Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   431
Anjuman Boku (6)

Yuz ofarin so‘zingga “Lubbi lubob” ko‘rmay,
Arzi jamol etarmu oyina ob ko‘rmay? 


668 
Bu kitobning yaxshi muqaddima va hoshiyalar bilan nashr etilishi O‘rta Osiyo 
va Eron madaniy tarixiga oid ko‘p qimmatli bir ma’xazning keng ilmіy tadqiqot 
doirasiga kirishiga sabab bo‘ldi. [2, 60-61] [5, 29-39] [13, 302-303] [14, 9-10] 
XIV asrda yozilgan biror-bir tazkirasi haqida ma’lumot bizgacha yetib 
kelmagan. XV asrda Muhammad Tabodgoniyning “Tazkirat ul-habib”; Davlatshoh 
Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”; Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” (7-
ravzasi), “Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds”; Alisher Navoiyning “Majolis un-
nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat shamoyim ul-futuvvat” tazkiralari vujudga 
keldi. 
“Tazkirat ul-habib” (“Do‘stlar tazkirasi”) – Muhammad Tabodgoniy (vaf. 
1486) asari bo‘lib, tasavvufiy ruhdagi tazkira. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ni 
tuzishda undan foydalangan.
Muallif haqida ma’lumot Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari 659-
fiqrasida berilgan: “Alar Shayx Zayniddin Xavofiy q. s. ning kibor xulafosidindur. 
Zohiriy va botiniy ulumda komil. Qirq qo‘lg‘a yaqin irshod sajjodasi ustida istiqlol 
bila mutamakkin erdilar. Dastur bu emishki, Shayx masjidida tarovihda si pora 
Qur’onni bir xatm qilur ermishlar…” [5, 41] [15, 432-434] [17, 34-35] 
Amir Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh al-Gʻoziy as-Samarqandiyning 
(~839/1437-1495) forsiydagi “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asari 
Alisher Navoiyning taklifi bilan 1487-yilda yozilgan va Navoiyga bag‘ishlangan. 
Tazkirani Navoiy “Majolis un-nafois” asarida “Majma’ ush-shuaro” deb yuritgan. 
Asar muqaddima, yetti tabaqa va xotimadan iborat: “Bu kitobni osmon tabaqalari 
tariqasida yetti tabaqaga bo‘ldim, ki uning har bir tabaqasi yigirma fozilga mastur. 
Va bu tabaqalarga muqaddima va xotima ham qo‘shdim”. Asarda 156 nafar shoir 
haqida ma’lumot berilgan. Muqaddimada kitobning yozilish sabablari va 10 nafar 
mumtoz arab shoiri qisqa satrlarda tilga olinadi. Tazkira tarixiy-zamonaviy 
xarakterga ega bo‘lib, faqat tazkira xotimasida zikr etilgan mazkur olti nafar shoir 
uning zamondoshlari bo‘lgan. Asarda XIV–XV asrlarda O‘rta Osiyo va 
Xurosonning madaniy va siyosiy hayotiga oid ma’lumotlar ham bor. Keltirilgan 
tarixiy ma’lumotlar ichida Eronda sarbadorlar harakati va ularning davlati 
xususidagi faktlar diqqatga sazovordir. Sarbadorlar harakatiga bag‘ishlangan va 
noma’lum shaxs tarafidan yozilgan “Tarixi sarbadoron” kitobi bizgacha yetib 
kelmagan. Bu xususdagi ayrim, lekin qisqa ma’lumotlar Hofizi Abru, Abdurrazzoq 
Samarqandiy, Muinuddin Isfizoriy, Mirxond va Xondamir asarlarida, shuningdek 
mashhur arab sayyohi ibn Battutaning xotiralarida uchraydi. Lekin, Davlatshoh 
keltirgan ma’lumotlar to‘la va kengroqdir. Davlatshoh o‘z asarini yozishda 
o‘zigacha bo‘lgan tazkiralardan tashqari jug‘rofiy va tarixiy asarlarga ham 
tayangan. Chunonchi, Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad al-Istaxriyning “Kitob 
masolik val mamolik (“Yo‘llar va mamlakatlar haqida kitob”), Abdulhay 


669 
Gardiziyning “Zayn al-axbor” (“Ziynatlangan xabarlar”), Abulfazl Muhammad ibn 
Husayn Bayhaqiyning “Tarixi oli Sebuktakin” (“Sebuktakin avlodining tarixi”) va 
b. 1318/1900-yilda Xivada Muhammad Rafi’ ilk bor o‘zbekchaga o‘girgan, 
keyinroq “Shoirlar bo‘stoni” nomi bilan qisqartirilib nashr qilingan. 
Asar juda katta davrni (asosan IX–XV asrlar) o‘z ichiga olgan va asosli 
materiallarga boydir. To‘g‘ri, har qanda ilmiy asarda bo‘lganidek, “Davlatshoh 
tazkirasi”ning ijobiy tomonlari ham, nuqsonlari ham bor. Fikrimizcha, uning ijobiy 
tomoni qariyb yetti asr ichida O‘rta Osiyo va Eronzaminda o‘tgan yirik shoirlarni 
bir yerga to‘plab berganligidir. Uning nuqsonlariga kelsak, ba’zan yillar, u yoki bu 
shoirning tug‘ilgan joyi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Masalan, XII asrda yashagan 
Nizomiy Aruziy Samarqandiy haqida so‘z yuritib, uni “Vis va Romin” dostonining 
muallifi deydi, qolaversa, Nizomiy Ganjaviy ham “Xamsa”dan oldin ana shu 
nomdagi asar yozgan degan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Vaholanki, Nizomiy 
Aruziy ham, Nizomiy Ganjaviy ham “Vis va Romin” degan asar yozgan emaslar. 
Mazkur asarning asl muallifi Faxriddin Jurjoniydir. [5, 41-44] [13, 295-300] [16, 
3-15] [21,7] [25, 62-64] 
Abdurahmon ibn Nizomiddin Ahmad ibn Shamsiddin Nuriddin Jomiy (1414–
1492) qalamiga mansub fors tilidagi “Bahoriston” asarining 7-ravzasi 1487-yilda 
Sa’diy Sheroziy ruhida yozilgan. Yettinchi ravzada 39 shoir haqida ma’lumot 
berilgan. [5, 44-46] [17, 70-71] 
“Majolis un-nafois” (“Nafislarning majlislari”) – Nizomiddin Mir Alisher 
Navoiy (1441-1501)ning mashhur tazkirasi. 1491-92 yillari o‘zbek tilida yozilgan, 
1498-yilda to‘ldirilgan. Sakkiz majlisda 459 shoir haqida ma’lumot berilgan. 
Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib 
joylashtirilgan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, 
mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida koʻrsatilgan. Har bir shoirga 
berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan. Asar boshi kichik 
muqaddima bilan ochiladi. Asar so‘ngida “Xilvat” sarlavhasi ostida Husayn 
Boyqaro huzuridagi oliy majlislardan ikki lavha (birinchi lavhada Xusrav 
Dehlaviyning hindcha she’rlari haqida, ikkinchisi hisorlik yosh shoir haqida) 
keltirilgan. 
Turkiy tildagi ilk tazkiraligi bilan ahamiyatli. Navoiy bu asarida o‘zi yashagan 
zamonga yaqin shoirlar, o‘z zamondoshi bo‘lmish ijodkorlar haqida ma’lumot 
bermoqqa harakat qilgan. Tokim ularning otlari o‘chib ketmasin. Har bir shoir 
to‘g‘risida qisqa ma’lumot va uning she’rlaridan bir bayt nishona qilib o‘tilgan. 
“Majolis un-nafois”ning Jomiy va Davlatshoh asarlaridan farqi ikki omil bilan 
izohlanadi: 
1. Jomiy va Davlatshoh, asosan, o‘tmish shoirlari haqida ma’lumot beradi. 
Navoiy esa o‘ziga zamondosh bo‘lgan adabiyot ahllari haqida so‘zlaydi. 


670 
2. Jomiy va Davlatshohning asarlarida shoirlar asarlari yuzasidan tahliliy va 
adabiy-tanqidiy mulohazalar kam. Buning ustiga, ularda ayrim tarixiy faktlar bilan 
afsona va rivoyatlar qorishib ketgan. Navoiy esa faktik materiallarnigina bayon 
qiladi hamda yozuvchilar haqida keng va izchil adabiy-tanqidiy mulohaza 
yuritgan. Ma’lumotlar aniqligiga diqqat qaratgan. Taxminiy faktlarni alohida 
e’tirof etgan. 
Asarning 1-2-3-boblari xronologiya, 4-bob hududga, 5-6-7-8-boblar kasb-kori 
va mansabiga qarab taqsimlangan. 1-majlisda 46, 2-majlisda 91, 3-majlisda 175, 4-
majlisda 72, 5-majlisda 21, 6-majlisda 31, 7-majlisda 22, 8-majlisda 1 nafar shoir 
zikr etilgan. Tazkira umumiy kompozitsion tuzilishdan tashqari, undagi 
majlislarning o‘zida ham ma’lum ichki tartib bor. “Majolis un-nafois” asari 
ko‘pgina xususiyatlari bilan XVI-XIX asrlar davomida o‘zbek, tojik, ozarbayjon 
va fors tillarida yozilgan tazkiralarga namuna – ibrat bo‘ldi. Sodiqbek Sodiqiyning 
“Majma ul-xavos”, Malehoning “Muzakkir ul-as’hob”, Hasanxo‘ja Nisoriyning 
“Muzakkir ul-ahbob”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy”, Lutf Alibek Ozariyning 
“Otashkadai Ozariy”, Fazliyning “Majmuai shoiron”, Ahmad Tabibiyning 
“Majmuai si payravi g‘azaliyoti Feruzshohiy” va “Majmuai si payravi 
muxammasoti Feruzshohiy”, Po‘latjon domulla Qayyumiyning “Tazkirai 
Qayyumiy” asarlari shular jumlasidandir. [2, 23] [5, 46-52] [17] [18, 222-230] [19, 
21] [20, 536-546] [21, 203-209] 
Tarixiy-irfoniy tazkiralarda atoqli mutasavvif va olimlar shaxsiyati, 
dunyoqarashi va ijodiy merosini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularga “Tabaqot 
us-sufiya” (Abdurahmon Sulamiy, X -XI asrlar), “Tabaqot us-sufiya” (Abdulloh 
Ansoriy, X asr), “Tazkirat ul-avliyo” (Farididdin Attor, XII asr), “Nafahot ul-uns” 
(Abdurahmon Jomiy, XV asr), “Nasoyim ul-muhabbat” (Alisher Navoiy, XV asr) 
kabi tazkiralarni kiritish mumkin. Tasavvufning aksariyat tariqatlari markazi 
hisoblangan Movarounnahr, Xuroson va Hindiston hududlarida maqomotlar ichida 
Fariduddin Attorning “

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin