Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
– Hasanxoja Nisoriy (1516-1597) asari 
(974/1566). Shoir Xoja (Podshohoja)ning oʻgʻli bo‘lib, unga Abdullohxon II 
“malik ush-shuaro” unvonini bergan. Tazkira Jo‘yboriy xojalardan Muhammad 
Islomga bag‘ishlangan bo‘lib, XVI asrda Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, 
Xuroson, Afg‘oniston, Eron, Onado‘li, Ozarbayjon, Hindistonda yashab ijod etgan 
288 shoir va adib, ularning asarlari haqida ma’lumot bergan. A.Madraimov va 
G.Fuzailovalar “Manbashunoslik” kitobida “Muzakkir ul-ahbob” tazkirasida 261 
nafar ijodkor keltirilgan degan yanglish ma’lumotni bergan. Mutribiy bahosiga 
ko‘ra, Davlatshoh va Navoiy tazkirasidan so‘ngra uchinchi tazkiradir. Mazkur 
tazkirada nomlari boshqa asarlarda uchramaydigan 14 shoir asarlaridan namunalar 
bor.
Maqola qismi temuriylar, shayboniylar, boburiylardan yetishib chiqqan 
shoirlarga bagʻishlangan. Tazkirada Davlatshohning “Tazkirat ush-shuaro” va 


675 
Navoyining “Majolis un-nafois” asari an’analari davom ettirilgan. Birinchi bob, 
to‘rtinchi faslida “Amir Haydar Alisherning muqaddas yodi” sarlavhasi ostida 
buyuk shoirning “Xamsa”si va turkiy g‘azallarining umumiy hajmi, forsiy tildagi 
she’rlaridan parcha keltiriladi. Hasanxoja Nisoriy hazrat Navoiyni tushida ko‘rish 
sharafiga muyassar bo‘lganligini va Navoiyning “Bizning ash’orimizdan biror 
narsa yod bilurmisan?” - degan savoliga javoban quyidagi maqta’ni o‘qiganini 
aytadi:
Ey Navoiy, sen kimu mehrob-u masjid istamak,
Qaydakim, xo‘blar ayog‘in qo‘ysa, sen boshingni qo‘y! 
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan she’rlar orasida mazkur maqta’ 
bilan yakunlanuvchi she’r uchramaydi. Nisoriyning e’tiroficha, tazkirani 
yaratishdan maqsad “…Amir Alisherning “Majolis un-nafois”idan keyin yuzaga 
kelgan barcha fozillarning dongdor nomlarini bir bitik qaydiga kiritib va ularning 
yoqimli nafaslari isini dimog‘iga yetkazish” bo‘lgan. Xotimada muallif bobosi 
Abdulvahobxoja, otasi Poshshoxoja, bir muncha vaqt Shayboniy Rustamxon 
xizmatida shayxulislomlik qilgan Abdusamadxoja, ruboiynavis Shohxojalarga 
to‘xtalgan. 
Nisoriy o‘zining tazkirasida, oz bo‘lsa-da, tarixiy ma’lumotlarni ham 
keltirgan. XVI asr Movarounnahr, Xuroson va Hindiston kabi oʻlkalar adabiyoti, 
madaniyati, tarixi va ijtimoiy tafakkuri hamda musavvirlik, musiqa, xattotlik, 
miniatyura kabi san’atning turli yo‘nalishlari haqida maʼlumotlar olishda muhim 
manba boʻla oladi. 
“Muzakkiri ahbob”ning hozirgacha jahon kutubxonalarida saqlanayotgan 14 
ta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Shundan muallif hayotligida ko‘chirilgan 5 tasi 
OʻzR FA ShI da saqlanadi. [2, 65] [5, 70-75] [11, 64-66] [21, 8] [29, 46] [30] [31, 
11-13] 
“Nafois ul-maosirot” (“Hozirgi nafis shoirlar”) – Aloud-davla ibn Yahyo 
Sayfi Husayniy tomonidan XVI asrning 70yillarida fors tilida Hindistonda 
tuzilgan. Markaziy Osiyodan Hindistonga borib, boburiylar saltanatida turg‘un 
bo‘lib qolgan adib va olimlar haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
“Ruzi ravshan” (“Ravshan kun”) – Muhammad Muzaffar Husayn Sabo ibn 
Mavlaviy Muhammad Yusuf asari. Hindistonda boburiylar davrida tasnif qilingan. 
Ayrim manbalarda “Tazkirai Husayniy” deb yuritiladi. [5, 76] 
“Gulshani shuaro” (“Shoirlar gulshani”)
 
– Ahmad Mehdiy Ahdiy 
Bog‘dodiyning (v.1593) turk tilidagi asari (1564-93). Muallif qariyb 30 yil 
davomida tazkirasi ustida ishladi. 
 
Tazkira muqaddima, uch ravza va xotimadan iborat bo‘lib, 381 shoir haqida 
ma’lumot berilgan. Shunday 147 shoir Bog‘dod turklaridir. Asarning ayrim 
nusxalari uch ravzali, ayrimlari to‘rt ravzali. [5, 76-78] [32] 


676 
“Mashoyir ush-shuaro” (“Shoirlar mashoirasi”) – Oshiq Chalabiy (1520-
1571) asari (1568). Asar turk tilida bo‘lib, 425 shoir ijodi haqida ma’lumot 
beruvchi tazkira muqaddimasida muallif – zaboni turkiyning dostonsaroyi, fasohat 
bulbuli, ya’ni Navoiy ja’m etdugi “Majolis un-nafois”ki, hajlai nozi kavoibi 
aro‘isdur”,-deya Navoiydan so‘z ochadi. Va davomida 1481-yilda taxtga chiqqan 
Sulton Boyazid II (1447-1512)ga Navoiy yuborgan 33 g‘azal va sultonning amri 
bilan ularga nazira yozishni Ahmad Poshoga topshirgani aytilgan. Tazkira arab 
alifbosi tartibida asosida shakllantirilgan. [5, 79] [33] 
“Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) – Hasan Chalabiy Xinolizoda 
(1546-1604) asari (1585-1586). Turk tilidagi ushbu tazkira muqaddima, sulton 
shoirlar, shahzoda shoirlar va asl shoirlar tarzida uch fasldan iborat. Uslubi og‘ir 
va g‘oyat san’atkorona yozilgan bu asar 640 shoir va adib haqida. [5; 82, 85] [34] 
“Majma’ ul-fuzalo” (“Fozillar to‘plami”) – Xoja Muhammad Orif Baqoiy 
Buxoriy-Andijoniy asari bo‘lib, hijriy 990-yil oxirida (1582-yil dekabrda) 
Andijonda shayboniy hukmdorlaridan Isfandiyor bin Xusrav bin Yormuhammad 
bin Jonibek Sulton taklifi bilan yozila boshlagan, 1003-1005 (1595-1597) yillari 
Hindistonda Akbarshoh davrida nihoyasiga yetkazgan. Muallif asli Buxoroda 
tug‘ilgan, Mushfiqiyning shogirdi bo‘lgan. Asarning yagona nusxasi Pokistondagi 
Laxo‘r universiteti kutubxonasida saqlanadi. Bu tazkira afg‘onistonlik olim 
Abdulhay Habibiyning “Nusxahoyi xattiy”, A.Naqaviyning “Tazkiranavisi dar 
Hind-u Pokiston”, eronlik Gulchin Maoniyning “Tarixi tazkirahoyi forsiy” 
asarlarida tavsiflangan.
“Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) – Sayliy Samarqandiy asari. 1580-
yillar atrofida yozila boshlangan. Muallif homiy izlab, Kobulga boburiy 
Muhammad Hakim Mirzo bin Humoyun podshoh huzuriga yo‘l olgan. Asar 
tugallanishi arafasida Sayliy vafot etgan. Bu tazkiranavis haqidagi xabar Mutribiy 
Samarqandiyning “Nusxayi zeboyi Jahongir” tazkirasida berilgan. Taxminimizcha, 
asar XVI asr ikkinchi yarmidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Sayliy 
tazkirasining keyingi taqdiri ilm ahliga ma’lum emas. [5, 86-87] 
“Riyoz ush-shuaro” (“Shoirlar silsilasi”)
 
– Muhammad Sodiq Boltu 
Samarqandiy asari. Tazkiraga 1598-1599-yillarda tartib berilgan. [5, 87] [35, 142] 
“Tazkirai shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) – Mustafo Jorullohzoda Bayoniy (v. 
1597) turk tilidagi asari (1597-98) muqaddima, uch bo‘limdan iborat. [5; 87,89] 
[36] 
“Haft iqlim” (“Yetti iqlim”, 1593-1594) – Amin Ahmad Roziy asari (XVI asr 
oxiri) bo‘lib, boburiyzoda Akbarshohga bag‘ishlangan.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin