham har xil; to‘plamning tarkibi uni tuzgan kotib yoki buyurtmachining
xohishi, davr ehtiyojidan kelib chiqib belgilangan.
Birini 1824-1830-yillarda kotib Abdurahim ibn Muhammad Fozil
Qoshg‘ariy tuzib ko‘chirgan. Ushbu kitob hozir O‘zR FA Sharqshunoslik
institutining H.Sulaymonov fondida (316- ko‘rsatkichli qo‘lyozma) saqlanmoqda.
Ushbu nodir, ajoyib bezakli qo‘lyozmaga Navoiyning o‘n olti asari kiritilgan.
Mazkur fondda Navoiyning turli davrlarda ko‘chirilgan yanv to‘rtta kulliyoti bor
(526, 2589, 163, 1248- ko‘rsatkichli qo‘lyozmalar.
Kulliyotning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha asarlar (nasr,
nazm va h.) bir muqova ichida bo‘lishi lozim. Masalan, Navoiy kulliyotining
Istanbul (1496-1497) nusxasi tarkibi quyidagicha: 1. Munojat. 2. Debocha. 3.
Arbain. 4. Siroju-l-mustaqimin. 5.Nazmu-l-javohir. 6. Lisonu-t-ayr. 7. Nasoyimu-l-
muhabbat. 8. Hayratu-l-abror. 9. Layli va Majnun. 10. Farhod va Shirin. 11. Saba’i
sayyor. 12. Saddi Iskandariy. 13. Gʻaroyibu-s-sig‘ar. 14. Navoduru-sh-shabab. 15.
Badoe’u-l-vasat. 16. Favoyidu-l-kibar. 17. Majolisu-n-nafois. 18. Tarixi agbiyo va
hukamo. 19. Tarixi mulki ajam. 20. Halati Sayyid Hasan. 21. Holati Pahlavon
(Muhammad). 22. Vaqfiya. 23. Mezonu-l-avzon. 24. Xamsatu-l-mutahayyirin. 25.
Muhokamatu-l-lug‘atayn. 26. Munshaot.
Kulliyot so‘zi adabiy manbalardagi va adabiy istilohiy ma’nosi bu bir adib
hayoti davomida ijod etib yaratgan asarlarni o‘zi yoki muxlislari tomonidan jamlab
bir butun asar holatiga keltirilishidir. Kulliyotlar turkiy, arabiy va forsiy tillarda
juda ko‘p yaratilgan. “Sharq kitobat san’atining yuksak, an’anaviy shakliga aylanib
qolgan kulliyot buyuk shoir va adiblarning asarlari majmuasidan tuzilgan kitobdir..
Ushbu fikrlardan ham ma’lum bo‘lmoqdaki, kulliyotlar Sharq yozma manbalarida
o‘ziga xos o‘rin egallagan.
Kulliyotlar har qanday yashab ijod etgan shoir yoki yozuvchilarning
asarlaridan ham tuzilavermas ekan. “Zotan kulliyot, ko‘p qirrali porloq daho
mahsuli va jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan barkamol va
661
hamisha barhayot asarlar majmuasi bo‘lgani uchun, o‘z asarlaridan kulliyot tuzish
har kimga ham muyassar bo‘lavergan emas. Jahon kutubxonalarida saqlanib
kelayotgan kulliyotlarning klassik namunalari Sa’diy, Hofiz, Amir Xusrav
Dehlaviy, Jomiy, Bedil kabi zotlar asarlaridan tashkil topgan
58
. Shular singari
badiiy ijod, ilm, fan, tarix, falsafa sohasidagi hamisha barhayot asarlari bilan
ma’naviy madaniyat tarixida butun bir dunyo yaratgan Navoiy ham kulliyot
sohiblari qatoridan joy olgan.” Bu fikrlardan esa, o‘tmishda yashab, ijod etib
o‘tgan buyuk Ajdodlarimizning salmoqli meroslari haqida to‘xtalinmoqda.
Sa’diyning Davlat adabiyot muzeyida №1 va №28 inv raqamlar ostida
saqlanayotgan qo‘lyozma asarlarining ilmiy-managrafik tavsifi.
“Qora va qizil siyoh bilan juda yaxshi ko‘chirilgan qo‘lyozma. Yirik
asarlarning boshlanishida oltin suvi, qora va ko‘k ranglar bilan asar nomlari
o‘rtasiga bitilgan juda chiroyli lavhalar bor. Har asar boshlangan birinchi sahifa
zarhal va turli ranglar bilan chizilgan bezaklarga ega.
Qo‘lyozma chiroyli, mayda nastaliq xati bilan sahifalarga qiyalatib bir ustun
shaklida bitilib, atrofi zarhal va ko‘k rangli jadval bilan o‘ralgan. Arabcha sonlar
bilan raqamlangan. Boshi va oxirida bir necha bo‘sh varaqlar bor. So‘nggi-443
sahifada kolofon matni, kitob sohibining muhri bor.
Muqovasi qizil rangli charmdan, oltindan o‘yib ishlangan naqshlari bor. 443
varaq; 16X26,5.
SVR, II, 78-82, №№ 926-933; VI, 215-216, № 4432-4433; VIII, 150-152,
№ 5726-5727”.
Yuqorida keltirilgan tavsiflardan ko‘rinib turibdiki, asarlar ancha mohirona
ko‘chirilgan.
Garchi, o‘lkamiz turkiy diyor sanalsada, o‘zga tillarda yaratilgan go‘zallikni,
ezgulikni va pand nasihatni tarannum etgan har qaysi tildagi asarni huddi o‘z ona
tilida yaratilgan asarlarni qanday sevib, o‘qib ta’sirlangan bo‘lsalar ana o‘sha
asarlardan ham huddu shu zaylda foydalangan. Balki, bunga o‘sha vaqtlarda
davlat idoralarida forsiy tildan foydalanilgani ta’sir etgandir. Bunisi bizga ma’lum
ham va muhim ham emas. Huddu shunday, asarlari suyulib o‘qilgan adiblardan
biri mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy
(یزاريش یدعس) (1203 1292) yili Sheroz shahrida tug‘ilgan. Uning maqomi fors tojik
adabiyotida juda yuksak bo‘lib, xususan, boy hayotiy tajriba asosida yaratgan
«Bo‘ston» (1257) va «Guliston» (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi.
Sa’diyni g‘azal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham ulug‘lashadi, chunki
ungacha forsiy sheriyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy, qit’a va
58
Firdavsiy va Nizomiy qo‘lyozmalari asosan dostonlardan iborat bo‘lgani uchun ular kulliyot deyilmay,
«Shohnoma» va «Xamsa» nomi bilan atalib kelinadi.
662
ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamoliddin va Kamoliddin Isfahoniylar
ko‘plab g‘azallar yozgan bo‘lsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega bo‘lib,
o‘zaro mustaqil alohida baytlardan g‘azal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi.
U g‘azalchilikdagi o‘zigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni rivojlantirib,
g‘azalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju
Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga
yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. Sa’diy g‘azallari 4
devondan iborat bo‘lib, ular «Tayyibot» («Latif g‘azallar»). «Badoe’» («Yangi
g‘azallar»), «Xavotim» («Xotima g‘azallar») va «G’azaliyoti qadim») («Eski
g‘azallar»)lardir. Bularning barchasini bir muqova ostida birlashtirilib “Kulliyoti
Sa’diy” deb nomlanilgan. Shunday kuliyotlardan biri Alisher Navoiy nomidagi
Davlat adabiyot muzeyida №1 inv. raqami ostida saqlanib kelinmoqda. Kulliyot
tarkibiga adibning quyidagi asarlari kiritilgan:
1 «Debocha» (1a-41a).
2. «Guliston» (41b-110a).
3. «Bo‘ston» (110b-200a).
4. «Qasoidi forsiy» (200b-236a).
5. «Al-tarji’» (236b-241a).
6. «Kitobi tayyibot» (241b-325a).
7. «Kitob ul-marosiy» (325b-330a).
8. «Kitob ul-mullaot» (330b-335a).
9. «Kitobi badoyi’» (335b-336a).
10. «Kitobi xavotim» (336b-380a).
11. «Kitobi g‘azaliyoti qadim» (380b-387b).
12. «Sohibati Shayx Sa’diy» (387b-414b).
13. «Kitobi muzohikot» (414b-421b).
14 «Hazliyot» (421b-443a).
Ko‘chirilgan vaqti-1048/1638 yil. Kotibi - نب ديعس بنذملا دبع Abdul Muznab
Sa’id bin Ahmad.
223
28
YANA O‘SHA
Qo‘lyozma 11 asardan tashkil topgan bo‘lib, joylashishiga ko‘ra, yuqoridagi
nusxalardan farq qiladi.
Novvotrang Sharq qog‘oziga chiroyli nastaliq xati bilan ko‘chirilgan nusxa.
Matn qora va qizil siyohlar bilan bir tekis qilib yozilgan. Atrofi turli rangli jadval
bilan o‘ralgan. Ayrim sahifalarning hoshiyasidagi matn ham zarhal naqshlar bilan
bezatilgan. Deyarli hamma asarlar juda chiroyli ishlangan lavhalar bilan
boshlanadi. Poygirlari bor.
663
Nusxa ko‘chirilgan sana ko‘rsatilmagan. Matniy belgilariga ko‘ra, XIX
asrning birinchi yarmiga mansub. Nuqsoni: 193, 194 va 197-sahifalar o‘rni
almashgan, 1-sahifa ancha uringan, ayrim varaqlari yirtilgan, qo‘lyozmaning
so‘nggi varaqlari hamda muqovaning ikkinchi qismi yo‘q.
Muqovasi kartondan, ko‘k rangda, chetlari charm va naqshinkor. 386 varaq;
16,5X27,5.
224
238
«BO‘STON»I SA’DIY
Ta’lim-tarbiyaga oid masnaviy shaklida yozilgan doston. O‘n bobdan iborat.
Dostonda turli hikoya va badiiy lavhalar bor. Ular adolat, karam, rahm-shafqat,
sevgi, yuvoshlik kabi xislatlarni targ‘ib etadi. Qiziqarli badiiy shaklda berilgan. Bu
asar yana «Sa’diynoma» deb ham atalgan. 655/1257 yilda yozilgan.
Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan vaqti 1027/1616 yil.
Eski, yomon saqlangan qo‘lyozma. Ayrim varaqlari yo‘q. Oqish, Sharq
qog‘ozida qora va qizil siyohlar bilan go‘zal nastaliq xatida yozilgan. Matn oltin
ramka bilan o‘ralgan. Boshlanishida san’atkorona yasalgan lavha bor. Unda
«Bismillo» so‘zi yozilgan. Muqovasi to‘q zangori rangdagi kartondan yasalgan.
Tamg‘alari bor. Sahhof- Muhammad sahhof. 108 varaq. 7X13,5.
SVR, II, 83084, № 934-943.
225
56/IV
YANA O‘SHA
Yaxshi, to‘liq nusxa. Juda chiroyli nastaliq xati bilan novvotrang Sharq
qog‘oziga qora siyoh bilan yozilgan. Sarlavhalari qizil rang bilan ajratilgan. Matn
dastlab zarhal, keyin qizil rangli jadvalga olingan. Doston oltin suvi va turli ranglar
bilan juda nozik ishlangan, muallif nomi tushirilgan naqshinkor lavh bilan
boshlangan. Poygirlari bor. Ko‘chirilgan vaqti-1231/1816 yil. Kotibi: Muhammad
Sharifbek. 126 varaq. (281b-410a); 17,5X26.
226
389/II
«GULISTON»DAN TANLANMALAR
Muallifi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy.
Ushbu kitob 2-6 sinflar uchun fors tilidan o‘qish kitobi tarzida tuzilgan.
Kitobni tuzuvchi Sa’diyning «Guliston» kitobi va boshqa kitoblardan
o‘quvchi bolalar uchun to‘g‘ri keladigan hikoyalarni tanlab olgan, bu hikoyalar
matni uchun fors-o‘zbek tili lug‘atlari tuzib chiqqan. Kitob oxirida ( 44-50 sahifa)
Kotib - Mullo Ortiq roqim. Noshiri - Muhammad Rasul Rasuliy.
Toshkent shahridagi «Gʻulomiya» bosmaxonasida 1229/1911 yillar chop
etilgan. Nuqsoni: oxiri yo‘q. Muqova karton qog‘ozda, ta’mirlangan. 50 sahifa
(sahifalangan). 25 varaq. 12,5X25.
|